Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Salom. Online darslar yaxshi tashkil etilgan. Lekin baribir kamchiliklar bo'lyapti. Masalan berilgan vazifaga javob yozish uchun kam vaqt ajratilgan. Endi vazifani joylaymiz deganda yopilib qolgan va nazorat jadvalida 0 baho turgan holatlar kuzatiyapti. Bu vazifa qachon modulga joylangan va muddati qachongacha aniq ma'lumot yo'q. Meni ayrim taklifim: Nazorat jadvaliga 3 2 0 baho qo'ygandan ko'ra o'sha vazifani qanday? qachongacha? bajarish kerakligi haqida ma'lumot berilsa bunaqangi muammolar kelib chiqmaydi. Internet tezligi esa online darslar uchun qoniqarsiz. Ayrim kursdoshlarim bilan esa umuman bog'lanishni ilojisi yo'q.
Assalom alekum! Masofaviy ta'limga keladigan bo'lsak bu online darslar faqat internet tezligi yaxshi, kompyuteri bor, va malakali ustozlar bor institutda ozini 50% oqlayapti, ana endi viloyatlarda yashaydigan talabalar chekka-chekka qishloqlarda yashaydigan talabalar va institutlarda faqat davomat, kechikib kelgan talaba bilan darsni oxirigacha urushib vaqtni o'tkazadan ustozlar ko'p qanchadan qancha. Bular hech qanaqa bilim ham, yangiliklar ham ololmayapti. Masofaviy ta'lim bo'lgani uchun kantrak miqdorini kamaytirishni olib chiqishingizni iltimos qilaman, bu bilan qanchadan qancha odamlarga yordam qilgan bo'lardiz chunki karantinda hamma ishla faoliyayi to'xtatilgan. Ko'pgina shartnoma asosida o'qiydigan talabalar o'zlari ishlab kantraklarini to'lashar edi, yana kamiga faqat shartnomada o'qiydigan talabalarni stipendiyasini bir xil 400 ming qilib quyishdi. 400 ming sum nimaga yetardi xozirgi kunda. Bu mening fikrim.
Masofaviy taʼlimning ijobiy va salbiy tomonlari bor.Internet yaxshi ishlamaganligi sababli biz zoomda boʻladigan darslarga qatnasha olmayapmiz va ustozlarimiz bizga baʼzida enbi ham qoʻyishmoqda va darsimga nisbatan xurmatsizlik deb baholashmoqda.Bizni ham taʼlim olgimiz keladi lekin qishloq joylarida internet yaxshi ishlamaydi.Toʻgʻri hozirda oldingiga nisbatan vaqtimiz ancha tejalmoqda va bemalol oʻz ustimizda ishlashimizga yordam beradi.Lekin men baribir anʼanaviy taʼlimni afzal deb bilaman sababi bu boʻlajak ustozlarni nutqini rivojlantiradi hozirda esa buni iloji yoʻq.
MOODLE tizimida onlayn darslar olib borayotgan bazi OTM rahbariyatining gaplariga qaraganda, agar talabalar onlayn darslarga qatnashmasa kursdan kursga o'tishda muommolar yuzaga kelishi haqida aytilgan,lekin biror bir inson chekka tuman va qishloqlarda internet degan narsani soyasi ham tushmaganini o'ylab ko'rmaydi.Kimdir bunga e'tibor qaratsa yaxshi bolardi,sifatsiz internet bilan onlayn darsga kirish u yoqda tursin,antena yo'qolib qoladi deb uy ichiga ham kirib bo'lmaydiku!!!
Ma'lumot uchun Ispaniya hukumati onlayn darslarga na OTM lar va na boshqa hududdagi inetrnet tarmoqlari tezligi talabga javob bermasligini xisobga olib talaba va o'quvchilarning kursdan kursga o'tishlari uchun shartli baxo qo'yish tartibini joriy qilishdi.
Qozog'iston hukumati esa chekka hududlar internet tezligi talabga javob bermasligi uchun onlayn darslardan voz kechib karantin tugagandan keyin qoldirilgam dars soatlarini o'zlashtirish vazifasini qo'ydi.Mana ijtimoiy adolat hamma joyda ham internet tezligi bir xil emas hamma ham internet tezligi yaxshi bo'lgan joylarda istiqomat qilmaydi.Internet yaxshi joylardagi talabalar onlayn darslarda faol ishtirok etib ular kursdan kursga otishlari aksincha internet tezligi judaa past bo'lgan hudud talabalari onlayn darslardan qatnasholmay kursdan kursga qolib ketishi ijtimoiy adolat tizimiga mutloqoo ziddir.Bu xolatni xisobga olishlaringni soraymiz Hurmatli mutasaddilar.To'g'ri tushining.Shaxsiy fikrimga ko'ra onlayn darslardan internet muommosi tufayli foydalana olmagan talabalarga shartli ravishda baholar qo'yilishi va karantin tugagandan keyin esa shu qo'yilgan bahoga talabalar mos ravishda profissor o'qituvchilarga javob berishsa maqsadga muvofiq bo'lardi.Ahir hech kim bahona qilmayapti talabaning maqsadi bilim olish agar unda bunday maqsad bo'lmaganda edi u xattoki Oliy o'quv yurtiga ham imtihon ham topshirmagan bo'lardi.

Shu fikrimda qolaman 10minutdan ko'p vaqtim ketdi shu yergacha kirish uchun
Qisqasi rasvo😡😡😡
Ahmedova Zulayho
Masofaviy ta'limni amalga oshirish uchun òqituvchilar kurashyapti lekin,hammada ham internet yaxshi emas.Talabalar qiynalyapti shu yuzadan.Òzbekiston hali online tizimga tayyor emas.
Gulasal NDPI 3 v mo'm
Bizlarni institutda onlayn ta'lim nomiga bo'lyapti o‘qish sifati pasayib bormoqda o'qtuvchilar darsni o‘tmaydi o'zlarimiz mustaqil ravishda o‘qiyapmiz.Internet tezligi bizada 4G😁
MOODLE tizimida onlayn darslar olib borayotgan bazi OTM rahbariyatining gaplariga qaraganda, agar talabalar onlayn darslarga qatnashmasa kursdan kursga o'tishda muommolar yuzaga kelishi haqida aytilgan,lekin biror bir inson chekka tuman va qishloqlarda internet degan narsani soyasi ham tushmaganini o'ylab ko'rmaydi.Kimdir bunga e'tibor qaratsa yaxshi bolardi,sifatsiz internet bilan onlayn darsga kirish u yoqda tursin,antena yo'qolib qoladi deb uy ichiga ham kirib bo'lmaydiku!!!
Ma'lumot uchun Ispaniya hukumati onlayn darslarga na OTM lar va na boshqa hududdagi inetrnet tarmoqlari tezligi talabga javob bermasligini xisobga olib talaba va o'quvchilarning kursdan kursga o'tishlari uchun shartli baxo qo'yish tartibini joriy qilishdi.
Qozog'iston hukumati esa chekka hududlar internet tezligi talabga javob bermasligi uchun onlayn darslardan voz kechib karantin tugagandan keyin qoldirilgam dars soatlarini o'zlashtirish vazifasini qo'ydi.Mana ijtimoiy adolat hamma joyda ham internet tezligi bir xil emas hamma ham internet tezligi yaxshi bo'lgan joylarda istiqomat qilmaydi.Internet yaxshi joylardagi talabalar onlayn darslarda faol ishtirok etib ular kursdan kursga otishlari aksincha internet tezligi judaa past bo'lgan hudud talabalari onlayn darslardan qatnasholmay kursdan kursga qolib ketishi ijtimoiy adolat tizimiga mutloqoo ziddir.Bu xolatni xisobga olishlaringni soraymiz Hurmatli mutasaddilar.To'g'ri tushining.Shaxsiy fikrimga ko'ra onlayn darslardan internet muommosi tufayli foydalana olmagan talabalarga shartli ravishda baholar qo'yilishi va karantin tugagandan keyin esa shu qo'yilgan bahoga talabalar mos ravishda profissor o'qituvchilarga javob berishsa maqsadga muvofiq bo'lardi.Ahir hech kim bahona qilmayapti talabaning maqsadi bilim olish agar unda bunday maqsad bo'lmaganda edi u xattoki Oliy o'quv yurtiga ham imtihon ham topshirmagan bo'lardi.
Наргиз Олимова
Masofaviy ta'lim tizimi tibbiyot soxasiga to'g"ri kelmaydi bizda fanlar qiyin va odam salomatligi bn bo'g'liq bo'lgani uchun bu ta'limni tibbiyot institutlarida qo'llashni maqullamayman internet tezligi xam past chekka xududlarda yashaydigan talabalar darslarni vaqtida o'zlashtirolmay qolib ketishadi ummuman olganda amaliyot bo'lmasa xammasi bekor
karantingacha yaxshimidi o'qitish. Amaliyot bo'larmidi silarga ?
Bizni med institutlarda amaliyot degan narsani o'zi yo'qku. qachonki o'ziz xohlab shifoxonaga borib qiziqib o'rganmagunizgacha institutda o'rgatmaydi.
To'g'ri lekin nisbatan yaxshi edi institutni o'zida dars o'tish
Internet tezligi past judayam. Lekin umid qilamizki yaqin orada bu holat ijobiy tomonga o'zgaradi
Hushnud aka sizdan iltimos bizni komentlarimizni kerakli mutasaddilarga yetkazsangiz. Bilimi yaxshi talabalar ham moodle tizimiga tushinmayabdi va vazifalarni bajarolmayabdi. Bu talabalr kursdan kursga qolib ketishi yaxshimas
Masofaviy taʼlim bu qulay bulishi mumkun lekin aniq aytish kerakki sifatli deya aytib bulmaydi chunki 80menut domla urgatganlarin olishga qiynalyotgan talaba uchun uzining fanni oʻzlashtirish degani bu aniq fojia!!! Tug'ri xamma uchun bulmasaxam...
Masofaviy taʼlim sifati har doimgidek oldin qanaqa oʻqilsa hoziram huddi shunaqa
Holasa domla darsiga kiradi hohlasa maruza matnini gurpaga tashab qoʻyadi kere boʻsa oʻzlarin oʻqivolarin dib. Kirsayam bir ikki ogʻiz qayodigi naslani gapiradide oʻntalab topshiriq beradi. Keyin bajarilgan topshiriqladan xatola topishi boshlidi xuddi u bu narsani oʻrgatb qoʻygande. Lekin baʼzi domlalayam bor baraka topishsin yaxshi dars oʻtishadi sovolla boʻsa hamma vaqt javob berishadi.
Olim Jo'rayev
Pandemiya sharoiti ta'lim tizimiga Masofaviy ta'lim shaklini rivojlanishiga katta turtki bo'ldi deb o'ylayman chunki hayotni o'zi majbur qilyabdi biz ta'lim tizimimizdayam raqamli farmatga o'tishimizga shaxsan menga bu yoqdi chunki mustaqil shug'ullanishimga .
Tengdoshlarimga ham aytmoqchi edim bu kelajak ta'lim tizimi Deb o'ylayman hozirgi kunda bir qancha noqulayliklar bo'lyabdi bu to'g'ri tushunaylik chunki hamma narsa bir tomonlama o'ylamaylik chunki bundan 10 yil oldin o'sha internet sekin ishlaydigan joylarda telefon antennasi ham bo'lmagan !
Hurmatli talabalar. Talimning online shakli albatta yaxshi. Lekin bizda avvaldan qotib qolgan sterotiplar bor. Yani tanish bilish, korupsiya. Lekin asosiy yeri bizda talim olishmaydi. Domlalar ham kamdan kam talim berishadi. Kop universitet davlatniki bo'lgani uchun talim sifati ohirgi o'rinda chunki ertaga o'qishni bitirib borsa nari borsa davlatni ishida ishlay oladi. Davlat idorasida esa 1 korrupsiya keyin diplom. Sen nimani o'rganding? Agar bilgan bolsang ham tashkilotda underdog bolasan. Kim buyursa hizmatini qilishga hamisha tirjayib turishga majbursan. Seni kallangdagi fikrlar habl teleskopidan olingan rasmlar haqidagi firklaring kelajakka bolgan umidingni yerga ko'masan. Va ihtiyoriy majburiy korrupsiyaga tanish bilishga yengilasan. Charhpalak effekti qachongacha davom etadi buni endi hudo biladi.......
Hozirgi bizning sharoitda masofaviy ta'lim tizimi faqatgina yani poytaxtimizda joylashgan qaysidur manoda nufuzli oliy ta'lim muassasalarida qo‘llash maqul deb hisoblayman . Bizda esa yani Namanganda bu tizim mutlaqo talabga javob bera olmaydi bunga bir qator sabablar bor internet , moodle tizimi, va o‘qituvchilarni internet bn ishlash malakasi umuman talabga javob bera olmaydi
🌸Gavhar🌸
Juda sekin ishlaydi internet. Kuniga bir marta kirishimiz soralayabdi moodlga. Fanlarga oid moodl tizimidagi maruzalar ham talabga javob bermaydi hammasi hojakorsinga qilingan .
Просят зайти в сайт или мудл раз в день. А сделали ли мы дом зад или нет им неинтересно даже учителя не проверяют, исключение составляют преданные своей профессии преподы.думаю будет правильно если объяснение новой темы проводили онлайн,через зум например.Препод и студент должен индивидуально вести разговор по теме, тогда студенту все будет понятно по теме:)
Show next 100 comments