Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Xushnudbek aka
Bizning oĝriqli nuqtalarimizni olib chiqmoqdasiz. Bundan xursandmiz. Ishlaringizga muvafaqqiyat
Xushnudbek aka salkam 2000 ta harbiy imtiyoz qabul bomapti. Shuni yorib chqin
Assalom Aleykum Xushnud aka kirish ball o'zgarishlari haliyam davom etyapdimi Toshkent farmasevtika instetutini kirish ballari nega o'zgarmagan u yerga juda ko'p imtiyozli abitruentlarni imtiyoz bilan qabul qilishgan
manimcha hamma ayb doktorlarda, tepadagilarni yoshligida sunnat qilishyotganda adawb vijdon bn insofini xam qoshib kesb qoyishadi
Shohruh Sariyev
Assalom aleykum Hushnut aka yaxshimisiz ishonganimiz siz sizga iltimosim shuku men amaliy matematika yo'nalishiga topshirdim magistraturaga o'ziz ham bilasiz bakalavrlarniki kabi magistraturaga kirish testini fanlar ro'yxati chiqqandi shu bo'yicha tayyorlandim lekin aytilmagan fanlardan tashqari fanlardan savollar tushdi kamiga xato savollar hammada bor edi bu qanaqa gap men apilatsiyaga berdim arizam rat etildi xaqiqat qayda qolayapti o'sha magistraturaga kirganlarni qayta test qilsa bo'lmaydimi qiyin emasku bilimli bollar kiraolmasdan tupoylar o'qib yuribdi buni o'ziz ham yaxshi bilasiz kelajagimiz shumi pul bo'lsa bo'ldimi kimdir hal qilsa bo'lmaydimi xaqiqat qayda qolayapti sizdan iltimosim shuki iloji bo'lsa kirganlarni qayta test qilishni ko'rib chiqing shunda bilinadi.
Mahfuza Nabiyeva.
Imtiyozlar bu yil ancha kopayib ketti
PRINCESSA
Assalomu aleykum Xushnud aka sizdan bitta narsani suramoqchi edim utgan yili Qozog'istondagi Muhtor Auezov nomidagi davlat universitetida uqirdim.Shu yili Navoiy davlat pedagogika institutiga uqiwimni kuchiriw un egzamen topshirdim va 70 bal oldim.Egzamenda 56.7 baldan yuqori ballar utiwi aytilgan.Ammo ozgina muammo qiliwyapti institutdagilar shunga nima qilsam buladi.
SIDDIQOVA MUKARRAMXON HABIBULLAYEVNA
Assalomu alaykum!
Ijodiy imtihonlarning javobi ertasiga chiqishi kerak .Chunki , ball aniq, imtiyozni qo'shadi bo'ldi.Oxurgi imtihon kuni jamlanadi. U go'yoki qiyin masala emas . Oddiy arifmetika. 11 - sinf bitiruvchisi ham buni biladi. Nega bizda tezkor va to'g'ri, adolatli tizim yo'q. Oddiy narsa uchun oylab bosh qotirishadi. Qachongacha?...
Ijodiy imtihonlar natijalari (mandat) haligacha nomaʼlum. Afsuski bu juda achinarli holat. Ammo OTM larda oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 2 ish kunida abituriyentlarga maʼlum qilinadi hamda Tegishli muassasaga (OOʻMTV yoki DTM) taqdim etiladi. Ammo nimagadir yuqoridagi tashkilotlar mandat jarayonini choʻzishadi. Vaholanki ijodiy imtihonlar natijalari test sinovlaridan oldin maʼlum boʻladi. Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlardan testni olib tashlagani ushbu taʼlim yoʻnalishlarida haqiqiy iqtidor egalari kirayotganligini va ijodiy muhit shakllanganligini koʻrib kelyapman. Afsuski bu yoʻnalishlarda testni joriy qilish niyyatida va bundan qandaydir manfaatdor boʻladiganlar bormikan deb oʻylab qolaman. Sababi har doim ijodiy imtihonni adolatsizlik makoni sifatida koʻrsatishga harakat qiladi. Ammo ijodiy imtihonlarni shaffof va adolatli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har kishi farzandini yaxshi rasm chizishini, yaxshi kuylashini aytib maqtanadi va uni OTMga kirishiga 100% ishonishadi. Vaholanki har bir kasbni qonun qoidasi borligini yaxshi bilishmaydi. Afsuski undanda kuchli abituriyentlar borligini hisobga olishmaydi. Natijada oʻqishga kirolmagan farzandini koʻrib adolatsizlik, poraxoʻrlik deb dod solishadi. Men barcha ijodiy imtihonlar 100% shaffof va adolatli deyaolmayman. Ammo imtihonni yildan yilga shaffof va adolatli oʻtkazish uchun, mavjud korrupsiyaga yoʼl qoʻyiladigan omillarni yoʻq qilish uchun chora tadbirlar koʻrib borilsa, yanada natijalar qoniqarli boʻladi.
🦄🦄🦄
OTM ga murojaat qilganda "Respublika qabul komissiyasi hali natijalarni rasman tasdiqlamadi" degan javobni oldik.Qiziq nahotki shunchalik qiyin bõlsa tasdiqlash. Lekin kimlardur pul bilan ijodiy imtihon balini balandlatib kelayotgani haqida eshityapmiz. Balki shuning uchun chõzilayotgandur natijalar
Nodir uz
Chaqrmikan ozi buyil yo yomi
Oradan 4 yil o‘tdi.

Jurnalist: Mana o‘sha pandemiya sharoitida o‘qishga qabul qilinganlar Oliygohni tamomlashdi. Ana endi ular o‘z yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida taxsil olish uchun imtixon topshiradi.

Muxbir: Mana o‘sha pandemiya sharoitida Oliygohni tamomlab, magistratura bosqichida ta‘lim olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning imtixon javobini 4 yildan beri kutayapmiz. Zora insof berib, 4-yili chiqib qolar.
(S. A. R. K. A. Z. M.)
Mahfuza Nabiyeva.
Muratov Xusan
Ijodiy imtihonlar natijalari (mandat) haligacha nomaʼlum. Afsuski bu juda achinarli holat. Ammo OTM larda oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 2 ish kunida abituriyentlarga maʼlum qilinadi hamda Tegishli muassasaga (OOʻMTV yoki DTM) taqdim etiladi. Ammo nimagadir yuqoridagi tashkilotlar mandat jarayonini choʻzishadi. Vaholanki ijodiy imtihonlar natijalari test sinovlaridan oldin maʼlum boʻladi. Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlardan testni olib tashlagani ushbu taʼlim yoʻnalishlarida haqiqiy iqtidor egalari kirayotganligini va ijodiy muhit shakllanganligini koʻrib kelyapman. Afsuski bu yoʻnalishlarda testni joriy qilish niyyatida va bundan qandaydir manfaatdor boʻladiganlar bormikan deb oʻylab qolaman. Sababi har doim ijodiy imtihonni adolatsizlik makoni sifatida koʻrsatishga harakat qiladi. Ammo ijodiy imtihonlarni shaffof va adolatli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har kishi farzandini yaxshi rasm chizishini, yaxshi kuylashini aytib maqtanadi va uni OTMga kirishiga 100% ishonishadi. Vaholanki har bir kasbni qonun qoidasi borligini yaxshi bilishmaydi. Afsuski undanda kuchli abituriyentlar borligini hisobga olishmaydi. Natijada oʻqishga kirolmagan farzandini koʻrib adolatsizlik, poraxoʻrlik deb dod solishadi. Men barcha ijodiy imtihonlar 100% shaffof va adolatli deyaolmayman. Ammo imtihonni yildan yilga shaffof va adolatli oʻtkazish uchun, mavjud korrupsiyaga yoʼl qoʻyiladigan omillarni yoʻq qilish uchun chora tadbirlar koʻrib borilsa, yanada natijalar qoniqarli boʻladi.
Togri
Hop wunaqa disilaru ballarimiz ciqib bógan bósa qanca qabul qiliwini bilsek necinci órindaligimiziyam bilamiz wulani terib oliw qiyinmasku wunga wunca voxt ketmidyu
Eee hamma narsa 2002 ,2003 lani yiliga keldi ee bitiruv ham qilolmagandik mana endi imtihon mantadimizni ham bilolmayapmiz
Soliyev Sanjar
Assalomualeykum Hushnut aka siz blogersiz sizdan iltimos maslahat shahar bilan biron aloqa chiqishga harakat qiling qanaqadir o'yin bo'lyabti shu kungacha javoblarni bilmaymiz ahr kanfensyada 2 3 kundan keyin chiqadi degandilar bugun 4 kuniku jurnalistlar blogerlar nimaga shu narsaga ahamyat berishmayabti
Yaxshi ball oldim, ammo bu kutishlikdan shubham negativ tomonga o'zgarib ketmoqda. Nega aynan bizi mamlakatda har bir sohada korrupsiya haqiqiy kadrlarni kelajagini shubha ostiga olib qo'yadi. Deyarli ko'p sohalar singari ta'limda korrupsiyani aralashishi umidli kelajakni o'z qo'limiz bilan sindirishdek gap. 187,4 ball oldim, hanuzgacha umidimni uzmadim...
Hammasini o'zlari "hal"qilgandan keyin aytishadi, magistratura bo'yicha adolat rosa egilgan
Абдумаликовна
Ассалому алейкум Хушнудбек,охири йук ташвишлар билан чарчамаяпсизми? Сизга кандай богланиш мумкин? Фарзандимга хам бу йил талаба булиш насиб этмади(94,9 балл).Хужжатларини Тожикистонга топширмокчимиз,айрим масалаларда саволларга жавоб олмокчиман сиздан мутахассислигингиз учун,жуда зарур ёки шу ерга савол йуллаш мумкинми?
Show next 100 comments