Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Ijodiy imtihonlar natijalari (mandat) haligacha nomaʼlum. Afsuski bu juda achinarli holat. Ammo OTM larda oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 2 ish kunida abituriyentlarga maʼlum qilinadi hamda Tegishli muassasaga (OOʻMTV yoki DTM) taqdim etiladi. Ammo nimagadir yuqoridagi tashkilotlar mandat jarayonini choʻzishadi. Vaholanki ijodiy imtihonlar natijalari test sinovlaridan oldin maʼlum boʻladi. Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlardan testni olib tashlagani ushbu taʼlim yoʻnalishlarida haqiqiy iqtidor egalari kirayotganligini va ijodiy muhit shakllanganligini koʻrib kelyapman. Afsuski bu yoʻnalishlarda testni joriy qilish niyyatida va bundan qandaydir manfaatdor boʻladiganlar bormikan deb oʻylab qolaman. Sababi har doim ijodiy imtihonni adolatsizlik makoni sifatida koʻrsatishga harakat qiladi. Ammo ijodiy imtihonlarni shaffof va adolatli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har kishi farzandini yaxshi rasm chizishini, yaxshi kuylashini aytib maqtanadi va uni OTMga kirishiga 100% ishonishadi. Vaholanki har bir kasbni qonun qoidasi borligini yaxshi bilishmaydi. Afsuski undanda kuchli abituriyentlar borligini hisobga olishmaydi. Natijada oʻqishga kirolmagan farzandini koʻrib adolatsizlik, poraxoʻrlik deb dod solishadi. Men barcha ijodiy imtihonlar 100% shaffof va adolatli deyaolmayman. Ammo imtihonni yildan yilga shaffof va adolatli oʻtkazish uchun, mavjud korrupsiyaga yoʼl qoʻyiladigan omillarni yoʻq qilish uchun chora tadbirlar koʻrib borilsa, yanada natijalar qoniqarli boʻladi.
🦄🦄🦄
OTM ga murojaat qilganda "Respublika qabul komissiyasi hali natijalarni rasman tasdiqlamadi" degan javobni oldik.Qiziq nahotki shunchalik qiyin bõlsa tasdiqlash. Lekin kimlardur pul bilan ijodiy imtihon balini balandlatib kelayotgani haqida eshityapmiz. Balki shuning uchun chõzilayotgandur natijalar
Nodir uz
Chaqrmikan ozi buyil yo yomi
Oradan 4 yil o‘tdi.

Jurnalist: Mana o‘sha pandemiya sharoitida o‘qishga qabul qilinganlar Oliygohni tamomlashdi. Ana endi ular o‘z yo‘nalishi bo‘yicha magistratura bosqichida taxsil olish uchun imtixon topshiradi.

Muxbir: Mana o‘sha pandemiya sharoitida Oliygohni tamomlab, magistratura bosqichida ta‘lim olish uchun hujjat topshirgan abituriyentlarning imtixon javobini 4 yildan beri kutayapmiz. Zora insof berib, 4-yili chiqib qolar.
(S. A. R. K. A. Z. M.)
Mahfuza Nabiyeva.
Muratov Xusan
Ijodiy imtihonlar natijalari (mandat) haligacha nomaʼlum. Afsuski bu juda achinarli holat. Ammo OTM larda oʻtkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari 2 ish kunida abituriyentlarga maʼlum qilinadi hamda Tegishli muassasaga (OOʻMTV yoki DTM) taqdim etiladi. Ammo nimagadir yuqoridagi tashkilotlar mandat jarayonini choʻzishadi. Vaholanki ijodiy imtihonlar natijalari test sinovlaridan oldin maʼlum boʻladi. Alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlardan testni olib tashlagani ushbu taʼlim yoʻnalishlarida haqiqiy iqtidor egalari kirayotganligini va ijodiy muhit shakllanganligini koʻrib kelyapman. Afsuski bu yoʻnalishlarda testni joriy qilish niyyatida va bundan qandaydir manfaatdor boʻladiganlar bormikan deb oʻylab qolaman. Sababi har doim ijodiy imtihonni adolatsizlik makoni sifatida koʻrsatishga harakat qiladi. Ammo ijodiy imtihonlarni shaffof va adolatli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Har kishi farzandini yaxshi rasm chizishini, yaxshi kuylashini aytib maqtanadi va uni OTMga kirishiga 100% ishonishadi. Vaholanki har bir kasbni qonun qoidasi borligini yaxshi bilishmaydi. Afsuski undanda kuchli abituriyentlar borligini hisobga olishmaydi. Natijada oʻqishga kirolmagan farzandini koʻrib adolatsizlik, poraxoʻrlik deb dod solishadi. Men barcha ijodiy imtihonlar 100% shaffof va adolatli deyaolmayman. Ammo imtihonni yildan yilga shaffof va adolatli oʻtkazish uchun, mavjud korrupsiyaga yoʼl qoʻyiladigan omillarni yoʻq qilish uchun chora tadbirlar koʻrib borilsa, yanada natijalar qoniqarli boʻladi.
Togri
Hop wunaqa disilaru ballarimiz ciqib bógan bósa qanca qabul qiliwini bilsek necinci órindaligimiziyam bilamiz wulani terib oliw qiyinmasku wunga wunca voxt ketmidyu
Eee hamma narsa 2002 ,2003 lani yiliga keldi ee bitiruv ham qilolmagandik mana endi imtihon mantadimizni ham bilolmayapmiz
Soliyev Sanjar
Assalomualeykum Hushnut aka siz blogersiz sizdan iltimos maslahat shahar bilan biron aloqa chiqishga harakat qiling qanaqadir o'yin bo'lyabti shu kungacha javoblarni bilmaymiz ahr kanfensyada 2 3 kundan keyin chiqadi degandilar bugun 4 kuniku jurnalistlar blogerlar nimaga shu narsaga ahamyat berishmayabti
Yaxshi ball oldim, ammo bu kutishlikdan shubham negativ tomonga o'zgarib ketmoqda. Nega aynan bizi mamlakatda har bir sohada korrupsiya haqiqiy kadrlarni kelajagini shubha ostiga olib qo'yadi. Deyarli ko'p sohalar singari ta'limda korrupsiyani aralashishi umidli kelajakni o'z qo'limiz bilan sindirishdek gap. 187,4 ball oldim, hanuzgacha umidimni uzmadim...
Hammasini o'zlari "hal"qilgandan keyin aytishadi, magistratura bo'yicha adolat rosa egilgan
Абдумаликовна
Ассалому алейкум Хушнудбек,охири йук ташвишлар билан чарчамаяпсизми? Сизга кандай богланиш мумкин? Фарзандимга хам бу йил талаба булиш насиб этмади(94,9 балл).Хужжатларини Тожикистонга топширмокчимиз,айрим масалаларда саволларга жавоб олмокчиман сиздан мутахассислигингиз учун,жуда зарур ёки шу ерга савол йуллаш мумкинми?
Xushnudbek aka ikkinchi ta'lim natijalari chiqsa xabar qilib yuboring!
Шукрулло Нематжонов
а
Sukhrob
Kimdir tel qilib biron taklif bilan chiqishini kutishadi. "Soqqani qil soqqani"
GENERAL
Natijalar kechikkanga qaraganda koruppsiyani tushinish mumkin boshqa hech narsa emas .Qachongacha bu holatlar davom etadi DTM qachon talab darajasida ishlaydi ....
Ассалому алайкум... шу 5 йуналиш жавоб чикгандан кейин талаба танлаш хукуки узида колиши керак. Унда нима фойда 5 йуналишни.... мисол Тошкентдаги барча чет эл укишларига кирган абитуриент узи танлаб 1 тасида укиди. Коидани узгартириш керак...
Oxunjon Rabbimov
Karupsiyani yuqotish uchun maktangacha talimdan boshlab Oliy talim va undan keyingi talimlardi isllohat qilib chiqish kerak.
Shoxjahon
Magistratura imtohonlari kompyuterda o'tkazildi. Ballari birdaniga chiqib keldi. Ballari malum bulgandan keyin magiatrlarning diplom balini hisoblab qushib chiqish va tasdiqlatish qoladi. Bu esa bir kunlik boring Ana bir xaftalik ishku? Lekin nega javoblar haliyam chiadi. Yoki biz bilmaydigan "keng imkoniyatlar" eshig ochilimi?
❄❄❄
Imtihon vaqtida na kamera bor edi, na yaxshilab tekshirishdi, savollarda ham xato bor edi. Natijalarni soxtalashtirish hech gap emas
Show next 100 comments