Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Ichki Ishlar Vazirligi
Shaxnoza Yuldashaliyevna
Xushnudbek rahmat sizga biz ham intizorlik bn kutyapmiz ijodiy imtihon natijalarini ball baland lekin shunda ham xavotirda turibmiz natija nima bo'larkin deb
Biz 2 yil tayorlani. umitni ham uzdik o‘zi ijodiy imtihon natijalaridan endi chet elga topshirmoqchiman chetga bunaqa ishlashmaydi otmlari
Chegaralar qachon ochilarkan?
Xudo jasosini bersin poraxurlarni
bunaqa o'yinlar doim bo'lib kelgan endiyam qilishadi baribir magistiraturaning imtixonlariyam onlinemas ofline qilishdi savollarni javobini xato qilib qoyishgan javobi aniq lekin u emas xullas baribir bir nimalarni qilib yotishibdi. Amaliyga keladigan bo'lsak ular doim sotilgan . testlarni javobi chiqib sotilib ketilgani bilan xech kim etibor bermadi sjuncha o'qiganlar qolib ketishdi orada . Xullas xaqiqatga yetishimizga buyuk xalq nomini qaytarishimizga xali ancha bor shekilli hamma yoq poraxorlik tanish bilishchilik.
"ASFANDIYARKHAN"
BU GAPLAR NAFAQAT IJODIY VA MAGISTRATURA UCHUN BALKI BAKALAVRGA HAM TEGISHLI DEB O‘YLAYMAN HALIGACHA MUAMMO BO‘LYAPTI
Kim biladi bakalavr balini qaysi manzilda kuradi sinimkini kurmoqchiman urgatvorila
Nma endi militsiya xodimini bolasi bolayu oddiy dehqonniki bola emasmi.Oʻrtoqlar unisi yam bunisiyam halol mehnat qilib bola boqadi.Meni kechirib qoʻyasizlaru bu gʻirt TABAQALASHTIRISH.
100 процент коррупция магистратурада
Bakhodir
Xushnud akam ko‘z yugurtirib chiqishlari mumkin.
aka osmondan tushganmisiz? Xushnud akani emas, tepadagi amaldorlarni aytyapmiz... Xushnud aka o`qib chiqishlari mumkin albatta, balki vaqtlari yo`qdir siz qayerdan bilasiz...
Birlashgan oʻzar, birlashmagan toʻzar maqoli aynan bizning xalq uchun aytilgan. Hamma ayb oʻzimizda. Haqqimizni talab qilishni bilmadik, bilmayapmiz ham.
🇺🇿
Raxmat kattakon sizga Xushnidbek aka. Judayam kerakli gaplar bo‘libdi. Qani endi doimo tepadagilar ko‘zi bilimli insonlarni ko‘rsa, qani edi bilimli insonni qadrlasa o‘sishiga ko‘mak bersa. Yo‘q ularning nazdida doimo eng (yaqinlari) bilimdon. Tepib yanchib bo‘lsayam shu ega bo‘lishi kerak. Biz qanaqa millatga aylanib boryapmiz. O‘z oyog‘imizga o‘zimiz bolta uryapmiz. Allohdan shunday insonlar uchun insof so‘rab qolamiz.
Nodir Pulatov
Яхши мавзу кутарилган. Ҳар йил шунақа аҳвол ҳеч бўлмаса аниқ кунини айтсин ҳар куни қачон чиқаркан деб кутаётганлар қанча.
Даврон
Magistratura javoblari chiqqani bilan foydasi yo'q chunki ucharlar ishini qildi menimcha kim kirgani ma'lum endi ularga
Assalomu aleykum.
Siz xuquqshunos bloger sifatida ularni qattiq siquvga olib xech bolmasa qachon mandat chiqishini sorab, obunachilaringiz savollariga javob olib bersangiz bolardi...
Adxamova Shohina
Puli qanchalik rol oʻynaydi bilmayman lekin ballim yaxshi chiqqan bo'lishizga qaramasdan uzoq muddatli jimjitlikdan keyin umidimni ham uzib bo'ldim. Qiynalib tayyorgarlik ko'rib imtihonga kirib natijalarni kutib o'tirgan insonlarni hamma yaxshi biladi. Har minutni o'tishi qiyin. Har kimga insofni o'zi bersin. Boshqa gapim yoʻq.
Nma oʻsha mansab kursisiga oʻturganlar mansabdorlarni bolasini oʻqishga qabul qilsa.Oddiy oilani bolasi oʻqishdan yiqilsa hayoti qanday oʻzgarishini bilishmaydide oʻsha nonkoʻrlar...
Show next 100 comments