Маданиятли ҳайдовчилар кўпайиши ва йўлларда автоҳалокатлар камайишига тилакдошман.

Аммо бу ўз-ўзидан бўлиб қолмайдику, тўғрими?

Йўлларда ўлимлар сонини камайтириш учун нималар қилишимиз керак? Сизнинг фикрингиз ва амалий таклифларингиз бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

303 comments

Show 31 more comments
Вохиджон
Автомактабларда хар кунги дарс жараёнини онлайн назорат ,имтихон хам онлайн ва хар бир хайдовчиларни хеч булмаганда беш йилда бир маротаба кайта имтихон, корхона автомобили хайдовчилари нима учун кайта малака оширадилар, йуллардаги коидаларни улар 👍 билишадими. Статистика буйича юридик хайдовчилар ЙТХ менимча хам кам. Кайта укитиш керак. Хаммани коррупциясиз.
Piyodalar o'tish yo'lakchalariga kameralar o'rnatish kerak va piyodalarga yo'l bormagan haydovchilarga online jarima yuborilishi kerak DAN hodimi tursa to'xtab kerak bo'lsa '' moshinadan tushib turishadi'' boshqa payt aksi qo'shimcha qilmoqchiman hamma haydovchilar emas insofli tarbiyali harakat ishtirokchilari ham bor !
Xushnudbek Aka bu savolga javob berish qiyin lekin harakat qilaman, haydovchilarni e'tiroziga qaramay radarlarni ko‘p qilish kerak hadeb jarima pulini to‘lash joniga tekkanidan sekin yuradi va natijada avtohalokatlar kamayadi yoki to‘xtaydi. ( Bu mening shaxsiy fikrim) kimga qanaqa 😉
Ассалому алайкум, авволо йўллар сифатини яхшилаш керак,бутун дунёда тирбандликни олдини олиш учун ЯНГИ йўналишли йўллар очишга харакат қилинаётган даврда бизни йўлсозларимиз тайёр йўлларни сифатини таъминлашни эплолмаяпти.Йўналишларда қанча тирбандлик кўпайса риск ортиб бораверади.
Серқатнов йўлларга Тезликни чекловчи белги ёки камералар қўйиш ечим эмас.
Шахарлараро йўналишлар учун алохида тез харакатланиш имконини берувчи пуллик йўллар ишлаб чиқиш керак.
Guvohnoma beruvchi o'quv markazlarni madanyatli haydovchilikga tarbiyalash uchun sifatli talim kerag . Men eshitganman o'qimay HG olganlarni .
Taklif IT orqali yo'l qoidalarni o'qib aytib boruvchi IA (sunniy intelektlar) yasasa bo'ladi buni oddiy telfonga òrantish orqali yo'l bo'ylab sizga aytib boradi .
O'glim Erkatoyim
Маданиятли хайдовчи бўлиш учун авволо инсон ўзини, ота-онаси, оиласини хурмат қилишни билиш керак. Кейин бошқаларни хурмат қилишни билади. Айрим хайдовчилар бу ишни умуман билмиди. Йўл қоидасику айтмай қўяверсам бўлади. Амал қилмиди. Амал қилиш учун хайдовчилик гувохномаси олишдан олдин имтихон кучли бўлиш керак, кўчадан келганларга бермаслик керак.
Moshinalarni tezligini pasaytirib chiqarsa bo'lmaydimi, shuni ham ko'tarib chiqingda yoki past tezlikli elektromobillar ishlab chiqarishnimi
Матлуба Бадридиновна
Хайдовчиларни укитадиган устозлар ва хайдовчилар йул харакати коидаларини бузмаслик учун касамед укишлари шарт
Maktab darsliklaridagi yo'l harakati qoidalariga jiddiy etibor berish kerak, pravani online imtixondan otolmaganlarga bermaslik va prava berishda odam faktorini yoqotish kerak va qoidalar faqat haydovchilarga emas fuqarolarning hammasi birdey tasir qilishi kerak yani piyodalar ham jarima tolashi kerak xavfli harkati uchun.
Ассаломалекум. Халокатларни хусусан инсон ўлими билан якун топиши мумкин бўлган халокатларнинг асосий сабаби бу тезликни ошириш. Халқаро ахамиятга эга юлларимизда тезликни назорат қилишни кучайтириш керак. Керак бўлса ички кўчаларда хам тезликни назорат қилиш керак. Қолаверса бошқа давлатлар амалиётидан хам фойдаланиш керак керак бўлса. Дубайда бўлгани каби хайдовчига йиллик балл тақдим этиб жарималари учун шу балдан айириб бориш керак. Бали тугуган хайдовчини йил якунигача хайдовчиликдан махрум қилиш керак. Шунда жаримадан ташқари ўз балли учун хам сал эхтиёткор бўлишса ажаб эмас...
1,2,3,4,5,6...-навбатда ЙЎЛ ҚУРИШ КЕРАК!!!
Assalomu alaykum. Menimcha axoli ko'p va aholi bor joylarga avtomobil tezligini qat'iy qilib belgilash kerak va rioya qilinmasa jarima joriy qilish kerak deb o'ylayman. Yana yo'lovchilar uchun ham qandaydir chora ko'rilishi kerak. Masalan Feansiyada zebra chizig'idan boshqa hech joydan yo'lni kesib o'tmaydi. Agar moshina uuzoqda bo'lsa ham o'tib ketavermaydi yo'ldan. Qachonki svetovor ruxsat bersagina piyodalar harakatlanishi mumkin ekan. Bo'lmasa jarima va qamoq jazolari bor ekan. Bizda ham shu narsalarni joriy qilsa yaxshi bo'lardi. Haydovchi uchun ham, yo'lovchi uchun ham qat'iy qonun qoidalar joriy qilinishi kerak deb o'ylayman.
1-O'RINDA sharoitti yaratish kere.
ㅤㅤㅤ
Masalan: Universtitet atrofida Parkovka yo'q yo'lli chetida zapreshon qo'yilgan. Talaba qoida buzmasdan iloji yo'q. Bunday holatlar ko'pgina ishxona lar atrofida ham kuzatiladi.

2-O'rinda yo'llarni sifatiga e'tibor berish kere. Biz soliq to'laymizku benzinni narxiga qo'shilganku. Toshkenda sal pal yaxshiroq tash oblastda ancha yomon
3-O'RINDA prava berishda korrupsiyani yo'q qilish kere
Piyodalarni yo'ldan kesib o'tish madaniyatini, ilm-saviyasini oshirish kerak. Keyn ayol haydovchilarni xar 6 oyda imtixon qib turish kerak, bu asabni asrashga yordam buladi.
🤔 Tito.
Assalomu aleykum xurmatli Xushnutbek sizni doim kuzatib boraman birinchi navbatda xaydovchilik guvoxnomasini olishga etibor qaratish kerak odamlarni xuquqiy ongini oshirish kerak keyin jarima xammaga bir xil bo‘lish kerak
Ассалому алайкум.

Иш вақтида режим таъминланиши шарт. Вақтида иш, вақтида дам олиш бўлса бу ҳам ЙТҲлар олдини олишга хизмат қилади
Siroj
Assalomu alaykum. haydovchilik guvohnomasini olish uchun test jarayonlarini televizorda online ko'rsatish kerak. yoki alohida telekanal joriy etish kerak. shu kanal orqali hamma viloyatlardagi test jarayonini hamma ko'rishi kerak shunda tanish bilishchilik, korrupsiya yo'qoladi.
Makhmudov🕌
Chorraxalarda svetoforni chiroqlar yonishini òzgartirish kere. Yashil sariq bolib qizilga òtganda. Narigi tarafniki qizildan sariqqa òtish kere.
1. Prava olishdagi korrupsion holatlarni bartaraf etish kerak.
2. Pravani yangilash muddatida har yangilanganda qayta imtihon topshirish ishini yo'lga qo'yish kerak, asosan yo'l qoidalari va belgilari bo'yicha. Yana bu jarayonni ham soqqa bazm qilib yuborishmasa bo'ldi.
3. Jarimalarni inson hayoti uchun xavf tug'diradigan holatlarga kattaroq belgilash kerak, tanirovka yoki shunga o'xshash narsala uchun emas.
4. Avto maktablarni qatiy nazoratga olish kerak.
қиммат мошина минган акалар мошинани арзонроғини минганларга озроқ хурматни кўпайтирса маданият хам яхшаланарди... менимча
Show next 100 comments