Абитуриентлар учун тест синовларидан олдин овозли чат марафони

5 августдан юртимиз бўйлаб тест синовларига старт берилади. 1 миллиондан ортиқ абитуриентлар ва уларнинг яқинлари учун ҳаяжонли дамлар бошланади.

Жараёнлар бутун миллат келажаги учун муҳимлигини ҳисобга олиб, абитуриентларга мотивация ва руҳий далда бериш, тажрибали инсонлардан қимматли маслаҳатлар улашиш мақсадида 3-4 август кунлари каналимиз орқали овозли чат марафони ташкил қиляпмиз.

Марафонда иштирок этувчи спикерлар:

Шерзод Асадов – Президент Администрацияси раҳбарининг ўринбосари - Президент Матбуот котиби;

Абдуқодир Тошқулов – олий ва ўрта махсус таълими вазири;

Шерзод Шерматов – халқ таълими вазири;

Эркинжон Турдимов – Самарқанд вилояти ҳокими;

Алишер Саъдуллаев – Ёшлар ишлари агентлиги директори.

Бугун - 3 август кечки пайт Абдуқодир Тошқулов ҳамда Алишер Саъдуллаев билан, эртага – 4 августда эса қолган спикерларимиз билан суҳбат қиламиз.

Вақти ҳақида қўшимча маълум қиламиз. Бизни кузатишда давом этинг.


👉 @xushnudbek 👈

205 comments

Show 29 more comments
Xammaga omad
Juda yaxshi loyiha, ishlarinizga omad!
Ta'lim tizimini yaxshilash uchun bir nechta takliflarim bor edi, malakali kadrlarni anchayin ko'payishiga va ta'limdagi korrupsiyani ancha kamayishiga imkon yaratib berardi.
Qancha vaqtda ball qanchadan sōng mandad chiqadi
Ataxadjayev Sobir
Assalomu alaykum. Meni rafiqam institutga hujjat topshirgan edi. Emizikli bolasi borligi uchun kovidga qarshi emlanmadi. Hozirda abiturentlardan 063 forma talab qilinayotganligi rostmi. Emlanmagan abiturentlar test sinovlariga qo'yilmasligi rostmi. Agar shunday bo'lsa emizikli bolasi bor abiturentlar, emlanish mumkin bo'lmagan abiturentlar nima qiladi. Agar imtixonga qo'yilmasa to'lagan pullari qaytarib beriladimi
Ikromova Sayyora
┄অঠ█ Mմհαตตαdզօdíɾ █ঠঅ┄
Savolim bor edi kirish ballari oʻtgan yiligi bilan bir xil boʻlsa savvolar soni kamaygan boʻlsa bu yil pasayadimi
Savollar soni kamaygan lekin ballini yuqori qo'ygan shu bilan o'tgan yilgi ballga teng bo'ltapti.Farq o'tgan yili 2 ta fandan shuncha o'tish ball bu yil 5 ta fandan shuncha ball
Loiq Vahobov
Savollar sotilyapti Yangi o'zbekistonda sotilmagan nma qoldi?
Катда сотилвотди курдизми ёки шунчаки гапирвос
Assalomu akaykum Xushnudbek aka bugun va ertaga bukib utadigan pvpzli chatni audiosini kanalga ham tashlasangiz juda zur bulasdi chunki bu ovozli chatga qatnashlmaydiganlar ham mavjud shularni hisobga olsangiz oldindan raxmat
𝓩 𝓲 𝓵 𝓸 𝓵 𝓪
Ofarin,tinib-tinchimas Xushnudbek!
Ассалому алайкум хурматли Хушнудбек ака тогри саволим мавзудан ташкари 2та техникумга топширсам буладими
Assalomu akaykum Xushnudbek aka bugun va ertaga bukib utadigan pvpzli chatni audiosini kanalga ham tashlasangiz juda zur bulasdi chunki bu ovozli chatga qatnashlmaydiganlar ham mavjud shularni hisobga olsangiz oldindan raxmat
Ассалому алайкум. Республикамиз буйлаб ташкил этилган ТЕХНИКУМларнинг кабул жараёнлари такдири нима булади. Кабул жараёнлари бошланишига хам 7 кун колди. ЛЕКИН кабул параметрлари тасдикланмаган.
ASSALOMU ALAYKUM, XUSHNUDBEK AKA, XORIJIY DAVLATLARDAN OʻQISHNI KOʻCHIRISH BOʻYICHA TIBBIYOT UCHUN OʻTISH BALLARI QACHON EʼLON QILINADI? HECH QAYERDAN TOPA OLMAYABMIZ! SSV VAZIRI BILAN HAM OVOZLI CHAT OʻTKAZING! ILTIMOS...🤦🏻‍♂️
Toshkent Termiz muammosi qachon hal bo'ladi anniq kunini aytilar rahmat oldindan
Ассалому алайкум. Республикамиз буйлаб ташкил этилган ТЕХНИКУМларнинг кабул жараёнлари такдири нима булади. Кабул жараёнлари бошланишига хам 7 кун колди. ЛЕКИН кабул параметрлари тасдикланмаган.
Maraafon foyda bermaydi. Butun sistemani òzgartirsh kerak
Assalomu alaykum bazi oliygohlarda magistratura imtihonlari yozma ko'rinishda bo'lyabdi, ularni baholash tartibi qanaqa bo'ladi test bo'lganda tushunarli yechiladi kampyuterda srazi javobi chiqadi, yozmaning shaffofligi qanday ta'minlanadi
Show next 100 comments