​Roʻyxatga olish yakunlari haqida maʼlumot

Kecha, 21-fevral kuni, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzolik uchun zakovat.tv sayti orqali onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.

✅ 10 kun davomida jami 13 043 kishidan arizalar kelib tushdi. Ularning 6307 nafari (48,4%) oliy taʼlim muassasalari talabasi, 4771 nafari (36,6%) ishchi-xizmatchi, 791 nafari (6,1%) vaqtincha ishsiz, 583 nafari (4,5%) maktab oʻquvchisi, 295 nafari (2,3%) kollej, akademik litsey yoki texnikum oʻquvchisi, 255 nafari (2%) abituriyent hamda 41 nafari (0,3%) pensionerlardir.

📍Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, arizalar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi:

Toshkent shahri – 3761 nafar;
Toshkent viloyati – 1257 nafar;
Samarqand – 1054 nafar;
Qashqadaryo – 1026 nafar;
Fargʻona – 1004 nafar;
Andijon – 791 nafar;
Buxoro – 672 nafar;
Jizzax – 657 nafar;
Namangan – 557 nafar;
Xorazm – 525 nafar;
Surxondaryo – 503 nafar;
Navoiy – 491 nafar;
Sirdaryo – 418 nafar;
Qoraqalpogʻiston– 327 nafar.

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish maqsadida jami 11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek, 1 932 kishi 322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.

❗️Keyingi bosqichda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar oʻrtasida intellektual kasting oʻtkaziladi. Bundan maqsad eng avvalo ularning bilimlarini sinash boʻlsa, ikkinchidan ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.

Jamoa boʻlib ariza yuborganlar oʻrtasida kasting oʻtkazilmaydi va ular toʻgʻridan-toʻgʻri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.

Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting oʻtkazish sanasi, joyi va tartibi tez orada eʼlon qilinadi.

Bizni kuzatishda davom eting!


Kanalimizga obuna bo'lish:
➖ @zakovat

169 comments

Show 100 more comments
Keyin bez passportlar qatnashmedi dgan gap ham eshitgandim
Жамоавий заявка бергандик, ID рақамлар келди.
Kasting qanaqa bo'larkin? Onlinemi?
Biz guruhlikka ariza beruvdik hali javob kelmadi hec boʻmasa roʻyxatdan oʻtdiz deb
Uje 27-sanada boʻladi deyapkandiyu ozgina qoldi
ro`yxatdan o`tganimizga ancha bo`ldi lekin biron bir sarlash bo`lagani yo`q
I can will
𝚀𝙰𝚗𝚍𝚊𝚢 𝚛𝚘̂𝚢𝚡𝚊𝚝𝚍𝚊𝚗 𝚘̂𝚝𝚒𝚕𝚊𝚍𝚒
Ассалому алайкум
Регистрация дан утиш давом этябдими?
Yuldashova Gulmira QarDU 02082
ID raqam keldiku faqat
Kasting qachon bo'larkan
16330
ßavolga qanday javob olsak bo‘larkin
16330
Kasting qachon bo‘larkin telfonda bo‘lmikin vodiydamiz ku
16330
Yoki poytahtga borish kerak mikin
Xammaga assalomu alaykum. Xullas, 27-28 faqat kasting bo'lar emish. Asosiy Breyn ring o'yinlari martda o‘tkazilar ekan. Unda faqat Toshkent jamoalari (mahalliychilikni qarang) qatnashar ekan. Viloyatlarni jamoalari qatnashishi xali noma'lum ekan. Zakovatda kuch! Go follov! 😊😊😊
O‘ylashim bo‘yicha 28 fevralga odamni kamaytirish uchun shunaqa deyishgan yoki rostdan xam faqat Tosh jamoalari uchun bu turnir. Viloyatlarda yakka tartibda kasting o'tkazilar ekan.
Тош учунми, кош учунми бу уйин билмадимку, акл нормальный булса уша утади- уйнайди
Show next 22 comments