Маданиятли ҳайдовчилар кўпайиши ва йўлларда автоҳалокатлар камайишига тилакдошман.
Аммо бу ўз-ўзидан бўлиб қолмайдику, тўғрими?
Йўлларда ўлимлар сонини камайтириш учун нималар қилишимиз керак? Сизнинг фикрингиз ва амалий таклифларингиз бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.
👉 @xushnudbek 👈
Prava olish uchun ochilgan guruhda deyarli yarmi kelmay oldi. Imtihonda faqat 2 o'quvchi o'ta oldi. Juda qiziq, hamma guruhlarda xuddi shunday aynan 1 yoki 2tasi o'tdi, qolganlar 200ming so'mdan kimgadir yig'ib berdik. Bankka esa rasman, kvitansiyasi bilan 30ming atrofida qayta topshirish uchun, yana 30ming atrofida nimagadir davlat hisobiga pul to'ladik. Jami davlatga 50-60ming, kimlarnidir chontagiga 200ming somdan toladik. O'qigan qonun qoidalar boshqa, amalda avtomashinani yaxshi tartibli boshqara olish boshqa masala. O'ylaymanki, summani aniq yozishim biz kabilarga zarar emas, Balki barcha fuqaro va Davlat xizmatidagi hodimlarga birdek foydali bo'ladi. Zero Kishini majburlab olingan har qaday moddiy manbalar olayotganlarga va davlatga hech qanday baxt saodat olib kelmaydi.
1-си: Автомактабларда укитиш
тизимини сифатини ошириш, яни укувчи йул коидаларини билиши ва автомабилни
амалий бошкаришидан ташкари, йулдаги холатларга тугри бахо бера олишини ва
вазиятни назоратда ушлаб туриши кераклиги тушунтириш (яни ман хакман мани йулим
деб кастдан бошка бир хато килиб йулига чикиб колган хайдовчини янаям кийин
ахволга солиб куймаслик) ва йулдаги маданиятни хам ургатишни ташкил этиш хамда
имтихонни холис ва шафофлигини таъминлаш. Чунки гувохномани олиш учун
имтихондан йикилиб 3-4 ойлаб кайта топширган одамни узи йук, ликин укишга хам
имтихонга хам бормасдан гувохнома олганлар етарли!
2-масала ЙХХБ ходимлари тан
олиш керак коида бузарларни тухтади маъмурий баённома тузади жуда куп холларда
халол ишлашади, лекин "Тошкентдаги кора Малибу" хаммани эсида булса
керак унака «Малибулар» бутун республикамизда етарли! Копинча орага котталар
аралашади кейин уша Малибулар кизилда утади маст холатда рулга утиради......
бир мартта котта акалари кулга тушган холатидан чикариб юборса узича кастлашиб
унданам баттар коидаларни бузади, баъзан айнан уша ЙХХБ ходими ткрган жойга
бориб коида бузади купчиликни хаётини хатарга куйиб! Менимча бундай холатларни
олдини олиш учун ЙХХБ ходимларига хайдовчиларнинг телефонига жавоб бермасликни
конунан такиклаб куйиш керак (чунки коидани телефондаги одам бузмаган ёки гувох
булмаган) ва телефонда гаплашишни таклиф килган хайдовчини пора таклиф
килганлик билан тенглаштириб куйиш лозим.
Хамма йули бехатар булсин
Оллох узи хаммамизи панохида сакласин!
2. Йўл белгиларини , чизиқларни тўғри қўйиш ва етарли қўйиш.
3. Порковка масалаларини хал қилиш.
4. ДТП бўлса айбдор фақат шаферни айиблайвермаслик.
5. Пиеда учун хам жаримани котта белгилаш.
6. Юқоридагилар бажарилгандан сўнгра жазони қаттиқлаштириш. Ва қонун хамма учун боробарлигини таминлаш.
7. Телефонда инспекторга қўйвор дейдиган ( хурматлиларни) ларни ишдан хайдаб шармандасини чиқариш.
8. Баъзи қода бузарликларни кечирса Бўладиган холатлари бўлади. Лекин кечириб бўлмас қоидабузарликни қаттиқ жазолаш тарафдориман.
Shuning uchun bizdagi ayrim mantiqqa to‘g‘ri kelmaydigan qoidalar, qarasglardan qutilish kerak. Har bir ishimizda mantiq bo‘lmas ekan, bunaqa qoidalar davom etilaveradi
1) Haydovchi kechikayotganda tezlikni oshiradi, kechikish ga sabab nima? Sabab deyarli barcha shahar joylarning ko'p qismida yo'lning chetidagi qismi avto Park bo'lib xizmat qiladi, bu yerda xususiy yoki boshqa turdagi tashkilot bo'lsa ham, demak bu joylarga moshina turishi uchun avtopark qilib, yo'lga qo'yilgan moshinaga shtraf urish kerak, shunda haydovchilar ga yo'lda harakatlanishga qulaylik bo'ladi, yana taksilar, marshrutka to'xtaydi gan joylar qilish kerak, lekin yo'lning chetidagi ko'p joy tadbirkorni ki unga teginib bo'lmaydi, demak shaharlarimizga, yashayotgan joyimizda gi yo'lning chetiga nimadir qurilma qurayotgan hokimliklar qarashsin 10,20 yildan keyin bu yer qanday bo'ladi deb, bunday holatlar ko'p.
2) Hozirgi yurgan ko'plab yo'llarimiz taxminan bundan 25 30 yil oldingi qurilgan yo'llar, (undan ham oldin bo'lishi mumkin ) lekin hozir 2021 yil dekabrda odamlar ham avtotransport ham ko'paygan demak yo'llarni kattalashtirish yoki boshqa yo'llar qurish kerak. (Surxondaryo, Qoraqalpog'iston Respublikasi yo'nalishida yuruvchilar biladi 8 ta viloyatga qatnov yo'lining M39 bir tomonlama yo'nalishnig ba'zi qismi 3 polosa uning ham chetkisida mashinalar to'xtab boshqa bo'lib yaxshi harakatlanishga halaqit beradi) bunday bo'lgandan keyin shu yerda yutqazilgan vaqtdan yutay deb tezlikni oshirishadi men buni oqlamayman
3) Ba'zi tartibsiz, maqtanchoq, "zam ministr ning " qaynivachchasimi bilmayman unday lar bor, menimcha ularni bosish uchun ballik tizim ishlab chiqish kerak.
4) Piyodalar o'tish joyiga kamera qo'yib piyodani ham ayab o'tirmaslik kerak, haydovchini ham agar qonunni buzsa.
5) Ichki ko'cha yo'llari ga ham kamera qo'yish kerak chunki yo'llarimiz zo'r bo'ldi lekin bazi masxarabozlar bazan katta tezlikda yurib yoshi kattalar, yosh bolalar uchun mahallada harakatlanishi uchun halaqit berishayapti.
6) Barchamizga insof bersin Alloh taolo.
Inson faktorini yo'qotish kamera va radarlarni ko'paytirish...
Hurmatli haydovchilar radar yaki kamera yonidan qanaqa o'tasizlar?
Tushingan tushindi...
Масалан мен имтихон топширган грухимдан 6 киши уз билимимиз билан утканмиз холос, қолган 18 киши 150минг сумдан пул бериб утишган.
Мана уша чаласаводлар хам мошина хайдаб юришипти.
Birinchi o'rinda baxtsiz hodisalarning sababini tushunib olishimiz kerak. Buni men madaniyat bilan bog'lamagan bo'lar edim. Aslida buning sababi ilmsizlik. Biz yo'l harakati qoidalarini yaxshi bilmaymiz. Bu ko'pincha imkonsiz. Nega?
Sababi quyidagicha:
1. Imkonsiz chunki davlat ishida yoki hususiy sektorda ishlaydigan hodim prava olishni hohlasa unda o'qishga borishni imkoni bo'lmaydi. chunki u haftaning kamida 5 ish kunida ishda bo'ladi. Prava uchun darslar ham aynan shu kunlarda bo'ladi. Dam olish kunlari yoki ishdan keyin o'qishni esa imkoni yo'q. Har holda men buni imkonini topa olmaganman. O'z o'zidan bunday holatda ishdan ruxsat olmasdan (oylik kesilgan holda) o'qishga borish imkonsiz. Bir yilda bir marta olinadigan yillik ta'tilni esa kamdan kam odam prava uchun sarflashni hech kim hohlamasa kerak. Shaxsan men hohlamayman. Tatilda dam olish kerak.
Ho'sh yechim qanday bo'ladi? yechim bormi bu muammoga o'zi?
Menimcha bor u qiyidagicha:
1. Huddi bayramdan bir kun oldin 1 soat erta ruxsat berilganidek. Ishdan dars kunlari uchun maosh saqlanib qolgan holda javob berishga ruxsat berish kerak. Bunda talaba o'qish muassasasi bilan tuzilgan shartnoma va o'qish jadvalini ish beruvchiga taqdim qiladi. Bu jarayonni qonuniylashtrish uchun esa tegishli qonun chiqarilishi talab qilinadi. Bir marta olingan ta'lim bir umrga yetarli bo'lishini hisobga olsak bu narsa ish beruvchilar uchun ham juda katta muammo bo'ladi deb o'ylamayman.
2. Dam olish kunlarida yoki ish vaqtidan so'ng o'qish tashkil qilish kerak. O'qish muddati uzayishi mumkin lekin ta'lim olish imkoniyati bo'ladi. Bu aslida uchalik yaxshi taklif emas lekin yo'qdan ko'ra bor. Chunki ko'pchilik dam olish kunini o'qish uchun sarflashni hohlamasligi mumkin. Dam olish kuni dam olmaslik ham o'qish sfatiga yomon ta'sir ko'rsatishiga shubha qilmasa ham bo'ladi.
Qisqa qilib aytsa insonlarga talab qo'yishdan avval uni bajarish uchun qulay sharoit yaratib berishimiz kerak.