Roʻyxatga olish yakunlari haqida maʼlumot
Kecha,
21-fevral kuni, “Zakovat” intellektual klubiga aʼzolik uchun
zakovat.tv sayti orqali onlayn arizalar qabul qilishning dastlabki bosqichi yakunlandi.
✅ 10 kun davomida jami
13 043 kishidan arizalar kelib tushdi. Ularning
6307 nafari (48,4%) oliy taʼlim muassasalari talabasi,
4771 nafari (36,6%) ishchi-xizmatchi,
791 nafari (6,1%) vaqtincha ishsiz,
583 nafari (4,5%) maktab oʻquvchisi,
295 nafari (2,3%) kollej, akademik litsey yoki texnikum oʻquvchisi,
255 nafari (2%) abituriyent hamda
41 nafari (0,3%) pensionerlardir.
📍Hududlar kesimida oladigan boʻlsak, arizalar taqsimoti quyidagicha koʻrinish oldi:
Toshkent shahri –
3761 nafar;
Toshkent viloyati –
1257 nafar;
Samarqand –
1054 nafar;
Qashqadaryo –
1026 nafar;
Fargʻona –
1004 nafar;
Andijon –
791 nafar;
Buxoro –
672 nafar;
Jizzax –
657 nafar;
Namangan –
557 nafar;
Xorazm –
525 nafar;
Surxondaryo –
503 nafar;
Navoiy –
491 nafar;
Sirdaryo –
418 nafar;
Qoraqalpogʻiston–
327 nafar.
Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtish maqsadida jami
11 111 nafar talabgor ariza topshirdi. Shuningdek,
1 932 kishi
322 ta jamoaga birlashgan holda roʻyxatdan oʻtdi.
❗️Keyingi bosqichda yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar oʻrtasida
intellektual kasting oʻtkaziladi. Bundan maqsad eng avvalo ularning bilimlarini sinash boʻlsa, ikkinchidan ularni 6 kishilik jamoalarga birlashtirishdir.
Jamoa boʻlib ariza yuborganlar oʻrtasida kasting oʻtkazilmaydi va ular
toʻgʻridan-toʻgʻri breyn-ring turnirida ishtirok etishadi.
Toshkent shahri hamda hududlarda intellektual kasting oʻtkazish sanasi, joyi va tartibi tez orada eʼlon qilinadi.
Bizni kuzatishda davom eting!
Kanalimizga obuna bo'lish:
➖ @zakovat
Регистрация дан утиш давом этябдими?
Reply ga yozsin javob beraman
registratsiyadan õtganlar saralanmoqda
aniqlangach kanal ga sana yuboriladi manzil bilan.
rahmat oka 👍