​Roʻyxatga olish yakunlari haqida maʼlumot

Kecha, 21-fevral kuni, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzolik uchun zakovat.tv sayti orqali onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.

✅ 10 kun davomida jami 13 043 kishidan arizalar kelib tushdi. Ularning 6307 nafari (48,4%) oliy taʼlim muassasalari talabasi, 4771 nafari (36,6%) ishchi-xizmatchi, 791 nafari (6,1%) vaqtincha ishsiz, 583 nafari (4,5%) maktab oʻquvchisi, 295 nafari (2,3%) kollej, akademik litsey yoki texnikum oʻquvchisi, 255 nafari (2%) abituriyent hamda 41 nafari (0,3%) pensionerlardir.

📍Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, arizalar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi:

Toshkent shahri – 3761 nafar;
Toshkent viloyati – 1257 nafar;
Samarqand – 1054 nafar;
Qashqadaryo – 1026 nafar;
Fargʻona – 1004 nafar;
Andijon – 791 nafar;
Buxoro – 672 nafar;
Jizzax – 657 nafar;
Namangan – 557 nafar;
Xorazm – 525 nafar;
Surxondaryo – 503 nafar;
Navoiy – 491 nafar;
Sirdaryo – 418 nafar;
Qoraqalpogʻiston– 327 nafar.

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish maqsadida jami 11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

❗️Keyingi bosqichda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar oʻrtasida intellektual kasting oʻtkaziladi. Bundan maqsad eng avvalo ularning bilimlarini sinash boʻlsa, ikkinchidan ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.

Jamoa boʻlib ariza yuborganlar oʻrtasida kasting oʻtkazilmaydi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.

Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting oʻtkazish sanasi, joyi va tartibi tez orada eʼlon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Kanalimizga obuna bo'lish:
➖ @zakovat

169 comments

Show 79 more comments
💞К а р и м о в а💞
Kasting xammaning uz hududida bulgani yaxwi menimcha
Kasting bowlanganda qanday bilamiz, har birimizga habar yuboriladimi
꧁☆☬ĴÃϻỖĹ☬☆꧂
Qanaqa qilib ariza tasha boladi
꧁☆☬ĴÃϻỖĹ☬☆꧂
Shahnoza 🌼
Shu haqda bilmoqchidim
Qanaqa qilib ariza tashasa boladi
꧁☆☬ĴÃϻỖĹ☬☆꧂
Nechidan nechigacha vaqti
Qaysi saytdan utamiz ro'yhatga
Royxatdan otish tugagan
Assalomu alaykum Samarqanddan zemlyaklar bormi 1- o'rin InshoOlloh SAMARQANDNIKI.
Dikkat Dikkat Andijonliklar Va Vodiyliklar dikkatiga Realistlar Jamiyati clubiga taklif etaman u clubga azo bulish 10 000 sum clubda siyosiy ilm fan soglik tibbiyot global muammolar va texnologiyalar savdo sotik treninglar barcha mavzular buyicha suxbatlar ovozli chat orkali olib boriladi 1 Maygacha Barcha ishtrokchilar obuna bulishlarini surayman clubga azolik muddati 1 maygacha 3 milyun XAMDA undan kup azolar kushilmaguncha Club ochilmaydi malumot uchun rjamiyati@gmail.com orkali savol va clubga azolik shartlari xakida batafsil malumotlar olasiz Clubda xakikiy dasturchi bulib yetshb chikish va juda sekretniy foydali vip oltin yuriknomalarri olishingiz anik Omad barchangizga
iltimos jamoani endi tuzgan edik ariza yozish muddatini suraylik
Qabul tugadi, turnir shu xafta shanba va yakshanba kunlari, ro‘yxatdan o‘ta olmaganlar demak sayt sizni robot deb o‘ylagan, oxirida kvadrat ustiga bosish kerak edi, xavfsizlik tekshiruvi degan joyida
Yuldashova Gulmira QarDU 02082
Assalomu alaykum hammaga kimlar qabul qilinganini qanday bilsa boʻladi
Sergelida yashiydgan yakka tartibda ariza topshirgan talabalar @feerdavsaka ga telegramdan yozila gruppa tashkil qilamiz
Show next 69 comments