Халқ таълими вазирлиги ҳузуридаги Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби тасдиқланди

Кеча Халқ таълими вазирлиги ҳузурида тузилган Жамоатчилик кенгашининг янгиланган таркиби аъзолари йиғилиши бўлиб ўтди.

Жамоатчилик кенгашнинг раиси этиб Қоракўл Халқаро математика мактаби директори Темурқул Рўзиев сайланди.

Блогер Исроилжон Тиллабоев Жамоатчилик кенгаши раиси ўринбосари этиб, халқ таълими вазирининг маслаҳатчиси Насиба Мамараимова Кенгаш котиби бўлди.

Жамоатчилик кенгашининг режаларини белгилашда жамоатчилик фикрини ўрганиш мақсадида @XTVjamoatbot ташкил этилди, мазкур бот орқали сиз ҳам ўз таклифларингизни йўллашингиз мумкин.

P.S.: Жамоатчилик кенгаши таркибига мени ҳам қўшишди. Умид қиламанки, мазкур кенгаш номига эмас, балки халқ таълими соҳасини ривожлантириш учун амалда фойдаси тегадиган фаолият олиб боради.


👉 @xushnudbek 👈

111 comments

Show 92 more comments
Avvalo ta'lim uchun nazoratni kuchatirish uchun ota onalarimiz fikirini urganish uchun platformali dastur kerak. Bu dasturida barcha uqituvchilar ro'yxatini online baholash kerak ota-onalar va ular orqali choralarni kurish kerak.
Xushnudbek ukam yaxshimisan bugun samda tanimadim!!!
$ M. T. BOBOBEKOVA
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar. Jamoatchilik kengashidan bir iltimosim Bor. Bilim berish, ta'lim olishga qiziqtirish qonunchilikka asoslangan holda maktabgacha ta'limdan boshlanadi. Har bir guruhda kamida 25 ta, 30 ta bola bilan faoliyat yuritayapmiz. Bolalarga ta'lim tarbiya berishda Koriya davlati maktabgacha ta'lim yónalishi an'analariga tayanib tashkillashtirilgan, vaholanki Koriya davlati bog'chalarida guruhlardagi bola soni 30 ta emasku. Sizlarda iltimos maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi guruh bolalar sonini muvofiqlashtirilishida kómak bering, bolalar soni kamaytirilsa ta'lim tarbiya berish faoliyatida samaradorlik kótarilar edi.
Valijon
Assalomu alaykum ta'limimiz ravnaqiga hissa qòshuvchi aziz ustozlar va jamoatchilik a'zolari oylik maosh haqida moliya vazirligi hamda xalq ta'limi bn maslahatlashi kòtarilishiga harakat qilib kòringizlar! Mana shuni amalga oshirsangizlar hammasi òz òzidan iziga tushib ketadi bu bir kafolatli fikr...
Behzod
Bilmadim, hukumatimiz OYLIK-MAOSH haqida gap ketganda paysalga solishda davom etadi choģi... Obrò, obrò deb gapiramiz. Nega yoshlarimiz harbiy bòlaman yoki militsyaner bòlaman deydi?! Chun shunga òxshagan kasblarning obròsi ortida tirgak oyligi bor! Siz òqituvchi bòlaman degan òquvchini topasizmi!? Xalqimiz bolasini malumotli qilish uchun repititorga beraversin, òqituvchilarimiz kam oylikka yashayversin... Vadabozlik bardavom bòlsin...
Maktablarda yaxshi ishlagani o'qituvchini ham yomon ishlagani bir xil maktabga borsak ish yoq diydi bitta fandan 5-6 ta o'qituvchi Bor lekin brontasi ham Oliy talimga oquvchi olib kirmagan boladi maktablar ish bilan taminlovchi tashkilot bolib qoldi bolalar repititorga pul tolab o'qishga tayyorlanishsa Nima keragi Bor 11 yillik talimni
Музаффар
Ака сизга ишонамиз
Assalomu alaykum!!!
Ta'lim sohasida qilinayotgan o'zgarishlar yaxshi albatta. Lekin bu o'zgarishlar xalq uchun ijobiy natija beradimi? Shunaqangi majlislarga, millat uchun ahamiyatsiz bo'lgan " tadbirlarga" sarflanayotgan pulni biror kerakli narsa uchun ishlatsak bo'lmaydimi.
Masalan, hukumatimiz tomonidan " Yoshlar ittifoqi" uchun behisob mablag'lar ajratilyapti. Bu tashkilotni tuzilganligiga adashmasam kamida 4 yil bo'ldi. Lekin manashu 4 yilni ichida yoshlar ittifoqi mamlakatdagi birorta yoshni kuniga yaragani yo'q!!! Bular quruq tadbirlar, ahamiyatsiz festeval, hamda hech kimga keragi bo'lmagan " musobaqalardan" boshqasiga yaramaydi. Hammasi xo'jako'rsinga. Tepadagilarga " ishlayapmiz' deyish uchun. Bu tashkilot yuqoridagilarga yaxshi ko'rinish uchun emas, xalqning manfaatini himoya qilish uchun tuzulmaganmidi? Turli kengashlar tuzdik. Xo'p natija qani? Bulardan birortasi millat dardiga yarayaptimi...Qachon istasalar o'zlarini borligini bildirib qo'yish uchun ba'z-ba'zida nafaqat ahamiyatsiz, balki xalqni zarariga ishlaydigan tashabbuslar bilan chiqishyapti... Masalan, shuncha payt foydalanilgan alifboni o'zgartirishga nima bor. Yozuvni tez-tez o'zgartiraverish millatni savodsizlikka olib keladi!!! Va bu boradagi muhokamalar olim va yozuvchilar bilan o'tkazilyapti. Bu qanaqangi ahmoqlik, buni tahlilini siyosatchilar emas, xalq bilan o'tkazish kerak. O'quvchilardan fikr so'rash kerak.
Og'riqli masalalar hali ko'p. Telivezor faqat yaxshi tomonlarimizni gapiryapti. Aslida tarozi teng qo'yilishi kerak.
OTM da 29 martdan onlayinmi Xushnutbek nima diysiz
Mafiya_sardori
Assalom alaykum OTM da 29 martdan onlayin bolganligi haqida qaror qabul qilindimi.
Assalomu alaykum OTMlarda 29-martdan online ta'limga o'tadimi
Assalom alaykum hurmatli Xushnudbek Xudayberdiyev. Chiroqchi tumannini yaxshi bilsangiz kerak. Uzim ham usha yerdanman. Bir Taklifim bor edi. Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasining old kirish darvozasi kuchaga juda yaqin masofada joylashgan. Albatta aholi u yerga koʻp murojaat qiladi. Shu sababli yo'lning qatnov qismiga ham katta tirbandliklarni keltirib chiqaryapti. Ayniqsa unga yaqin joyda svetofor ham joylashgan. Tibbiyot birlashmasining kirish joyida bunday tirbandlik boʻlishi mumkin emas toʻgʻrimi . Shu muammoga eʼtibor bersangiz degandim.
Assalomu aleykm Xushnudbek aka 29 dan OTM larga onlayn dars boshlanadmi javob uchun oldindan rahmat
Maftuna Murodova
Assalomu alaykum. Bu mavzu bilan emas oliy ta'lim bilan bog'liq bo'lgan savol bermoqchi edim barcha kanallarda 29-mart kunidan OTMlar onlayn ta'lim boshlanishi haqida xabarlar kelmoqda. Shular to'g'imi, oydinlik kiritib berishingizni istagan bo'lar edim. Rahmat
Hammadan uzr so'ragan holda boshqa mavzuda savol bermoqchiman
Kopchilik
7Option degan plarforma haqida gapiryapdi bu nima o'zi
Рус тили
Нимагадир Крыловни Квартети эсимга тушиб кетди...
Durdona
Assalomu alekum manga shu kanaldi admini xushnudbek ni teligram lichkasi kere qande topsam bòladi iltimos bilganlar aytib yuborilar juda zarur
@osonyozbot bitta kirib ko'rishga arziydi