Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Жони Утаев
Bizda kantrakti oliy goh belgilaydi deydi lekin nechta bolla Superga kiradi oliygohda xech uzgarish yuq lekin budjetdagi pullarni unga bunga ishlatdik olimlarimiz deyishadi
Aziza Qo'shmurodova
Tepadayam mas'uliyatsizlar ko'pda. Qachon buyruq bersa yoki niqtasa boshlayman deydiganlar ko'p
Uyin ichida uyin bo'layaptimi deyman kimni uynatishyapti bular xayronman
⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋMUHAMMADYUSUF
Aha
Barchinoy
Medinstlarni magistratura javoblari o'qishga 1kun qolganda e'lon qilindi, boshqa instlarniki ham menimcha 1kun qolganda , qo'shimcha kontrakt qabulini ham soqqa qilib to'ldirib e'lon qilishsa kk, yasasin "shaffoflik"!
Togri aytyabsiz. Men xam ijodiy imtixonga topshirdim kutib charchadim
Xushnudbek iltimos sizdan turdosh bo'lmagan OTM larga perevod natijalari chiqishini mas'ullar talab qiling
Lasura
Sirojiddin
O'qishizdagilar o'zlari aytadi manimcha
Uzbda xech kim aytmayaptiyu. Nechi kiwi 100dan owirgan bulsa xammasi pul bn qildim deyapti. Qachon tepadagilar tuysa keyin bizga navbat wekilli
Keyingi yil chiqsa kerak tashqi perevodni javobi ham chiqmagan hali tibbiyot akademiyalariniki
Assalomu alaykum! Ijodiy imtihonlar natijasini chiqarish uchun DTM ga yuborish shartmikan🤦‍♂🤔?! Ballar e‘lon qilingan bo‘lsa har kim o‘zi hisoblab taxminiy mandat qanaqa bo‘lishini bilib turipti. Lekin negaaa aniq buyruq haligacha yo‘q?! Baribir o‘sha o‘sha baĺlar chiqsa kerak. O‘yinlar bo‘lganligi aniq. Ammo "O‘yin" ballar chiqishidan oldin bo‘ladi menimcha. Unda nimani kutishyapti ekan-a?! Tayyor hujjatni tasdiqlashga shuncha vaqti ketyaptimikan ?! Karantin sabab xitoydan mol kirib kelmayotgani uchun Muhr(Печат) ni rangi tugab qolganini sabab qilishmasa bo‘lgani . 😂🤦‍♂️Apellatsiyalar sabab esidan chiqarib qo‘yishdimikan?! Nima bo‘gandayam kimdir sababini yoki aniq sanasini aytishi kerakda.

Eng katta korrupsiya bu so‘zsiz ijodiylarda va magistraturada.
_كيمساذوف
O'zlari fikr qilib ish tuta olmaydida
Qachon chiqarkin
Karrupsionerlar judayam foydalanishyapti bu imkoniyatdan yani javoblar chiqish vaqti uzayayotganidan!!! Yana boyni bolasi pullarini shaqillatib sanab o'qiydi, kambag'allar esa yana bir yilini yo'qotadi yoki kantrakt kirib bor yig'ib terganini davlatga to'lab yiraveradi. Davlatimiz boy bo'lsin albatta ammo karrupsionerlar okgan pullarni boylarni bolasi haqqoniy o'qishga kirib qo'yib ularham davlatga to'lashsa yaxshi emasmi???
Kasha masha maynovozchilik.
Show next 100 comments