Жавоблар қачон чиқади?

Охирги йилларда тест синовларини ўтказиш жараёнидаги ижобий ўзгаришлардан кейин коррупция элементлари ўта юқори даражада сақланиб турган йўналишлар - бу магистратура ва ижодий имтиҳонлар эди. Афсуски субъективизмнинг ўта юқорилиги, натижаларни сохталаштиришнинг осонлиги, имтиҳон саволларининг хавфсизлигини таъминлаш даражаси ўта пастлиги ва ҳ.к. факторлар бунга асосий сабаб эди.

Буни қарангки, бугун 3 октябрь бўлишига қарамасдан, ҳалигача жорий йилдаги магистратура тестлари ва бакалаврнинг ижодий имтиҳонлари жавоби эълон қилинмади. Ҳалигача юз минглаб абитуриентлар натижалари на уёқли, на буёқли эканлигини билишмайди.

Азал-азалдан халқ орасида «жавоблар чиқиши қанча чўзилса, шунча ўйинлар кўп бўлади» деган нақл юради. Бу қанчалик рост ёки ёлғон менга қоронғу, аммо жавоблар нима учун кечикаётганига масъулларнинг бирор аниқ жавоби, важ-карсони бормикин ўзи?

Хўп, ҳеч бўлмаса яна қанча кутиш кераклигини айтишсин, абитуриентлар шунга қараб иш қилишарди. Ажойиб қабул йили бўляпти-да ростдан.


👉 @xushnudbek 👈

992 comments

Show 100 more comments
Ordinatura bo'yicha savolimizga javob olamiz degan umiddamiz
Bu yangilik emas javobni kech chiqishi, pandemiya sababli online test o'tkazildi va shu sabligina to'plangan ballarni oldin bilish imkoni bo'ldi. Lekin oldin shuni bilish ham qiyn bo'lgan. Oldin imi-jimida kimdir bilib bilmay qolgan. Endi keng qamrovli qilib xalqqa e'lon qilishga qiynalishyapti "O'rgangan ko'ngil o'rtansa qo'ymas".
Salom Jismoniy tarbiya yo'nalishlari javobi qachon chiqadi ukam topshirgan aytib yuboring iltimos
Ruslan
1 kurslarga dars qachondan
Bularni turtkilab turish kere, keyin g'izillab ishliydi
Umidni uzamiz chunki Xushnudbek aytganidek kechikdimi bu aniq o’yin bo’lyabdi yaxshigina bu aniq poraxorlar yili bo’ldi ollox kechirsin sizlarni boshqa gap yoq.
bu yerda javob olinmaydi, bu yerda faqat dardlar to'kib sochiladi )))
Ta'lim ta'lim deb jar solamiz hali u hali bu oʻzgarishlarni aytishadi halos undagi muammolar aytiladi ammo hal qilinmaydi bizga faqat adolat kerak maʼsullar hech boʻlmasa shuni taʼminlab bersa boʻlardi
Б. Бакибаев
Качон чикади баракат топгурлар...
Ikkinchi mutaxassislik imtihon qachon boʻladi
Б. Бакибаев
Качон чикади баракат топгурлар...
Sabr qiling lekn aniq umidni uzvering ball enasinikiga kirdi aniq qopollik uchun uzur.
Sultonova Nafosat
Ассалом алайкум. Хушнуд ака, барака топинг. Магистратура жавобларини кутавериб сил булдик. Эрта индин тест топширганимизга 1 ой булади🙄😥
Dtmdagilar ishni unutib qo‘yib, har kuni medalni yuvish b n ovvora shekilli. He medal olmay har narsa bo‘lgurlar
Assalomu-alaykum!!!Oliy ta'lim Vazirligi va OTM lari ustidan qandaydir yuqori turuvchi davlat tashkiloti yoki davlat muassasasi bormikin??Hamma o'z bilganicha ish ko'rayotganga o'xshaydi,Oliy ta'lim Vazirligi bilan boğlanish juda qiyin.Mabodo telefonni ko'tarib qolishsa ham tayinli javob berishmidi.OTM larida ham shu ahvol
Dengiz
Nima uchun hammaning bali chiqib ,endi bu jismoniy niki kech boʻlyapti,vohtidan ham choʻzilyapti,shunga yarasha kotta sabab bomikan
Malika Abduahadovna
MAGISTRATURA DA adplat bormi ypqligini endi bilamiz va fikr bildiramiz Tegishli tashkilotlarga
Pora olorb pulga toyarmkan aa ular ertaga qande javob berarkan aaa
Ijodiylarni bali chiqib boʻlgan boʻlsa qanday qilib oxirgi natijani chiqara olmaslik munkin a
Show next 100 comments