Маданиятли ҳайдовчилар кўпайиши ва йўлларда автоҳалокатлар камайишига тилакдошман.

Аммо бу ўз-ўзидан бўлиб қолмайдику, тўғрими?

Йўлларда ўлимлар сонини камайтириш учун нималар қилишимиз керак? Сизнинг фикрингиз ва амалий таклифларингиз бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

303 comments

Show 100 more comments
Jarimalarni qiymatini oshirish kk
Ассалому алейкум Хушнидбек ака биринчидан хусусий укув муаассалари яьни автомобиль мактабларини каттик назоратга олиш зарур фукорага пулини олади ю права тугрилаб беради Укиш урганиш йук умуман Йул харакати умр фойдаси яьни рулга утириш тагдиримизни хаетимизни белгилайди
Жамоат транспортини ривожлантириш керак.
The Rech
Assalomu alaykum
Haydovchilarni o'qitish tizimini qayta ishlab chiqish va haydovchilik madaniyatini oshirish kerak.
Alimbayev Farhod
Haydovchilar ongida islomga muhabbatni oshirish garak shunda xammasi yaxshibo‘ladi
Автомактабда сифатли ўқитишни йўлга қўйиш керак,масалан,мен дарсларга тўлиқ қатнашиб,маърузаларни ўқиб,имтиҳонни қийналмасдан топшириб ҳайдовчилик гувоҳномаси олганман,4 йилдан буён бирор марта радарга ҳам ,жаримага ҳам тушмадим.Ҳаммамиз қоидаларга амал қилиб автомобилни бошқарсак,автоҳалокатлар содир бўлмайди.
Assalamu alaykum Xushnudbek aka maktablardagi yetakchilik shtati tugatiladimi. Iltimos aniq bir javob bilib bering.
Assalomu alaykum.
Avvalo, haydovchilik madaniyati maktabdan shakllanishi lozim. Haydovchilik guvohnomasi ma‘lum bir yoshga yetganda avto maktablarga pul to‘lab o‘qishi kerak emas, balki maktabdan yo‘l harakat qoidalari o‘rgatilib fan sifatida, maktabni bitirgan va imtihondan o‘tgan har 1 o‘quvchi guvohnoma bilan chiqishi kerak. Shunda, guvohnoma bo‘lgani holda, xoh avtoulovga ega bo‘lsin, xoh ega bo‘lmasin ular bir-birlarini xurmat qilishni bilishadi. Yo‘lovchiga yo‘l berib turgan haydovchini yo‘lovchi shunda uni ham xurmat qilib (maktabni bitirganda guvohnoma olganda))), tezda o‘tib ketadi yoki aksincha yo‘lovchiga kutib yo‘l berib turadi. Amerika tajribasi.
Ya‘ni bu, insonlarni qoniga, odatiga maktabdanoq bir birlarini xurmat qilish aylanadi.
Hozirda esa, butun 1 qoida bor, ln hech kim amal qilmaydi. Ln maktabdan singdirilsa bu odatga aylanadi, qoida bormi yo‘qmi hamma bir birini xurmat qiladi.
Xuddi bizi fikrimizni kimdir eshitadigandek
Ассалому
алайкум! 1; Содир этилаётган аварияларнинг 
хайдовчиларни  ёшини, качон
хайдовчилик гувохнома олганликларини  тахлил килиш, гувохнома олиш тартибини қайтадан кўриб чиқиш. 2; Сифатлироқ
автомобил ишлаб чиқиришни кўпайтириш. 3; ИИБ ходимларининг хайдовчилар билан муомаласини
яхшилаш; 4; Заправкалар олдида хайдовчилар учун дам олиш жойлари, техник хизмат
кўрсатиш жойлари ва бошқа хизмат турларини учун шароитлар ятатиш.
Assalomu alaykum barcha tumanlarda blok postlar yana ornatilishi haqida eshitdim shu qanchalik togri
Birinchi yoʻllarni sozlash kerak standartlarga javob beradigan qilish kerak. Prava berishda tanish bilishni yoʻqotish, prava beryotganda inson psixologiyasini oʻrganib keyin prava berish kerak oʻzini bosvoganiga. Mashinalarga alkotestr oʻrnatish kerak alkotestr ichmaganini tasdiqlagandan keyin mashina yurushi kerak.
Assalomu aleykum, ham piyodalar ham haydovchilar yo'llarda harakatlanish qonun qoidalarini yaxshi bilishlari kerak. Bir kuni chorraxadan o'tyotganimda 40yoshdan oshganroq opa qizil chiroq yonganda to'xtadi, yashil yonganda bir xilda mashinalar bilan yo'ldan o'tib ketdi, uzoqroqda katta yuk mashinasi bor edi, yaxshiyam ulgurdi. Shu svetaforni ko'p ham yaxshi tushuna olisholmayapti.
Prava olish uchun ochilgan guruhda deyarli yarmi kelmay oldi. Imtihonda faqat 2 o'quvchi o'ta oldi. Juda qiziq, hamma guruhlarda xuddi shunday aynan 1 yoki 2tasi o'tdi, qolganlar 200ming so'mdan kimgadir yig'ib berdik. Bankka esa rasman, kvitansiyasi bilan 30ming atrofida qayta topshirish uchun, yana 30ming atrofida nimagadir davlat hisobiga pul to'ladik. Jami davlatga 50-60ming, kimlarnidir chontagiga 200ming somdan toladik. O'qigan qonun qoidalar boshqa, amalda avtomashinani yaxshi tartibli boshqara olish boshqa masala. O'ylaymanki, summani aniq yozishim biz kabilarga zarar emas, Balki barcha fuqaro va Davlat xizmatidagi hodimlarga birdek foydali bo'ladi. Zero Kishini majburlab olingan har qaday moddiy manbalar olayotganlarga va davlatga hech qanday baxt saodat olib kelmaydi.
Ortiqov Olimjon
Faqat gai xodimlari emas har bir fuqaro bunga qarshi kurashish kerak.meni uyim yonida katta trassa yo'li bor.2 tomonda ham aholi yashaydi.bazida shafyorlar tezligini ko'rib uni bug'ib qo'ygim keladi.elchilik bironta yosh bola chiqib qolsa to'xtata olmaydi moshinasini.radarlarni ayamasdan ko'p qo'yib tashlasin.shuni rascho'tini olib ertaroq yo'lga chiqadigan bo'ladi.mastlikga,tezlikga,chiqindi uloqtirishga jarimani ko'paytirish k k.soyani esa tekin qilishsin.
Assalamu aleykum yo'llar sifatini oshirish kerak keng ravon tekis bulishi kerak va yo'llarda inson psixikasiga ta'sir etuvchi xavfsizlikka doir plakatlar radar belgilarini ko'paytirish kerak. Xar bir xaydovchi radar belgisini ko'rsa albatta xushyor tortadi bu aniq😊😊😊
Sherzodbek
2-та энг котта масвла бор.


1-си: Автомактабларда укитиш
тизимини сифатини ошириш, яни укувчи йул коидаларини билиши ва автомабилни
амалий бошкаришидан ташкари, йулдаги холатларга тугри бахо бера олишини ва
вазиятни назоратда ушлаб туриши кераклиги тушунтириш (яни ман хакман мани йулим
деб кастдан бошка бир хато килиб йулига чикиб колган хайдовчини янаям кийин
ахволга солиб куймаслик) ва йулдаги маданиятни хам ургатишни ташкил этиш хамда
имтихонни холис ва шафофлигини таъминлаш. Чунки гувохномани олиш учун
имтихондан йикилиб 3-4 ойлаб кайта топширган одамни узи йук, ликин укишга хам
имтихонга хам бормасдан гувохнома олганлар етарли!


2-масала ЙХХБ ходимлари тан
олиш керак коида бузарларни тухтади маъмурий баённома тузади жуда куп холларда
халол ишлашади, лекин "Тошкентдаги кора Малибу" хаммани эсида булса
керак унака «Малибулар» бутун республикамизда етарли! Копинча орага котталар
аралашади кейин уша Малибулар кизилда утади маст холатда рулга утиради......
бир мартта котта акалари кулга тушган холатидан чикариб юборса узича кастлашиб
унданам баттар коидаларни бузади, баъзан айнан уша ЙХХБ ходими ткрган жойга
бориб коида бузади купчиликни хаётини хатарга куйиб! Менимча бундай холатларни
олдини олиш учун ЙХХБ ходимларига хайдовчиларнинг телефонига жавоб бермасликни
конунан такиклаб куйиш керак (чунки коидани телефондаги одам бузмаган ёки гувох
булмаган) ва телефонда гаплашишни таклиф килган хайдовчини пора таклиф
килганлик билан тенглаштириб куйиш лозим.


Хамма йули бехатар булсин
Оллох узи хаммамизи панохида сакласин!
Фаррух Одилов
1. йўлларни сифатли қилиш
2. Йўл белгиларини , чизиқларни тўғри қўйиш ва етарли қўйиш.
3. Порковка масалаларини хал қилиш.
4. ДТП бўлса айбдор фақат шаферни айиблайвермаслик.
5. Пиеда учун хам жаримани котта белгилаш.
6. Юқоридагилар бажарилгандан сўнгра жазони қаттиқлаштириш. Ва қонун хамма учун боробарлигини таминлаш.
7. Телефонда инспекторга қўйвор дейдиган ( хурматлиларни) ларни ишдан хайдаб шармандасини чиқариш.
8. Баъзи қода бузарликларни кечирса Бўладиган холатлари бўлади. Лекин кечириб бўлмас қоидабузарликни қаттиқ жазолаш тарафдориман.
Yo'l chiziqlarini kõrinadigan qib chizish(vaqti-vaqtida yangilab turish), yõllardagi ta'mirlash ishlarini rejalashtirib yoki imkon qadar tezkor tugatish(quvur almashtirishga 1 oylab qazib qõyishadi), taksi toxtatish odoblari tõgrisida videorolik tayyorlash(idea bor manda) va ushbu videorolikni barcha telekanallarda aylantirish, yõllardagi tõxtash mumkin emas 3.27 belgilarini kamaytirish, avtomobil turar joylarini kõpaytirish, yõnalishli transportlarni kõpaytirish va qulaylik yaratish, shunda odamlar avtomobilda emas balki avtobuslarda yuradi, ichi liq tõla bõlmasligi uchun tig'iz paytlarda avtobuslar sonininoshirish. Haydovchilik guvohnomasi olishda korrupsiyani yõqotish. Testlar haqqoniy bõlishi kerak, hamda psixologik sinovlar ham bõlishi kerak.
Amerikada qizildan o‘tish jinoyat hisoblanadi va sudlanib chiqadi. Chunki, qizildan o‘tib birovni hayotiga zomin bo‘ladi.
Shuning uchun bizdagi ayrim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qoidalar, qarasglardan qutilish kerak. Har bir ishimizda mantiq bo‘lmas ekan, bunaqa qoidalar davom etilaveradi
Iqbol Tulanob
Хаедовчлик гувохномани беришди ёшини 25 ёш килиш керак
Abror
Assalomu alaykum barchaga, noshukrlik qilmayman Allohga shukr yurtimiz tinch, yaxshi yashash uchun yaxshi ishlar bo'layapti, lekin bizda hammasi yaxshi deb qarab o'tirish kerak emas, oldindan uzr so'rayman haydovchilardan, Piyodalar dan, va akalardan, mening bu mavzu bo'yicha takliflarim bor (Yurakdagi gaplarda kim qanday fikrda bu mening shaxsiy fikrlarim ). Barchamiz uydan chiqayotgan paytda yaxshi niyat bilan chiqamiz. Menimcha hech kim unday bo'lsin bunday bo'lsin deb yomon niyat bilan chiqmasa kerak. Yo'llardagi bazi haydovchilarning tartibsizligiga o'zimning fikrlarim.
1) Haydovchi kechikayotganda tezlikni oshiradi, kechikish ga sabab nima? Sabab deyarli barcha shahar joylarning ko'p qismida yo'lning chetidagi qismi avto Park bo'lib xizmat qiladi, bu yerda xususiy yoki boshqa turdagi tashkilot bo'lsa ham, demak bu joylarga moshina turishi uchun avtopark qilib, yo'lga qo'yilgan moshinaga shtraf urish kerak, shunda haydovchilar ga yo'lda harakatlanishga qulaylik bo'ladi, yana taksilar, marshrutka to'xtaydi gan joylar qilish kerak, lekin yo'lning chetidagi ko'p joy tadbirkorni ki unga teginib bo'lmaydi, demak shaharlarimizga, yashayotgan joyimizda gi yo'lning chetiga nimadir qurilma qurayotgan hokimliklar qarashsin 10,20 yildan keyin bu yer qanday bo'ladi deb, bunday holatlar ko'p.
2) Hozirgi yurgan ko'plab yo'llarimiz taxminan bundan 25 30 yil oldingi qurilgan yo'llar, (undan ham oldin bo'lishi mumkin ) lekin hozir 2021 yil dekabrda odamlar ham avtotransport ham ko'paygan demak yo'llarni kattalashtirish yoki boshqa yo'llar qurish kerak. (Surxondaryo, Qoraqalpog'iston Respublikasi yo'nalishida yuruvchilar biladi 8 ta viloyatga qatnov yo'lining M39 bir tomonlama yo'nalishnig ba'zi qismi 3 polosa uning ham chetkisida mashinalar to'xtab boshqa bo'lib yaxshi harakatlanishga halaqit beradi) bunday bo'lgandan keyin shu yerda yutqazilgan vaqtdan yutay deb tezlikni oshirishadi men buni oqlamayman
3) Ba'zi tartibsiz, maqtanchoq, "zam ministr ning " qaynivachchasimi bilmayman unday lar bor, menimcha ularni bosish uchun ballik tizim ishlab chiqish kerak.
4) Piyodalar o'tish joyiga kamera qo'yib piyodani ham ayab o'tirmaslik kerak, haydovchini ham agar qonunni buzsa.
5) Ichki ko'cha yo'llari ga ham kamera qo'yish kerak chunki yo'llarimiz zo'r bo'ldi lekin bazi masxarabozlar bazan katta tezlikda yurib yoshi kattalar, yosh bolalar uchun mahallada harakatlanishi uchun halaqit berishayapti.
6) Barchamizga insof bersin Alloh taolo.
Show next 100 comments