Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Keyingi yil chiqsa kerak tashqi perevodni javobi ham chiqmagan hali tibbiyot akademiyalariniki
Assalomu alaykum! Ijodiy imtihonlar natijasini chiqarish uchun DTM ga yuborish shartmikan🤦‍♂🤔?! Ballar e‘lon qilingan bo‘lsa har kim o‘zi hisoblab taxminiy mandat qanaqa bo‘lishini bilib turipti. Lekin negaaa aniq buyruq haligacha yo‘q?! Baribir o‘sha o‘sha baĺlar chiqsa kerak. O‘yinlar bo‘lganligi aniq. Ammo "O‘yin" ballar chiqishidan oldin bo‘ladi menimcha. Unda nimani kutishyapti ekan-a?! Tayyor hujjatni tasdiqlashga shuncha vaqti ketyaptimikan ?! Karantin sabab xitoydan mol kirib kelmayotgani uchun Muhr(Печат) ni rangi tugab qolganini sabab qilishmasa bo‘lgani . 😂🤦‍♂️Apellatsiyalar sabab esidan chiqarib qo‘yishdimikan?! Nima bo‘gandayam kimdir sababini yoki aniq sanasini aytishi kerakda.

Eng katta korrupsiya bu so‘zsiz ijodiylarda va magistraturada.
_كيمساذوف
O'zlari fikr qilib ish tuta olmaydida
Qachon chiqarkin
Karrupsionerlar judayam foydalanishyapti bu imkoniyatdan yani javoblar chiqish vaqti uzayayotganidan!!! Yana boyni bolasi pullarini shaqillatib sanab o'qiydi, kambag'allar esa yana bir yilini yo'qotadi yoki kantrakt kirib bor yig'ib terganini davlatga to'lab yiraveradi. Davlatimiz boy bo'lsin albatta ammo karrupsionerlar okgan pullarni boylarni bolasi haqqoniy o'qishga kirib qo'yib ularham davlatga to'lashsa yaxshi emasmi???
Kasha masha maynovozchilik.
Hech bo'lmasa natija chiqadigan kunini aytishsa yaxshi bo'larmidi🤔🤔🤔
Ichki Ishlar Vazirligi
Tehnikumlarga qabul davom etilsin hich bo‘lmasa qanchadan qancha otm larga kirolmagan abituriyent ko‘chada bekor yuradimi endi.
Tehnikumlarni qabul kivotasi to‘lmaganu
Уйин давом этяпти, ижодийда хам магистрда хам.
Эркин Мирзаев
Ujodiy va kasbiy imtihonlarga imtiyoz berish kerakdir. Lekin test orqali bo'ladigan imtihonlarga umuman imtiyoz berish kerakmas. Bilimi bor o'qisin
Dtmigayam, kamissiyasigaym, qo'l qo'yishi kerak bo'lgan raxbarigayam........
Ichki Ishlar Vazirligi
O‘zbekistonga o‘qigandan ko‘ra chet davlatga borib o‘qigan mavqulmikin deb o‘ylab qolaman chunkiy u yerda kirish oson ing yaxshi tarafi kantirag puli bizda otni kallasiday chet elda arzon nega bizda kantirag puli qimmat super kantiragni aytmasa xam bo‘ladi.
You are 100% right😎🛫🏳️‍🌈🇦🇨🇦🇩🇦🇪🇦🇫🇦🇮🇦🇱🇦🇲🇧🇬🇧🇭🇧🇮🇧🇯🇧🇷🇨🇨🇨🇦🇧🇿🇧🇾🇰🇷🇰🇼🇰🇾🇰🇿🇱🇦🇱🇧🇱🇨🇲🇩🇲🇨🇲🇦🇱🇾🛬🇺🇿
Ассалому алайкум хаммага. Хамма хозир жавоблар чиқишини кутиб ҳуноб бўлиб ўтирибди, сизларга сабр. Яна бир айтмоқчи бўлган гапим бор: қўшни давлатлардан ўқишини Ўзбекистонга кўчириб келган талабалар ҳам хозирда чегаралар очилишини интизорлик билан кутиб ўтиришибди. Чунки уларнинг борча хужжатлари халиҳам қўшни давлатлардаги ОТМ ларида турибди. Уларни олиб келиш учун чегара очилиши керак! 1-октабрдан чегаралар очилади дейишганди лекин ўтиб бўлмади.
🅢🅗🅐🅧🅩 🅞🅓
Xushnudbek iltimos sizdan turdosh bo'lmagan OTM larga perevod natijalari chiqishini mas'ullar talab qiling
Qo‘shilaman kutishdan charchadik turdosh yunalishlar chiqqaniga qachoonlar bo‘ldi noturdosh chiqmaydi deb o‘ylay boshladik☹
Barchinoy
Savollarda xatolar ham bor edi, ataylab qilinganmi
Show next 100 comments