Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
ASADBEK
Imtiyozlilar kirish balini korganizda oxiriga yozib qoyilganlarmi axir
E bu yozilganlardi Xushnudbek aka sizdan boshqa hech kim o‘qimasa kerak bitta jiyandi ko‘rdim javobi chiqmasdan bizdiki aniqku deb yuribti. Sizga raxmat Xushnudbek aka esdan chiqarmaganiz uchun.
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi call center dagi telefon nomerni iltimos o'chirib tashlanglar. Baribir good'ok ketgani bilan, hech kim ko'tarmayapti.
Kadr yetishmaydi deyishadi bunaqa qilib oʻqiyman deganni sindirishganidan keyin kim oʻqiydi.ishga borsang ham vakansiyamiz yoʻq deb qaytarib yuborishadi.oʻqishga kirish bir muammo ishga kirish yana katta muammo.butun katta bir toshkentdan vakansiya topish mushkul.endi viloyatlarni aytamasangiz ham boʻladi.magistraturaga kirib ilmiy ish qilaman desangiz poraxoʻrlardan ortishmaydi
꧁🌸Туранова Мавлудахон🌸꧂
Qisqa o'ylamang O'zbekistonni donini yegan chumchuq qaytib kelgan oqish va izlanishdan charchamaslik kk
otgan yili tanishlarim 1000$ berb magistraturaga kiromadi, desam kimdir ishonadimi
Oylik kamda 1 million 300ming bilan oila boqib bóladimi
Ижодий имтихон бу~аниқ пул дегани
Muhiddin
DTM natijalarni OTMlarga jo'natib xato qildi. Natijalarni birato'la o'zlari e'lon qilishi kerak edi. OTMlar korrupsiya va xaromga botganligi hechkimga sir emas-ku.
12 oktabrgacha chiqadimikan ishqilib
O'zi mindeee olb qarasa. Oddiy algaritm halos magistratura imtixonini javobini bilish. 3 haftadan beri kutyabmiz shuni. Agar tezroq kirding yo kirmading desayu. Shunga qarab ish ko'rardik. Masalan Rossiyaga ketardim. Albatta o'qish uchun.
🌸🌸🌸
Bu yil ijobiy tomonga ózgarish bólganiga heeech odamni kózi yetmaydi, eski hammom eski toz
Mamadaliyev Elyor
Oylik kamda 1 million 300ming bilan oila boqib bóladimi
4 yil institutda oqiguncha, 2 yilda biror tilni mukammal organasiz, niderlandiya shvetsiya daniya taraflarda yuk ortuvchilarni oyligi bzni pulga 30 mlndan bowlanadi adawmasam
Sherzodbek To‘rayev
Magistr o‘yin bo‘lyatiimi
Muzaffar
Assalomu alaykum Xushnudbek.Sizdan iltimos,menga muddatli harbiy xizmatni o'tab harbiy qism qo'mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarning ballari qanday hisoblanishiga tushuncha berib o'tasizmi?Abituriyent 104,1 ball to'plab ,O'zbekiston davlat jahon tillar universitetining Xorijiy til va adabbiyoti :ingliz tili yo'nalishiga grantga o'qishga kirdi.Bunday imtiyoz va past ball bilan o'qishga grantga kirganlar ko'p.Sizdan yana bir bor iltimos ,aniqlik kiritib bering.Shularni ko'rib chiqsa, balkim 185,8 ball to'plaganlar grantga o'qishga kirarmidi.
Show next 100 comments