Маданиятли ҳайдовчилар кўпайиши ва йўлларда автоҳалокатлар камайишига тилакдошман.

Аммо бу ўз-ўзидан бўлиб қолмайдику, тўғрими?

Йўлларда ўлимлар сонини камайтириш учун нималар қилишимиз керак? Сизнинг фикрингиз ва амалий таклифларингиз бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

303 comments

Show 100 more comments
Yollarni xususiylashtirish ham kerak
🌍🌹🌹🌹🌍
Пиёдалар уст утиш жойларини купайтириш кк нафакат пойтахт марказларида балким вилоят марказларида хам умуман автомобил юрар йулларда мактабларда купайтириш керак. Светофор чирокларини хам сонияли дакикали урнатиш кк. Аллох барчани узи панохида асрасин йулларда хушерликни оширайлик
Avto maktablarda sifatli oqitish va imtihon haqiqiy bosin
Huddi Germaniyaga óxshab
Баходир Мирзаев
Хамма узини ишини койиллатиб килса олам гулистон!
Шу соха мутасаддилари ва мутахассиларининг зиммасидаги вазифасини бажаришларида улкан муваффакиятлар тилаб коламиз!
Хайдовчи сифатида, доим коидаларга амал килишга харакат киламан. Кулимдан келганча коида бузилишини курганимда кулим билан кайтаришга, имкон колмаса сузим билан кайтаришга, бунга хам имкон тополмасам коидабузарга инсоф тилашга харакат киламан ва хаммага шуни тавсия киламан.
Alisher Abrayqulov
Таклифим, Автомактабларда укишни назоратини кучайтириш, электрон имтихонларни замонавий куринишда булиши таминланса
Bu jazolash bilan hal buladigan masala emas. Avvalo õzimizni keyin birbirimizni hurmat qilishni õrganishimiz kerak. Mashina bu ulov boylik belgisi yoki unvon emas. Unvon deb hisoblashsa faqat õziga foyda manga emas. Xullas farosat bersin hammamizga.
Jarimalarni qiymatini oshirish kk
Ассалому алейкум Хушнидбек ака биринчидан хусусий укув муаассалари яьни автомобиль мактабларини каттик назоратга олиш зарур фукорага пулини олади ю права тугрилаб беради Укиш урганиш йук умуман Йул харакати умр фойдаси яьни рулга утириш тагдиримизни хаетимизни белгилайди
Жамоат транспортини ривожлантириш керак.
The Rech
Assalomu alaykum
Haydovchilarni o'qitish tizimini qayta ishlab chiqish va haydovchilik madaniyatini oshirish kerak.
Alimbayev Farhod
Haydovchilar ongida islomga muhabbatni oshirish garak shunda xammasi yaxshibo‘ladi
Автомактабда сифатли ўқитишни йўлга қўйиш керак,масалан,мен дарсларга тўлиқ қатнашиб,маърузаларни ўқиб,имтиҳонни қийналмасдан топшириб ҳайдовчилик гувоҳномаси олганман,4 йилдан буён бирор марта радарга ҳам ,жаримага ҳам тушмадим.Ҳаммамиз қоидаларга амал қилиб автомобилни бошқарсак,автоҳалокатлар содир бўлмайди.
Assalamu alaykum Xushnudbek aka maktablardagi yetakchilik shtati tugatiladimi. Iltimos aniq bir javob bilib bering.
Assalomu alaykum.
Avvalo, haydovchilik madaniyati maktabdan shakllanishi lozim. Haydovchilik guvohnomasi ma‘lum bir yoshga yetganda avto maktablarga pul to‘lab o‘qishi kerak emas, balki maktabdan yo‘l harakat qoidalari o‘rgatilib fan sifatida, maktabni bitirgan va imtihondan o‘tgan har 1 o‘quvchi guvohnoma bilan chiqishi kerak. Shunda, guvohnoma bo‘lgani holda, xoh avtoulovga ega bo‘lsin, xoh ega bo‘lmasin ular bir-birlarini xurmat qilishni bilishadi. Yo‘lovchiga yo‘l berib turgan haydovchini yo‘lovchi shunda uni ham xurmat qilib (maktabni bitirganda guvohnoma olganda))), tezda o‘tib ketadi yoki aksincha yo‘lovchiga kutib yo‘l berib turadi. Amerika tajribasi.
Ya‘ni bu, insonlarni qoniga, odatiga maktabdanoq bir birlarini xurmat qilish aylanadi.
Hozirda esa, butun 1 qoida bor, ln hech kim amal qilmaydi. Ln maktabdan singdirilsa bu odatga aylanadi, qoida bormi yo‘qmi hamma bir birini xurmat qiladi.
Xuddi bizi fikrimizni kimdir eshitadigandek
Ассалому
алайкум! 1; Содир этилаётган аварияларнинг 
хайдовчиларни  ёшини, качон
хайдовчилик гувохнома олганликларини  тахлил килиш, гувохнома олиш тартибини қайтадан кўриб чиқиш. 2; Сифатлироқ
автомобил ишлаб чиқиришни кўпайтириш. 3; ИИБ ходимларининг хайдовчилар билан муомаласини
яхшилаш; 4; Заправкалар олдида хайдовчилар учун дам олиш жойлари, техник хизмат
кўрсатиш жойлари ва бошқа хизмат турларини учун шароитлар ятатиш.
Assalomu alaykum barcha tumanlarda blok postlar yana ornatilishi haqida eshitdim shu qanchalik togri
Birinchi yoʻllarni sozlash kerak standartlarga javob beradigan qilish kerak. Prava berishda tanish bilishni yoʻqotish, prava beryotganda inson psixologiyasini oʻrganib keyin prava berish kerak oʻzini bosvoganiga. Mashinalarga alkotestr oʻrnatish kerak alkotestr ichmaganini tasdiqlagandan keyin mashina yurushi kerak.
Assalomu aleykum, ham piyodalar ham haydovchilar yo'llarda harakatlanish qonun qoidalarini yaxshi bilishlari kerak. Bir kuni chorraxadan o'tyotganimda 40yoshdan oshganroq opa qizil chiroq yonganda to'xtadi, yashil yonganda bir xilda mashinalar bilan yo'ldan o'tib ketdi, uzoqroqda katta yuk mashinasi bor edi, yaxshiyam ulgurdi. Shu svetaforni ko'p ham yaxshi tushuna olisholmayapti.
Prava olish uchun ochilgan guruhda deyarli yarmi kelmay oldi. Imtihonda faqat 2 o'quvchi o'ta oldi. Juda qiziq, hamma guruhlarda xuddi shunday aynan 1 yoki 2tasi o'tdi, qolganlar 200ming so'mdan kimgadir yig'ib berdik. Bankka esa rasman, kvitansiyasi bilan 30ming atrofida qayta topshirish uchun, yana 30ming atrofida nimagadir davlat hisobiga pul to'ladik. Jami davlatga 50-60ming, kimlarnidir chontagiga 200ming somdan toladik. O'qigan qonun qoidalar boshqa, amalda avtomashinani yaxshi tartibli boshqara olish boshqa masala. O'ylaymanki, summani aniq yozishim biz kabilarga zarar emas, Balki barcha fuqaro va Davlat xizmatidagi hodimlarga birdek foydali bo'ladi. Zero Kishini majburlab olingan har qaday moddiy manbalar olayotganlarga va davlatga hech qanday baxt saodat olib kelmaydi.
Ortiqov Olimjon
Faqat gai xodimlari emas har bir fuqaro bunga qarshi kurashish kerak.meni uyim yonida katta trassa yo'li bor.2 tomonda ham aholi yashaydi.bazida shafyorlar tezligini ko'rib uni bug'ib qo'ygim keladi.elchilik bironta yosh bola chiqib qolsa to'xtata olmaydi moshinasini.radarlarni ayamasdan ko'p qo'yib tashlasin.shuni rascho'tini olib ertaroq yo'lga chiqadigan bo'ladi.mastlikga,tezlikga,chiqindi uloqtirishga jarimani ko'paytirish k k.soyani esa tekin qilishsin.
Show next 100 comments