Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Ижодий имтихон бу~аниқ пул дегани
Muhiddin
DTM natijalarni OTMlarga jo'natib xato qildi. Natijalarni birato'la o'zlari e'lon qilishi kerak edi. OTMlar korrupsiya va xaromga botganligi hechkimga sir emas-ku.
12 oktabrgacha chiqadimikan ishqilib
O'zi mindeee olb qarasa. Oddiy algaritm halos magistratura imtixonini javobini bilish. 3 haftadan beri kutyabmiz shuni. Agar tezroq kirding yo kirmading desayu. Shunga qarab ish ko'rardik. Masalan Rossiyaga ketardim. Albatta o'qish uchun.
🌸🌸🌸
Bu yil ijobiy tomonga ózgarish bólganiga heeech odamni kózi yetmaydi, eski hammom eski toz
Mamadaliyev Elyor
Oylik kamda 1 million 300ming bilan oila boqib bóladimi
4 yil institutda oqiguncha, 2 yilda biror tilni mukammal organasiz, niderlandiya shvetsiya daniya taraflarda yuk ortuvchilarni oyligi bzni pulga 30 mlndan bowlanadi adawmasam
Sherzodbek To‘rayev
Magistr o‘yin bo‘lyatiimi
Muzaffar
Assalomu alaykum Xushnudbek.Sizdan iltimos,menga muddatli harbiy xizmatni o'tab harbiy qism qo'mondonligi tavsiyanomasiga ega abituriyentlarning ballari qanday hisoblanishiga tushuncha berib o'tasizmi?Abituriyent 104,1 ball to'plab ,O'zbekiston davlat jahon tillar universitetining Xorijiy til va adabbiyoti :ingliz tili yo'nalishiga grantga o'qishga kirdi.Bunday imtiyoz va past ball bilan o'qishga grantga kirganlar ko'p.Sizdan yana bir bor iltimos ,aniqlik kiritib bering.Shularni ko'rib chiqsa, balkim 185,8 ball to'plaganlar grantga o'qishga kirarmidi.
Ўзимизда ҳам сеперконтрактларни нархини туширса бўладику.Чет эл давлатларини бой қилгандан кўра,пулўзимизда қоларди. Болаларимиз ҳам ўз ватанларида ўқирди чет элларда сарсон бўлмай.
Muhayyo
Xechkim bilmedi ijodiy imtixonlani javobi qachon chiqishini tel qilib surasa bir ikki kun deydi xudoni bir ikki kuni kup
Man ikkinchi mutaxasislikka topshirgandim kutyapman....
Жони
Xali beri chiqmayidi xamma joyda shu muammo
otgan yili korgan narsam, bittasi magistratura imtixonidan yiqildi, keyin ertasiga appelyatsiyaga berdi, appelyatsiyadan keyin budjetga kirib ketdi. nima boganini aniq bilmaymanu, lekin korrupsiyani hidi keldi
Жони
Gulla yashna hur O'zbekiston
Nasimova Surayyo
Sabr bilan kutamiz. Allohning aytgani bóladi. Agar korrupasiya aralashib kirolmasam ( tóplagan ballim magistr talabalikka tavsiya etilgan bólsada) OTM dagi poraxórlarni yaxshilab xudoga solaman. Allohni ÓZI HAMMAMIZNI HAQ YÓLDA YURISHGA NASB ETTIRSIN
36110
20 kunda chiqmagan javob qoyile
Bunday "kattalarga" faqat koronavirusni kuchi yetadi
Show next 100 comments