Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Халикулова Гулмира Алиевна
Тошкент темир йул техникуми тугрисида маълумот керак. Илтимос жуда зарур. Хужжат онлайн топширганмиз. Балки имтихон топшириш керакми?
Nizom
G'irromlar bulari xammasi.
2015-yil topshirganimda bilganman MAGISTRATURA o'yinligini.
Qani endi koramiz yana kutyapaan.
مِرْظَ
Xuwnud akaa dtmga tel qilib sre chiqadi????
100 lab urinishlardan keyin kecha Oliy ta'lim vazirligi call centeridan bi kishi telni ko'tardi. Ammo, qandaydir bepisandlik bilan gaplashdi yoki tel qilganim yoqmadimi, tushunmadim..
Magistratura javoblari qachon chiqadi deb so'radim. Shuncha kutdizku, yana bir ikki kun kuting chiqadi dedi. Aniq biror kunni aytolasizmi desam, biz bilmaymiz dedi.Ko'p kutib qoldik desam, bizda karantin bo'lib qoldide, sizlarda bo'lmagan bo'lsa dedi, yo meni ahmoq qildi, yo nazariga ilmadi, chunki hozir hamma joyda karantinku... tushunmadim... xullas...
Turdosh bòlmagan yònalishlarni perevodi javobi qachon chiqarkan toza jonga tegdi kutaverish.😈 bizlarda faqat osmon musaffo🤦‍♂️ta'lim tizimi òlgan. Oylik oloshvottimi vaqtida qilishsinda hamma ishni. Kuttirgandan nma.foyda
Ichki Ishlar Vazirligi
Shaxnoza Yuldashaliyevna
Xushnudbek rahmat sizga biz ham intizorlik bn kutyapmiz ijodiy imtihon natijalarini ball baland lekin shunda ham xavotirda turibmiz natija nima bo'larkin deb
Biz 2 yil tayorlani. umitni ham uzdik o‘zi ijodiy imtihon natijalaridan endi chet elga topshirmoqchiman chetga bunaqa ishlashmaydi otmlari
Chegaralar qachon ochilarkan?
Xudo jasosini bersin poraxurlarni
bunaqa o'yinlar doim bo'lib kelgan endiyam qilishadi baribir magistiraturaning imtixonlariyam onlinemas ofline qilishdi savollarni javobini xato qilib qoyishgan javobi aniq lekin u emas xullas baribir bir nimalarni qilib yotishibdi. Amaliyga keladigan bo'lsak ular doim sotilgan . testlarni javobi chiqib sotilib ketilgani bilan xech kim etibor bermadi sjuncha o'qiganlar qolib ketishdi orada . Xullas xaqiqatga yetishimizga buyuk xalq nomini qaytarishimizga xali ancha bor shekilli hamma yoq poraxorlik tanish bilishchilik.
"ASFANDIYARKHAN"
BU GAPLAR NAFAQAT IJODIY VA MAGISTRATURA UCHUN BALKI BAKALAVRGA HAM TEGISHLI DEB O‘YLAYMAN HALIGACHA MUAMMO BO‘LYAPTI
Kim biladi bakalavr balini qaysi manzilda kuradi sinimkini kurmoqchiman urgatvorila
Nma endi militsiya xodimini bolasi bolayu oddiy dehqonniki bola emasmi.Oʻrtoqlar unisi yam bunisiyam halol mehnat qilib bola boqadi.Meni kechirib qoʻyasizlaru bu gʻirt TABAQALASHTIRISH.
100 процент коррупция магистратурада
Bakhodir
Xushnud akam ko‘z yugurtirib chiqishlari mumkin.
aka osmondan tushganmisiz? Xushnud akani emas, tepadagi amaldorlarni aytyapmiz... Xushnud aka o`qib chiqishlari mumkin albatta, balki vaqtlari yo`qdir siz qayerdan bilasiz...
Birlashgan oʻzar, birlashmagan toʻzar maqoli aynan bizning xalq uchun aytilgan. Hamma ayb oʻzimizda. Haqqimizni talab qilishni bilmadik, bilmayapmiz ham.
Show next 100 comments