Шавкат Мирзиёевдан иқтибос:

«Бизда 1-курсда умумий фанлар ўқитилиб, мактаб дастури қайтарилади. Ёшлар бир йил умрини йўқотиб, қизиқиши сўниб ҳам қолади. Ривожланган давлатларда бундай эмас, биринчи йилдан мутахассислик фанларига ўтиб, амалиётга муҳим ўрин берилади. Натижадаги фарқни ҳаёт кўрсатиб турибди», - деди давлатимиз раҳбари.

Мутасаддиларга Жанубий Корея университетларидаги ўқув дастурлари ва соатларини ўрганиб, мамлакатимиз олий таълим тизимини қайта кўриб чиқиш, талабаларни амалиётга максимал йўналтириш бўйича кўрсатмалар берилди.


👉 @xushnudbek 👈

470 comments

Show 100 more comments
Nigora Khoshimova 8T
Ne ne orzu umidlar bilan uyquimni halovatimni yo'qotib universitetga kirsam, hamma fanlar o'ta elementar mavzularni dars qilib berishardi. To'g'risi universitetga kirish uchun ketgan mehnatimga achinib, depressiyaga tushganman (maqsadlarim umuman sarob bo'lib chiqqan edi). Qanchadan qancha o'qiyman deb yonib turgan yoshlarni universitet butunlay keraksiz fanlarga yo'naltirib qo'yayapti.Talabalar amaliyot u yoqda tursin, mutaxassislik fanlarini o'qishlikka vaqt yetmas darajada mutaxassisligimiz hisoblanmagan darslarga ko'mib tashlashgani hammasidan ko'proq alam qilardi (sohamizni mustaqil ravishda o'rganishga vaqt ajratishni hayolimizga ham keltira olmasdik).
Little Prince
Rivojlangan davlatlarda kirish imtihonlarimas òqitish sifati kuchli. Shunisi bilan ham bizdan farq qiladi. Bizda kirib olguncha hammasi. Bitirish esa hamma biladi 70-80% pul bilan boladi. Bunaqa talim sohasi bilan hali-beri dunyo bilan raqobatlasha olmasak kerak
Bu xabarni o'qib judayam xursand bo'ldim. 1-kursda Boshqa fanlarni ham o'tgandik, ammo ularni o'rniga mutaxasislik fanlarga vaqtimizni sarflasak vaqtimiz behuda ketmasdi. Amaliyot darslarni anchagina ko'paytirish, domlalarga ham talabalarga ham yaxshi natija bo'lardi. 👏
Dilmurodbek SOTVOLDIYEV
Kerakmas tizim ...kerakmas fanlar ....kerakmas sessiyalarda....kerakli millionlar....keraksiz o'qituvchilarga kerakli "hadya va in'omlar".......😏😏😏 ta'lim tizimimiz jarga qulab bo'lgan
Gulnoza Shodmonova
Mavzudan chiqib ketdiz anchagina...
Biz bitiryapmiz lekin, o'z mutahasisligimiz bo'yicha 30 talabadan atiga 3 kishi o'z soxamizni nisbatan tushunib ishga joylashyapmiz, qolganlar quruq diplom bilan ketishyapti. Aslida bizlar(Arxitektorlar)ga falsafadan ko'ra loyihalash fanini qo'yganlarida Turkiyadan Arxitektor chaqirib binolar loyihasini ularga berishga hojat qolmasdi!!!
Juda tori mavzuni ko'taribdi Prezidentimiz.
Dilmurodbek SOTVOLDIYEV
Hamma o'zi o'qiyotgan o'tloqzorini ajratib aytsa......bizda hammasi zo'r va job joyida.....ana muammo ham hal bo'ldi😂
Har kim o'zi orzu qilgan joyga o'qishga kiradi qarasa maktab ta'limi umuman aloqasi bo'lmagan fanlar o'qitiladi shundan keyin o'qishdan sovub poraxo'rlik avj oladi 4-kurslarga kelib mutaxassis fanlar o'qitila boshlanganda esa talaba "tayyor" bo'lib qolgan bo'ladi ya'ni hech narsaga xafsala qilmaydigan bo'lib qoladi
Aᴢɪᴍ Mᴇʟɪʙᴏʏᴇᴠ
Qisqasi oliy talim tizimiga Kotta 2 BAHO
Aᴢɪᴍ Mᴇʟɪʙᴏʏᴇᴠ
Aᴢɪᴍ Mᴇʟɪʙᴏʏᴇᴠ
Qisqasi oliy talim tizimiga Kotta 2 BAHO
Sababi Yaqin 2 yillarda sal jonlangandek boldi Undan oldingi yillar juda kop bilimli talabalar oqiwga kirolme Taksist quruvchi va traktorchi bop ketti essiz ...
Nega faqat kamchiliklarni yurtboshimiz kòradi a qolgan mas'ul amaldorlar nima qiladi?? 🤦🏼‍♂️
Shu fikrlarni eshitish va amalda qullash uchun bizaga 30 yil kerak buldimi, Juda Afsuslanaman Hamma muammolarni nimada ekanligini biladi, Lekin buni Prezidentimiz aytgandan keyingina etibor qaratadii✍️ Muammolarni asl ildizlari 30 yil Rivojlanmagan Oliy Taʼlimda...
Bobur @ Bilol
T6ri astoydil o'qishi hohlaganla bilimi borla chekkada qob ketadi moliyaviy ahvoli yahwimasligi un oliy talim tugul ish joylaridayam shu ahvolku epini qiganga 1 stavka ish aqllilaga 0.25
Show next 100 comments