Шавкат Мирзиёевдан иқтибос:

«Бизда 1-курсда умумий фанлар ўқитилиб, мактаб дастури қайтарилади. Ёшлар бир йил умрини йўқотиб, қизиқиши сўниб ҳам қолади. Ривожланган давлатларда бундай эмас, биринчи йилдан мутахассислик фанларига ўтиб, амалиётга муҳим ўрин берилади. Натижадаги фарқни ҳаёт кўрсатиб турибди», - деди давлатимиз раҳбари.

Мутасаддиларга Жанубий Корея университетларидаги ўқув дастурлари ва соатларини ўрганиб, мамлакатимиз олий таълим тизимини қайта кўриб чиқиш, талабаларни амалиётга максимал йўналтириш бўйича кўрсатмалар берилди.


👉 @xushnudbek 👈

470 comments

Show 60 more comments
Maktablardan boshlash kerak. 10-11 sinfdan faqat o‘zi yoqtirgan 4-5 ta fanni o‘tishi kerak
Bu gapga qo'shilaman ToshMIda ham shunaqa fanlar aslida esa odam hayoti muhim
To‘ppa to‘g‘ri...
Yaxshi ko'tarilgan muammo. Masalam men o'zim bu yil talaba bo'ldim. Hozirda Toshkent davlat texnika universitetining 1-kurs talabasiman. To'g'risi 100 ball talab qiladigan yo'nalishga 150 ball yig'ib kirdim. Bunga sabab sohaga bo'lgan kuchli qiziqishim edi. Amma naiki ko'z bilan ko'rayki men o'z soham bo'yicha hozirgacha 1 ta fan o'tdim. U ham o'z mutaxasisligimga kirish bo'yicha. 1-kursga tegishli 16-17 ta fandan faqat 1 ta. Bu meni qiziqishlarimni super darajada kamaytirib ulgurdi.
Nazariyadir 1 pul oʻquvchi, amaliyot hayot maktabi.
Ajoyib qaror 👍
Университга кирганимизда жадвал бўйича биринчи фан Инглиз тили эди. Бир қарасам To be феълини ўтяпти домла. Вахоланки, инглиз тилидан имтиҳон топшириб кирганмиз))
Qisqa muddatda kòrib chiqilib, tez fursatlarda xulosa berilib, òzimizni sharoitimizga moslashtirib, darhol joriy qilib yuboramiz deb umid qilaman, shu mavzuda tayyorlangan olam olam kòrsatuvlarni kòrishga tayyorlanyapman😂😂😂😂
Assalomu aleykum. Bizdagi amaliyotam faqat qogʻozbozlikdan iboratku. Amaliyotda qaysidir maktabga boramizda bir soat orqada oʻtirib yigirma listli narsa toʻldiramiz oʻsha dars haqida. Shumi amaliyot
Bizni irrigatsiya institutida oliy matematika fani shunchalik kop otiladi manimcha milliy unversitetdagi oliy matematika yunalishidagilarga ham buncha kop otilmasa kerak.
Abdug‘ani Jo‘rayev
Bo‘lar ekanku Prezidentimiz e‘tibor bermaguncha na oliy ta‘lim, na deputatlar ko‘tardi bu masalani
Aslida rivojlangan davlatlarda kadrni o‘qitishda talab va taklifni ish beruvchi qo‘yadi bizda esa ish beruvchilar korrupsiya botqog‘ida
👍 мутахасислигимиз буйича Кераксиз болган фанларни куп укитиш,ерталаб бошланган укув вакти соат абетги 2,3 гача давом етиш(бахор ва йоз ойлари анча кийн бизга) талабалар еса доимгидек "БАХО ОЛИШ УЧУН" укиши шу каби холатларни узгартириш керак менимча ! Бахо олиб семестрни йопиш учун,курсдан курсга утиш учунгина укип куйайапмиз микан деп уйланиб коламиз...
U.S. Muminov
Intensiv boģlarga sarimsoq ekishni, karantin hududlarini qanday toifalashni endi bulsa oliy talim sohasida ham kamchilikni PREZIDENT aytib yursa, unda shuuuuuuncha chinovniglar nima qilib yuribti. Prezident gapiradi, yonida turib bloknotga yozib turishadi.🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️ minney qarasam mandan ham chinovnik chiqar ekan
GULZODA ESHQULOVA
Shunday prezidentimiz boraa👍👍👍
Gaplari 100% tugri.
Endi eskilik sarqitidan voz kechish payti keldi.
5 йил аввалам шунақа эсанкираш бўлганда Сеул Миллий университетини ўқув дастурларини ўрганиб чиқиб кераклиларини аллақачон таълимга жорий қилганмиз. Битта давлатни ўзимизга эталон қилиб олишимиз нотўғри менимча. таълимда ўзгариш қилиш учун таълим тизими раҳбарларни дунёқарашини, иш услубини ўзгартириш керак. Ўрта аср феодалларига хос иш тутишади. Ўзлари феод хўжайини ҳамма нарса уники, крепостной устидан ҳам ўзи ҳукм чиқаради. эртадан ажиотаж бошланса ҳам ҳайрон бўлмиман.
Афсуски бизда хамма соха сардоба сув омбори..... халк талими, Олий талим, спорт, хаммаси козбаямачилик... Айб хаммамизда
Bu narsalarni ko'rmaslik ucun insonni ko'zi ko'r bo'lishi kerak,vazirlarni ko'zi...
Yaxshi taklif biz nazariyadan koʻproʻq amaliy ishlar bn shugʻullansak tajriba va bilim darajamiz oshadi...
Muxlisbek
Juda zur taklif. Nixoyat biz erisha olmagan imkoniyatlarga bizdan keyingi avlod erishmoqda👍
Zo'r fikr..! 11 yil o'qiganini amalyotda qo'llasa ko'proq natija bo'lardi manimcha..!
Akmal Farmonov
Жон деб бошқатдан ўқирдик
Show next 100 comments