Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби тасдиқланди

Кеча Халқ таълими вазирлиги ҳузурида тузилган Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби аъзолари йиғилиши бўлиб ўтди.

Жамоатчилик кенгашнинг раиси этиб Қоракўл Халқаро математика мактаби директори Темурқул Рўзиев сайланди.

Блогер Исроилжон Тиллабоев Жамоатчилик кенгаши раиси ўринбосари этиб, халқ таълими вазирининг маслаҳатчиси Насиба Мамараимова Кенгаш котиби бўлди.

Жамоатчилик кенгашининг режаларини белгилашда жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида @XTVjamoatbot ташкил этилди, мазкур бот орқали сиз ҳам ўз таклифларингизни йўллашингиз мумкин.

P.S.: Жамоатчилик кенгаши таркибига мени ҳам қўшишди. Умид қиламанки, мазкур кенгаш номига эмас, балки халқ таълими соҳасини ривожлантириш учун амалда фойдаси тегадиган фаолият олиб боради.


👉 @xushnudbek 👈

111 comments

Show 22 more comments
Mohidil
Bularni 1tiyinlik foydasi yoq
Gulasal Egamberdiyeva
Faqat ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan boʻlsa xursandman
Juda xursand bõldim sizni ismi sharifingizni õqib ishlaringizga omad sizdan kõp ezgu ishlarni kutib qolamiz. Maktab amaliyotchi psixologlarini xursand qiladigan yangiliklardan kutib qolamiz Xushnudbek sizdan.
Aziz Abdullayev
Assalomu alaykum. Hurmatli, Xushnudbek Xudoyberdiyev! Sizdan bir iltimosim bor. Taklif va fikrlarimizga hech bo'lmasa, "sizni taklifingizni o'qidim, "o'ylab ko'ramiz" yoki "inobatga olamiz" yoki "bu bizga to'g'ri lelmaydi" va hokazo kabi javob yozsangiz. "Har qalay o'qibdi-ku",- deb ko'nglimiz tinchlanadi, umidvor ham bo'lamiz.
nima bo'lganda ham ijobiy natijadan umidvormiz
Mirzatilla va Mohiraxon
Assalomu alaykum Xushnudbek faqat sizni xalqparvar sifatida taniyman, borizga shukr kengashga a'zo bo'lganizdan xursandman. 1000 ta qo'rqoq askardan siz afzalsiz. Xalqni ximoya qiladigan kuchli Bloggersiz. Ta'lim sohasida demak kuchli o'sish bo'ladi, chunki o'qituvchini rozi qiladigan qarorlar amalga oshaversa dunyoni lol qoldiramiz.
Xushnud aka siz bilan aloqaga chiqishni nimaga iloji yo'q
Mirzatilla va Mohiraxon
Askar ma'nosi o'xshatish xizmatdagi alp yigatlarga tegishli emas.
Халкни ёшларни уйлаб киладиган ишларингизга Роббим ИншаАллох ривож берсин тугри йул курсатсин. Адаштирмасин.
Настарин ......
Ассалому Алейкум Россияда укиятган талабалар таътилга келиб кетиши кандай булади талабалар келишолмабди йул ёпиклигидан
Севара Шавкатовна
световой день
УСТОЗ
Исроилжон Тиллабоевдан умидимиз катта. Ҳақиқий устозпарвар йигит.
Севара Шавкатовна
Мен хеч кандай янгилик кутмаяпман. Эски хаммом, эски тоз. Укитувчини бир тийинга олишмайди, келган текширув хам, мактаб рахбарияти хам. Укитувчининг мавкейини кутармагунча таьлимда узгариш булмайди. Чунки укитувчи кулини ювиб,... уриб булган. Бу нохакликлаааар.....
Shahnoz
Isroil Tillaboyev tanlovi juda togri bolibti
Kiritilgan taklif va fikrlarga javob qancha muddatda keladi
Assalomu alaykum. Balki tarkib o'zgarishi yaxshi tarafgadur. Sizdan va boshqalardan shuni iltimos qilardim darsliklarni qisqartirmaslikni. Mavzu murakkab va qisqa o'quvchi tishunishi uchun juda qisqa.2000 yildagi biologiya botanika kitoblarda mavzu tushunarli yoritilgan.Hozir terib terib yozilgan bolaga tushunarsiz.O'shakitoblar qaytsa yaxshi bo'lardi. Yangi nav zotlarni qo'shimcha qilib yozib qo'ysa bo'ladi.Bu meni fikrim.Boshqa fanlar ham xuddi shunday.
Юсуф Жабборов
1-rasmda turgan kishini (ismini yozgim kelmadi) nimaga qo‘shgan o‘zi.
Odamlar o'zgaryapti,lekin o'simliklar hayoti o'zgarmayapti menimcha.Biz o'qigan kitobda saksovul o'simligi buta edi.Buni qarangki 11 yil o'tib saksovul daraxt deb yozyapti.Qaysi biri to'g'ri desak oxirgisi..

Men faqat sizni kanallingizni kuzatib boraman.Sizfan iltimos qilardim. Kitob chiqarayotganlarni yozayotganlarni ham bir ko'tarsayiz.
Show next 68 comments