Абитуриентлар учун тест синовларидан олдин овозли чат марафони

5 августдан юртимиз бўйлаб тест синовларига старт берилади. 1 миллиондан ортиқ абитуриентлар ва уларнинг яқинлари учун ҳаяжонли дамлар бошланади.

Жараёнлар бутун миллат келажаги учун муҳимлигини ҳисобга олиб, абитуриентларга мотивация ва руҳий далда бериш, тажрибали инсонлардан қимматли маслаҳатлар улашиш мақсадида 3-4 август кунлари каналимиз орқали овозли чат марафони ташкил қиляпмиз.

Марафонда иштирок этувчи спикерлар:

Шерзод Асадов – Президент Администрацияси раҳбарининг ўринбосари - Президент Матбуот котиби;

Абдуқодир Тошқулов – олий ва ўрта махсус таълими вазири;

Шерзод Шерматов – халқ таълими вазири;

Эркинжон Турдимов – Самарқанд вилояти ҳокими;

Алишер Саъдуллаев – Ёшлар ишлари агентлиги директори.

Бугун - 3 август кечки пайт Абдуқодир Тошқулов ҳамда Алишер Саъдуллаев билан, эртага – 4 августда эса қолган спикерларимиз билан суҳбат қиламиз.

Вақти ҳақида қўшимча маълум қиламиз. Бизни кузатишда давом этинг.


👉 @xushnudbek 👈

205 comments

Show 17 more comments
Yana bilmadim. Boshlansa koramizda
Savollar sotilyapti
Yangi o'zbekistonda sotilmagan nma qoldi?
Telefonni olib borsak wu yerdagi mutasaddilar raqamlab oladimi uni ihtiyorimz bn topwirsak Wunga javob bersangiz!!!!!
Qachon OTM testi tugaydi qaysi sanadan
Assalomu aleykum Xushnudbek aka
Savolim shundan iboratki
Test natijalari test ótkazilgan kunni ertasiga chiqadimi yoki unga xam qo'shimcha yangiliklar kiritilganmi
Savol 2 mutaxasislikka qabul qachon boshlanadi
Паризода Қуванова 20-19
Ассаломуалейкум ман Тату қўшма факултетида тахсил оламан хозирда турмушга чиқдим хўжайним харбийлар ўшанга четга чиқа олмайман ман бошқа турдош йўналишга перевод қила оламанми илтимос ёрдам берингизлар кимга мурожаат қилсам бўлади
Xushnudbek charchamang hech qanday moddiy foyda tomoni bo'lmasa ham vaqtingizni ayamasdan shu jarayonlarni tashkillashtirayotganingiz uchun rahmat
Milliy test biologiyani tarqatib, òqituvchilardan soqqa qilgan dtm, abituriyentlardan nega olmasin.
Lyubaaya bizness xorosho
𝙾𝚛𝚣𝚞𝚕𝚊𝚛𝚒_𝙾𝚜𝚖𝚘𝚗_𝚚𝚒z
Assalomu alaykum meni savolim shundan iboratki men biologiya va kimyo fanlaridan imtihon topshiraman ayniqsa kimyoda bizga masala ishlash uchun qo'shimcha varoq kerak bo'ladi imtihonda bizga qo'shimcha varoq beriladimi yoki berilsa ham yetmay qolgan paytda so'rasak bo'ladimi javob uchun oldindan rahmat
Xammaga omad
Juda yaxshi loyiha, ishlarinizga omad!
Ta'lim tizimini yaxshilash uchun bir nechta takliflarim bor edi, malakali kadrlarni anchayin ko'payishiga va ta'limdagi korrupsiyani ancha kamayishiga imkon yaratib berardi.
Qancha vaqtda ball qanchadan sōng mandad chiqadi
Ataxadjayev Sobir
Assalomu alaykum. Meni rafiqam institutga hujjat topshirgan edi. Emizikli bolasi borligi uchun kovidga qarshi emlanmadi. Hozirda abiturentlardan 063 forma talab qilinayotganligi rostmi. Emlanmagan abiturentlar test sinovlariga qo'yilmasligi rostmi. Agar shunday bo'lsa emizikli bolasi bor abiturentlar, emlanish mumkin bo'lmagan abiturentlar nima qiladi. Agar imtixonga qo'yilmasa to'lagan pullari qaytarib beriladimi
Ikromova Sayyora
┄অঠ█ Mմհαตตαdզօdíɾ █ঠঅ┄
Savolim bor edi kirish ballari oʻtgan yiligi bilan bir xil boʻlsa savvolar soni kamaygan boʻlsa bu yil pasayadimi
Savollar soni kamaygan lekin ballini yuqori qo'ygan shu bilan o'tgan yilgi ballga teng bo'ltapti.Farq o'tgan yili 2 ta fandan shuncha o'tish ball bu yil 5 ta fandan shuncha ball
Loiq Vahobov
Savollar sotilyapti Yangi o'zbekistonda sotilmagan nma qoldi?
Катда сотилвотди курдизми ёки шунчаки гапирвос
Assalomu akaykum Xushnudbek aka bugun va ertaga bukib utadigan pvpzli chatni audiosini kanalga ham tashlasangiz juda zur bulasdi chunki bu ovozli chatga qatnashlmaydiganlar ham mavjud shularni hisobga olsangiz oldindan raxmat
Show next 100 comments