Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Korrupsiya botqog‘iga eng eng eng botgan yo‘nalish magistratura bo‘ladi.Naxotki haqiqat bo‘lishiga ishonyapsizlar??? Men bitta o‘zim 100 ta o‘quvchini testini uzog‘i ikkinda tekshirib natijasini elon qilaman. Bularchi??? Sabab nima????
Vazirlik nega javob bermaydi a?
Magstratura ballari chiqqan lekin xalqqa eʼlon qilinmayapti. Ayrim abituriyentlar oʻqishga kirgan kirmaganini vazirlikka borib bilishibdi. Natijalar chiqqan boʻlsa nega eʼlon qilishmayapti shunisi juda shubhali, telefoni ham koʻtarishmayapti. Shunisi aniqki natijalar eʼloni qancha choʻzilsa korrupsiya shuncha koʻpayadi.
Alimbayev Farhod
2014 yil bakalavrni tugatib UzMUga magistraturaga topshirdim o‘z yo‘nalishimidan xatto o‘tish balini berishmadi , apellyatsiyaga bersam tekshirgan o‘zimni domillam bo‘lib manga Farhod 6 ta odamdan XAM pul olingan shunga senga o‘tish balini bermaymiz dedi. Bir amallab javoblarni isbotlab berganimdan keyin noiloj o‘tish balini berishdiyu baribir informatika testidan uxlatishdi. Shundan beri magistratura qachon adolatli bo‘lsa o‘shanda topshiraman deb yuribman lekin yosh o‘tyabdi
Bunaqa orqayinlik, adolatsizlik va ahmoqgarchilikni sòz bilan ta'riflab bolmaydi
Жони Утаев
Boshqalarni kraynik qilib uzi qochadi oldindan shunaqa
makhmudovna
Qòwilaman yuqoridagi fikrlarga
Judaya ham adolatli fikr
Aka katta rahmat sog'-salomat bo'ling borizga shukur
Gaffarova🌸
DTM ni nomerini kim biladi
⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋMUHAMMADYUSUF
Ooo nmaa gap
Qizishmanglar. Axir biz YANGI O'ZBEKISTONDA yashayapmiz. Yangiliklar esa OTV aytganidek "2-3"kunda bo'ladi. Lekin ozlariyam bilishmaydi bu 2-3 kun qachon kelishini.
Umid qilsak bòladimi òzi kirishdan???? 20 kundan oshdi imtixonga kirganimga
Жони Утаев
Kutarmedi telifonni
xa endi karanavirus sababli budjetda pul qomadi uni qandaydur yol bln toldirish kerakku essiz abuturentlar sillarga kelib ot oyin bob ketd
Паризод
Qayerda yashayotganimizni unutib qo'ymaylik bòlmadi deganimizda ham òyin bòladi albatta.Qancha umid qilib tayyorlanganlar bor.Agar òyin bòlsa usha pulni olgan ham bergan ham xudoni oldida javob berishi bor
Жони Утаев
👍👍👍 kupkarida qolgan quzidek
⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋMUHAMMADYUSUF
Ertalabda janjal bn bowlaylar kunilar zor otadi 😂🤣😂🤣😂🤣
Salom hammaga bu natijalarni cho'zilishi universitetlar oliy ta'lim va dtm o'rtasidagi aloqaning qandayligini aytib beradi.Buni qo'ya turaylik magistratura imtihonlarini topshirganimda hattoki savollar yo'nalishga mos kelmagan undan tashqari imlo xatolarini aytmaysizmi savollardagi bakalavirning yakuniylari imtihoni magistratura ning savollaridan saviyasi baland bo'p yotibdi
10 кундан бери тел қиламан фақат зайнит
Show next 100 comments