Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Жони
Xali beri chiqmayidi xamma joyda shu muammo
otgan yili korgan narsam, bittasi magistratura imtixonidan yiqildi, keyin ertasiga appelyatsiyaga berdi, appelyatsiyadan keyin budjetga kirib ketdi. nima boganini aniq bilmaymanu, lekin korrupsiyani hidi keldi
Жони
Gulla yashna hur O'zbekiston
Nasimova Surayyo
Sabr bilan kutamiz. Allohning aytgani bóladi. Agar korrupasiya aralashib kirolmasam ( tóplagan ballim magistr talabalikka tavsiya etilgan bólsada) OTM dagi poraxórlarni yaxshilab xudoga solaman. Allohni ÓZI HAMMAMIZNI HAQ YÓLDA YURISHGA NASB ETTIRSIN
36110
20 kunda chiqmagan javob qoyile
Bunday "kattalarga" faqat koronavirusni kuchi yetadi
Davlatboyevna
Assalamu aleykum yaxshimisiz Xushnudbek. Sizdan bir narsa oydinlik kiritshingizdan iltimos qilaman Xarbiy xizmatdagi imtiyoz ballni negadir qo'shib berishmadi . Hujjat seriyasida hech qanaqa nol yoq davlat test markaziga nega tavsiya nomani inobatga olmadi iltimos shu mavzuniyam ko'rib chiqsangiz
Жони
Anniq javobni Kim aytadi qachon chiqishini
Assalomu alaykum. Onlayn bo‘ladi deganiga shaffof bo‘lsa kerak deb men ham imtixon tooshirgandim. Haligacha darak yo‘q. Hoxir bular apellyatsiyaga ariza bergan abituriyentlarni bahona qilayapti menimcha. Aslida ertaroq javobini chiqarib, ertaroq o‘qishni boshlash kerak edi🙄
Assalomu alaykum . Bizni imtihonimiz otganiga bugun 23-kun. Ballar osha kuniyoq aniq bolgan edi.
Хушнудбек, шу саволимга жавоб берин илтимос. Нега ички переводлар чик,миёпти? Чик,ди дегандила, кабинетимизга хабар кемади. Институтга борса, хали кемагансиз, чет элдан переводла кеган дийишди. Миллийдан Нархозга кучирватгандик. Чет элдан кучириш осон бубди. Нега уларга мумкину, бизага йук,. Узимизани инститларга кириш к,ийинку. Чет элда осон диб эшитганман. Нега узимиздан, узимизга к,ийин. Ёки у ям пулми?
Акбар
otgan yili korgan narsam, bittasi magistratura imtixonidan yiqildi, keyin ertasiga appelyatsiyaga berdi, appelyatsiyadan keyin budjetga kirib ketdi. nima boganini aniq bilmaymanu, lekin korrupsiyani hidi keldi
Bu yil ham shunday boganda.
Apelatsiyaga beradi qaytadan boladi bal kotarib beradi.
Men ham topshirganman, apelyatsiga berish boshlanib tugaganini magistraturaga bagishlangan matbuot anjumanida bilibman
Keyin yana bir gap Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi UZREPORT TV ga chiqib, bir tiyinga qimmat BRIFING qilishni ham yig'ishtiringlar. Sizlar aytadigan gapni allaqachon bilamiz. Kutinglar ... taqin orada chiqadi ... 😆
SHAVKAT
Magistratura soqqa boʻlib ketyov
Shaffofligiga umid qilamiz bordiki unday bo'lmasa o'zbek degan xalq hech qachon ko'karmaydi
Nodir uz
Chaqrmikan ozi buyil yo yomi
Har yili aytishadi bu yil korrupsiya bo'lmaydi shaffof bo'ladi deb, lekin baribir korrupsiya bo'ladi.
Bitta narsaga tushundim hozir dadasi harbiy boganlar kn nogironligi bor bolgann odamlarni deb biz kira olmaslikgmiz ham mumkun
Show next 100 comments