​Roʻyxatga olish yakunlari haqida maʼlumot

Kecha, 21-fevral kuni, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzolik uchun zakovat.tv sayti orqali onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.

✅ 10 kun davomida jami 13 043 kishidan arizalar kelib tushdi. Ularning 6307 nafari (48,4%) oliy taʼlim muassasalari talabasi, 4771 nafari (36,6%) ishchi-xizmatchi, 791 nafari (6,1%) vaqtincha ishsiz, 583 nafari (4,5%) maktab oʻquvchisi, 295 nafari (2,3%) kollej, akademik litsey yoki texnikum oʻquvchisi, 255 nafari (2%) abituriyent hamda 41 nafari (0,3%) pensionerlardir.

📍Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, arizalar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi:

Toshkent shahri – 3761 nafar;
Toshkent viloyati – 1257 nafar;
Samarqand – 1054 nafar;
Qashqadaryo – 1026 nafar;
Fargʻona – 1004 nafar;
Andijon – 791 nafar;
Buxoro – 672 nafar;
Jizzax – 657 nafar;
Namangan – 557 nafar;
Xorazm – 525 nafar;
Surxondaryo – 503 nafar;
Navoiy – 491 nafar;
Sirdaryo – 418 nafar;
Qoraqalpogʻiston– 327 nafar.

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish maqsadida jami 11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

❗️Keyingi bosqichda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar oʻrtasida intellektual kasting oʻtkaziladi. Bundan maqsad eng avvalo ularning bilimlarini sinash boʻlsa, ikkinchidan ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.

Jamoa boʻlib ariza yuborganlar oʻrtasida kasting oʻtkazilmaydi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.

Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting oʻtkazish sanasi, joyi va tartibi tez orada eʼlon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Kanalimizga obuna bo'lish:
➖ @zakovat

169 comments

Show 72 more comments
Эргаш ХУРРАМОВИЧ
Yashash hududim o‘zgardi, kastingga yangi yashash hududida borsa ham bo‘ladimi? postlarni ma'muriyat o‘qisharmikan?
Жавлон Касимович
Кастинг хаммани ўз худудида бўладими
Юз миллион сўм фақат биринчи ўринни олган жамоага бериладими ёки иккинчи, учинчи ва бошқа юқори ўринни олган жамоаларга ҳам бўлиб бериладими?
Umid Egamberdi o'g'li
agar online kasting qilishi nima keragi bor. kasting qilishdan maqsad sizni tashqi ko'rinishingiz emas, balki bilimingizni sinash. online g'irromlik qilish mumkin
Nazarov.S.F
Assalomu alekum online bulsa yaxshi bulardi bolali laga baribir qiyinda
Худудларда каерда кастинг булиши качон эълон килинади ?
💞К а р и м о в а💞
Kasting xammaning uz hududida bulgani yaxwi menimcha
Kasting bowlanganda qanday bilamiz, har birimizga habar yuboriladimi
꧁☆☬ĴÃϻỖĹ☬☆꧂
Qanaqa qilib ariza tasha boladi
꧁☆☬ĴÃϻỖĹ☬☆꧂
Shahnoza 🌼
Shu haqda bilmoqchidim
Qanaqa qilib ariza tashasa boladi
꧁☆☬ĴÃϻỖĹ☬☆꧂
Nechidan nechigacha vaqti
Qaysi saytdan utamiz ro'yhatga
Royxatdan otish tugagan
Assalomu alaykum Samarqanddan zemlyaklar bormi 1- o'rin InshoOlloh SAMARQANDNIKI.
Show next 76 comments