Шавкат Мирзиёевдан иқтибос:

«Бизда 1-курсда умумий фанлар ўқитилиб, мактаб дастури қайтарилади. Ёшлар бир йил умрини йўқотиб, қизиқиши сўниб ҳам қолади. Ривожланган давлатларда бундай эмас, биринчи йилдан мутахассислик фанларига ўтиб, амалиётга муҳим ўрин берилади. Натижадаги фарқни ҳаёт кўрсатиб турибди», - деди давлатимиз раҳбари.

Мутасаддиларга Жанубий Корея университетларидаги ўқув дастурлари ва соатларини ўрганиб, мамлакатимиз олий таълим тизимини қайта кўриб чиқиш, талабаларни амалиётга максимал йўналтириш бўйича кўрсатмалар берилди.


👉 @xushnudbek 👈

470 comments

Show 51 more comments
Hadeb aniq fanlarga yangi universitetlar ochmasdan gumanitar fanlar uchun ham yangi universitetlar ochilsin.Masalam huquq sohasida.Birorta chet el fililali yoq.Axir davlatni kelajagi uchun ham bu mutaxasisliklar zarurku
✅✅👍
Bu fikr bizga bir necha yil oldin kelishi kerek mayli baribir juda togri
Afsus 1 kursni tugatib buldim 😂🤦‍♀️
🌼Kumush
Hilola
Va nihoyatXudoga shukr ancha kutdim shunday bo"lishini
Man ham ancha kutim hato insitutimiz rektiriga ham shunaqa murojat bilan chiqandim
Muhammad Yodgor
Assalomu aleykum. Albatta juda ham to'g'ri fikr. Biz ham oquv dargohlarida o'qiganimizda birinchi kursda judayam zerikkanmiz. Misol uchun man ingliz tili sohasi boyicha o'qiganman. Asosiy fanlarimiz qolib nomutaxassis fanlarni ham o'qishga majbur bo'lganmiz. Shu yili katta o'g'lim oliy ta'lim muassasasiga hujjat topshirishi kerak. Lekin u ham o'zimga o'xshab o'qishdan ko'ngli qolmasmikin degan hadigim bor. Albatta katta o'zgarishlar oldinda. Yaxshi niyatlar bilan kutyapmiz
Odamlarni miyasi shu axmoqona tizimga moslashib qoldi. Endi yangilik qilingan bilan uni qabul qilishga ham ancha yillar ketadi
Муҳаммад Юсуф
Кеч бўлсада англаб етилган хақиқат. Ишқилиб мана шу йўлдан адаштирмасинда
Maktablardan boshlash kerak. 10-11 sinfdan faqat o‘zi yoqtirgan 4-5 ta fanni o‘tishi kerak
Bu gapga qo'shilaman ToshMIda ham shunaqa fanlar aslida esa odam hayoti muhim
To‘ppa to‘g‘ri...
Yaxshi ko'tarilgan muammo. Masalam men o'zim bu yil talaba bo'ldim. Hozirda Toshkent davlat texnika universitetining 1-kurs talabasiman. To'g'risi 100 ball talab qiladigan yo'nalishga 150 ball yig'ib kirdim. Bunga sabab sohaga bo'lgan kuchli qiziqishim edi. Amma naiki ko'z bilan ko'rayki men o'z soham bo'yicha hozirgacha 1 ta fan o'tdim. U ham o'z mutaxasisligimga kirish bo'yicha. 1-kursga tegishli 16-17 ta fandan faqat 1 ta. Bu meni qiziqishlarimni super darajada kamaytirib ulgurdi.
Nazariyadir 1 pul oʻquvchi, amaliyot hayot maktabi.
Ajoyib qaror 👍
Университга кирганимизда жадвал бўйича биринчи фан Инглиз тили эди. Бир қарасам To be феълини ўтяпти домла. Вахоланки, инглиз тилидан имтиҳон топшириб кирганмиз))
Qisqa muddatda kòrib chiqilib, tez fursatlarda xulosa berilib, òzimizni sharoitimizga moslashtirib, darhol joriy qilib yuboramiz deb umid qilaman, shu mavzuda tayyorlangan olam olam kòrsatuvlarni kòrishga tayyorlanyapman😂😂😂😂
Assalomu aleykum. Bizdagi amaliyotam faqat qogʻozbozlikdan iboratku. Amaliyotda qaysidir maktabga boramizda bir soat orqada oʻtirib yigirma listli narsa toʻldiramiz oʻsha dars haqida. Shumi amaliyot
Bizni irrigatsiya institutida oliy matematika fani shunchalik kop otiladi manimcha milliy unversitetdagi oliy matematika yunalishidagilarga ham buncha kop otilmasa kerak.
Abdug‘ani Jo‘rayev
Bo‘lar ekanku Prezidentimiz e‘tibor bermaguncha na oliy ta‘lim, na deputatlar ko‘tardi bu masalani
Aslida rivojlangan davlatlarda kadrni o‘qitishda talab va taklifni ish beruvchi qo‘yadi bizda esa ish beruvchilar korrupsiya botqog‘ida
👍 мутахасислигимиз буйича Кераксиз болган фанларни куп укитиш,ерталаб бошланган укув вакти соат абетги 2,3 гача давом етиш(бахор ва йоз ойлари анча кийн бизга) талабалар еса доимгидек "БАХО ОЛИШ УЧУН" укиши шу каби холатларни узгартириш керак менимча ! Бахо олиб семестрни йопиш учун,курсдан курсга утиш учунгина укип куйайапмиз микан деп уйланиб коламиз...
U.S. Muminov
Intensiv boģlarga sarimsoq ekishni, karantin hududlarini qanday toifalashni endi bulsa oliy talim sohasida ham kamchilikni PREZIDENT aytib yursa, unda shuuuuuuncha chinovniglar nima qilib yuribti. Prezident gapiradi, yonida turib bloknotga yozib turishadi.🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️ minney qarasam mandan ham chinovnik chiqar ekan
Show next 100 comments