Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби тасдиқланди
Кеча Халқ таълими вазирлиги ҳузурида тузилган Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби аъзолари йиғилиши бўлиб ўтди.
Жамоатчилик кенгашнинг раиси этиб Қоракўл Халқаро математика мактаби директори
Темурқул Рўзиев сайланди.
Блогер
Исроилжон Тиллабоев Жамоатчилик кенгаши раиси ўринбосари этиб, халқ таълими вазирининг маслаҳатчиси
Насиба Мамараимова Кенгаш котиби бўлди.
Жамоатчилик кенгашининг режаларини белгилашда жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида
@XTVjamoatbot ташкил этилди, мазкур бот орқали сиз ҳам ўз таклифларингизни йўллашингиз мумкин.
P.S.: Жамоатчилик кенгаши таркибига мени ҳам қўшишди. Умид қиламанки, мазкур кенгаш номига эмас, балки халқ таълими соҳасини ривожлантириш учун амалда фойдаси тегадиган фаолият олиб боради.👉 @xushnudbek 👈
Ta'lim sohasida qilinayotgan o'zgarishlar yaxshi albatta. Lekin bu o'zgarishlar xalq uchun ijobiy natija beradimi? Shunaqangi majlislarga, millat uchun ahamiyatsiz bo'lgan " tadbirlarga" sarflanayotgan pulni biror kerakli narsa uchun ishlatsak bo'lmaydimi.
Masalan, hukumatimiz tomonidan " Yoshlar ittifoqi" uchun behisob mablag'lar ajratilyapti. Bu tashkilotni tuzilganligiga adashmasam kamida 4 yil bo'ldi. Lekin manashu 4 yilni ichida yoshlar ittifoqi mamlakatdagi birorta yoshni kuniga yaragani yo'q!!! Bular quruq tadbirlar, ahamiyatsiz festeval, hamda hech kimga keragi bo'lmagan " musobaqalardan" boshqasiga yaramaydi. Hammasi xo'jako'rsinga. Tepadagilarga " ishlayapmiz' deyish uchun. Bu tashkilot yuqoridagilarga yaxshi ko'rinish uchun emas, xalqning manfaatini himoya qilish uchun tuzulmaganmidi? Turli kengashlar tuzdik. Xo'p natija qani? Bulardan birortasi millat dardiga yarayaptimi...Qachon istasalar o'zlarini borligini bildirib qo'yish uchun ba'z-ba'zida nafaqat ahamiyatsiz, balki xalqni zarariga ishlaydigan tashabbuslar bilan chiqishyapti... Masalan, shuncha payt foydalanilgan alifboni o'zgartirishga nima bor. Yozuvni tez-tez o'zgartiraverish millatni savodsizlikka olib keladi!!! Va bu boradagi muhokamalar olim va yozuvchilar bilan o'tkazilyapti. Bu qanaqangi ahmoqlik, buni tahlilini siyosatchilar emas, xalq bilan o'tkazish kerak. O'quvchilardan fikr so'rash kerak.
Og'riqli masalalar hali ko'p. Telivezor faqat yaxshi tomonlarimizni gapiryapti. Aslida tarozi teng qo'yilishi kerak.
Kopchilik
7Option degan plarforma haqida gapiryapdi bu nima o'zi