Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби тасдиқланди

Кеча Халқ таълими вазирлиги ҳузурида тузилган Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби аъзолари йиғилиши бўлиб ўтди.

Жамоатчилик кенгашнинг раиси этиб Қоракўл Халқаро математика мактаби директори Темурқул Рўзиев сайланди.

Блогер Исроилжон Тиллабоев Жамоатчилик кенгаши раиси ўринбосари этиб, халқ таълими вазирининг маслаҳатчиси Насиба Мамараимова Кенгаш котиби бўлди.

Жамоатчилик кенгашининг режаларини белгилашда жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида @XTVjamoatbot ташкил этилди, мазкур бот орқали сиз ҳам ўз таклифларингизни йўллашингиз мумкин.

P.S.: Жамоатчилик кенгаши таркибига мени ҳам қўшишди. Умид қиламанки, мазкур кенгаш номига эмас, балки халқ таълими соҳасини ривожлантириш учун амалда фойдаси тегадиган фаолият олиб боради.


👉 @xushnudbek 👈

111 comments

Show 13 more comments
Iskandar G'ozixo'jayev
Truth Seeker
Қодировми)
Boshqa variantlar bormi😉
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka siz qo'shilgan bo'lsanggiz demak bu kengashdan nimadir umid qilsak bo'ladi.

Xushnudbek aka nega hukumat tepasiga ya'ni masalan deputatlik, senatorlikka qarab harakat qilmaysiz?
Nazarova
Xushnudbek, Kengash a'zosi sifatida nemis va fransuz tili õqituvchilarini himoya qiling. Oliy toifali, CEFR sertifikatiga ega bõlgan nemis va fransuz tili õqituvchilari bir chetda qolib, 4 oyda ingliz tilini qayta tayyorlovda õrgangan mutaxassisni INGLIZ TILI bõlgani uchungina ishga olish qay darajada tõģri?
Tolib
A.Q.👎👎👎👎
Milliy test haqidagi savolarga javob bemadiiz.
Chet el oliygohlarida o'qigan ,til biladigan, vakolati doiradida huquqiy bilimi ,saviyasi baland yosh kadrlarlarning kengash tarkibida bo'lishini xohlardim
Alisher Qodirovni qushmaslik kerak edi, u kishi faqat gapirishni biladi, ammo qulidan biror foydali ish kelmaydi. Bizga gapiradigan deputatlar emas xalq uchun qayg'uradigan mutaxasislar kerak
Nimani anglatadi bu
Qodirov nima bor unga
Mohidil
Bularni 1tiyinlik foydasi yoq
Gulasal Egamberdiyeva
Faqat ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan boʻlsa xursandman
Juda xursand bõldim sizni ismi sharifingizni õqib ishlaringizga omad sizdan kõp ezgu ishlarni kutib qolamiz. Maktab amaliyotchi psixologlarini xursand qiladigan yangiliklardan kutib qolamiz Xushnudbek sizdan.
Aziz Abdullayev
Assalomu alaykum. Hurmatli, Xushnudbek Xudoyberdiyev! Sizdan bir iltimosim bor. Taklif va fikrlarimizga hech bo'lmasa, "sizni taklifingizni o'qidim, "o'ylab ko'ramiz" yoki "inobatga olamiz" yoki "bu bizga to'g'ri lelmaydi" va hokazo kabi javob yozsangiz. "Har qalay o'qibdi-ku",- deb ko'nglimiz tinchlanadi, umidvor ham bo'lamiz.
nima bo'lganda ham ijobiy natijadan umidvormiz
Mirzatilla va Mohiraxon
Assalomu alaykum Xushnudbek faqat sizni xalqparvar sifatida taniyman, borizga shukr kengashga a'zo bo'lganizdan xursandman. 1000 ta qo'rqoq askardan siz afzalsiz. Xalqni ximoya qiladigan kuchli Bloggersiz. Ta'lim sohasida demak kuchli o'sish bo'ladi, chunki o'qituvchini rozi qiladigan qarorlar amalga oshaversa dunyoni lol qoldiramiz.
Xushnud aka siz bilan aloqaga chiqishni nimaga iloji yo'q
Mirzatilla va Mohiraxon
Askar ma'nosi o'xshatish xizmatdagi alp yigatlarga tegishli emas.
Халкни ёшларни уйлаб киладиган ишларингизга Роббим ИншаАллох ривож берсин тугри йул курсатсин. Адаштирмасин.
Настарин ......
Ассалому Алейкум Россияда укиятган талабалар таътилга келиб кетиши кандай булади талабалар келишолмабди йул ёпиклигидан
Севара Шавкатовна
световой день
Show next 77 comments