This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги бошқарма бошлиғи Абдували Холиқов кредит-модуль тизими ҳақида айрим маълумотларни бериб ўтди.

➖ 2020/21 ўқув йилидан 46 та ОТМда бу тизим жорий этилди ва босқичма-босқич кенгайиб боради;

➖ Ўқув ҳафталари қисқарди. Илгари ўқув ҳафталари 38-40 ҳафта бўларди, ҳозир эса 36 ҳафтага туширилди. Шундан 30 ҳафтаси бевосита дарс бўладиган академ ўқув ҳафтаси ҳисобланади. Бундан келиб чиқадики, талабаларнинг академ ўқув йили 10 ойдан 7,5-8 ойга туширилди;

➖ Бир семестр 18 ҳафтадан иборат бўлади, талаба шундан 15 ҳафтасида ўқийди. Қолган 3 ҳафтанинг 1 ҳафтаси янги фанлар ва профессор-ўқитувчиларни танлашга бағишланса, 2 ҳафтаси аввалги қарзларни ёпишга бағишланади. Шу 3 ҳафта ўтгач, дарслар бошланади;

➖ Учинчи (ёзги) семестр ҳам киритилди. Бу қарздор талабаларни қайта ўзлаштиришига бағишланган семестр. Бунда талабалар кредит сотиб олиш учун қўшимча маблағ тўлайди ва қарзларини топширади. Таътил пайти ишга жалб қилингани учун, ўқитувчиларга алоҳида ҳақ тўланади.


👉 @xushnudbek 👈

304 comments

Show 30 more comments
Universe
Ha maylida omad shou boshga tushganini ko'z ko'rar
Elbek Bozorov
Endi ham domlaga, ham 3-semestr (yozgi) ga pul to'laydida bechora talabalar!
bekor gap to'lamasin o'qisin ayb o'zida ilgari domla baribir qo'yib beramanu der edi endi u ham manfaatdor zo'r bo'libdi
O‘chirilgan hisob
Budjetda o‘qiydan talaba,masalan 1 ta fandan qarzdor bo‘ldi,qolgan fanlari 4-5 baho stipendiya oladimi yo‘qmi? yozgi semestrda qayta topshiradi deyishyapti????
Samandarova Gulnoz
Masalan bitta fanni yopolmadi deylik umumiy so‘mma to‘lanadimi yoki o‘tilgan har bir soat dars uchunmi
1 kredit degani kontraktni 60 ga boʻlsa chiqadi. Men TATU UF da oʻqiyman. Bizda 1 kredit ≈120 000 soʻm. Bir fan 6 kredit boʻlsa. 720 000 soʻm toʻlanadi shu fanga
Yil 12 oy o'qish qilsalar, keyin shu talabalarning 4 yildan keyingi ahvolini ko'rasizlar.......
Abdullayev Shaxboz Fozil o‘g‘li
Domlalarni tanlash jarayonini tasavvur qilyabman. Biror bir o'qituvchini hech kim tanlamasa u ishdan ketarmikan?
Samandarova Gulnoz
Masalan bitta fanni yopolmadi deylik umumiy so‘mma to‘lanadimi yoki o‘tilgan har bir soat dars uchunmi
Misol uchun calculus degan fan otganmiz 8 kredit. Bir kredit 110000 some edi shunda bitta calculus fanidan qayta oqish 880000 ha Tushar edi. Bizda bollar oqigan bitta fanga qoshimcha shuncha pul tolab
Sirojiddin
Men ham 2 ta fanda qarz buldim qancha tularkanman
Nma keregi bor hozrgi sharoitga . Agar wunaqa bogan taqdrdayam domlala hammasi soqqa qladi poraxorlini kucaytiradi holos . 20 % oqtuvcila qonun iwlasa qogan 80 % soqqa qladi .
《G.Qodirova》
Agar o'qituvchilar talaba bilimini xolis baholasa bu yaxshi tizim,lekin adolatli baholanmasa talabalarga yana qiyin bo'ladi.Ustozlarga insof bersin!
Малохат Раимова
Бу факат оддий Халк бечора талабалардан пул ундиришни Яна Бир йулини уйлашибти коил!
Bu tizimni mohiyatini ustozlarimiz bizga yaxshiroq tushuntirishini hohlardim. O'qituvchilar ham bu tizimdan oqilona foydalanishini xohlar edim
Show next 100 comments