Шавкат Мирзиёевдан иқтибос:
«
Бизда 1-курсда умумий фанлар ўқитилиб, мактаб дастури қайтарилади. Ёшлар бир йил умрини йўқотиб, қизиқиши сўниб ҳам қолади. Ривожланган давлатларда бундай эмас, биринчи йилдан мутахассислик фанларига ўтиб, амалиётга муҳим ўрин берилади. Натижадаги фарқни ҳаёт кўрсатиб турибди», - деди давлатимиз раҳбари.
Мутасаддиларга Жанубий Корея университетларидаги ўқув дастурлари ва соатларини ўрганиб, мамлакатимиз олий таълим тизимини қайта кўриб чиқиш, талабаларни амалиётга максимал йўналтириш бўйича кўрсатмалар берилди.
👉 @xushnudbek 👈
Bitta narsani tushunmayapman! To'g'ri yozish, o'z fikrini o'zbek tilida to'g'ri ifodalash uchun maktabda o'qitilgan til va adabiyotga oid darslar yetarli emasmi? Qolaversa, OTM ga kirish imtihonida ham bu fanlar bor! Agar yetarli bo'lmasa, demak maktablarda yaxshiroq o'qitilishini ta'minlash mantiqan to'gri bo'lmaydimi?
Ushbu yangilik videosida bu "innovatsiya"ni asoslash uchun aytilgan fikrlar ham tushunarsiz! Fan bu g'oya, tajriba, hisob-kitob va buning asosida qilingan xulosa emasmi? Terminologiyani rivojlantirishimiz hech nima bermaydi!? Agar bir nima berganida bizdagi pedagogika fani rivojlanardi, bugungi kulgili holatga kelib qolmasdi. Ikkinchidan, har qalay bu (aniq, tabiiy, texnik) fanlar xalqaro fanlar. Butun dunyoda qabul qilingan terminologiyadan foydalanilishi tabiiy holat. Masalan, tibbiyot sohasida ko'p terminlar lotin tilidan olingan!
Oliy ta'limga (tegishli soha mutaxassilari fikri atroflicha o'rganilmasdan) bunday mafkuraviy aralashuvlar ta'limning, ilm-fanning rivojlanishiga olib kelishiga ishonmayman. Teskarisi bo'lishi ehtimoli ancha ko'proq! Bu mening fikrim! Aksariyat aniq, tabiiy, texnika fanlari mutaxassilari ham shunday fikrda deb o'ylayman!
P.S. Men bu bilan davlat siyosatiga yoki tilimizning mavqesini oshirishga qarshiman demayapman. Ixtiyoriy ta'lim turi hisoblangan Oliy Ta'limda mutaxassilikkka aloqador bo'lmagan "Majburiy dars(fan)" qo'yib, "majburiy o'qitish" amaliyotiga qarshiligimni bildirdim xolos!
https://www.facebook.com/mvsso/videos/337005537288010/