Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Marjonbek. Xoliqov
xup.masofaviy talim yaxshi deyapsizlar.lekin usha talim uchun sharoit yaratilgan bulishi kerak emasmi.talabalarning kup qismi tumanlardagi qishloqlardan kelishgan.u yerda internet ishlaydi deb uylaszlarmi.televezorda faqat shahar joylarni kursatishadi masaofaviy talimda ishlayotganini.lekin qishloqdagilar nima qilsin.masofaviy talim yaxshi faqat sharoit yaratilgan bulsa yaxshi.sharoit yuqmi demak universitetga borib o'qish 100% tug'ri buladi.televezorda bizga yaqinda 5G ni ishga tushiramz degan gaplar kerakmas.oldin 3G ni hamma yerga tarqatib bulishsin.yuqoridagilar.
Masofaviy talim xozirgi vaqtda juda qulay ammo chekka xudud ya'ni turli qishloqlarda internet sifati yaxshimas
Moodle tizimi yo"lga qo"yilgani bir tomondan yaxshi, lekin ushbu tizimda ancha kamchiliklar mavjud . Platformaga ba"zida topshiriqlarni joylashtirib bo"lmaydi. Shu kamchiliklar bartaraf etilsa ancha yaxshi bo"lardi .
Yana bir taklif shundan iboratki o"zimizda ham Zoom kabi programmalar ishlab chiqilsa , maqsadga muvofiq bo"lardi.
Jasur
Hamma bir birini aldashyapti ustozlar pdf da ma lumotlarni yuklashyapti biz ham internetdan ma'lumotlarni olib word da qaytaryapmiz uyoq bu yog‘ini o‘zgartirib!!
Ta'lim tizimimizdagi ba'zi cheklovlar(kvota
cheklangan, test rejimi amalda, kiyinish formasi ixtiyoriy emasligi, ..)
Ijtimoiy sharoitimizni ahvoli (Tirikchilik uchun juda ko'p vaqt o'tkazishga majburlik, Qonun ijrosi ta'minlanishidagi vaqt sarfi, ...)
Internet (tezligi juda past, bir oy uchun ham qimmatligi, ...)
Men uchun Masofaviy ta'lim shart, juda kk
Moodle tizimida ishlashda qiyinchiliklar yuzaga kelyapti. Chunarsiz joylari juda kòp. Internet tezligi past, joylanayotgan fayllar hajmi ba'zida kattaligi tufayli joylab bòlmayapti.
Bu tizim biz uchun emas. Undagi kamchiliklar asabni egovlaydi. Hamma joydagi sharoit hisobga olinib keyin bu narsani taqdim etsa yaxshi bòlardi
LMS Moodledan boshqa tizimni ishlab chiqish lozim masofaviy ta'lim uchun, bu jarayonni Har bir OTMni ATMga yuklash lozim bu bilan OTMda avtomatlashgan jarayonni rivojlantirish, o'zlarida Ma'lumotlar bazasidan to'la quvvatda foydalanish, ATM mas'ulligni oshirish, rahbarlarni AKTni foydasini to'la izohlashga xizmat qiladi agar bu narsani umumiylashtish niyyati yuzaga kelsa yana platformalar inqiroziga olib boradi!
Masofaviy taʼlim bn oʻqitilgandan keyin imtihon boʻladimi?Agar bu ta'limda ishtirok etolmasa yani imkoni boʻlmasa u oliygohdan chetlashtiriladimi?
Насиба Абдуллаева
Online tarzda oraliqlarga kirganimizda internet yaxshimasligi sababli vaqt tugab qolyabdi. Yakuniy oraliqlarda ham shunday bolib qolsa kopchilikga qiyin boladi. Shunday sabablarga kora talaba vaqtida oraliqlarni topshira olmasa oqishdan chetlashtirilishi mumkinmi?
Xali amalda sinalmagan tizim orqali ta'lim olish kópchilikni hafsalasi pir qilib qóydi. Rahbariyat tomonidan órnatilgan sifatsiz texnikalar kóp sonli foydalanuvchilarga bardosh bera olmayapdi(garchi bizda aniq rejim orqali kirilsa ham, ya'ni 8.00 dan 12.00 gacha 1-kurslar va shu tariqa). Ma'muriyat esa internettezligini bahona qilib, óz ayblarini yashirishmoqda. Óqish davomida ba'zida moodle platformasiga kirib qolsa 2G tarmoqda bólsak ham juda tez ishlar edi. Oldinku óqituvchilar yozuv chizuv deb darsga tayyorlanmasdi, hozir esa umuman tayyorgarlik mavjud emas(ba'zi jonkuyar, óz kasbiga sadoqatli óqituvchilarimizdan tashqari). Hamma joyga kirsangiz eh wikipediya omon bólsin ekan deb yuborasiz(hech bólmasa snoskalarni óchirib chiqishsa bólardi). Javob yóllashdagi bir qoida meni kulgimni qistatadi: plajiarism ishlar qabul qilinmaydi! Axir, biz kimdan órganyapmiz bunday qilishni, dalada kartoshka piyoz yetishtirayotgan ota onamizdanmi? Men ta'lim tizimida ishlashni, dars berishni juda yaxshi kóraman( hali ham niyatimdan qaytmadi), ammo shunaqa dilxiraliklarni kórib bundan sovib ketish hech gap emas. Óquvchi talabaning bilimi inobatga olinmaydi, hatta bazi ishlar ochib kórilmasdan baholab yuboriladi. Sababini sórasangiz sizning darajangiz shu! Degan javob olasiz. Ha mayli bir kun yaxshi bólib qolar,baribir meni fikrim ózimdan naryoqqa bormasligi aniq.
Xullas, o‘sha gaplar...
Assalomu alaykum. Xushnudbek aka. Sizning fikringizni bilmoqchi edim. Shu so'rovnomadan ozgina bo'lsa ham foyda bor deb o'ylaysizmi? Bu savolni berishimning sababi - bizning universitetda har yili 2,3 marotabalab shunga o'xshash anonim so'rovnomalar olinadi. Lekin umumam foydasi bo'lmaydi, quruq makalaturaga ketadi.
‎😉 ولد جيد 😉
Berilayotgan manbalar juda sayoz fan bo'yicha berilgan maruzalarni o'qib chiqib juda kam narsani olib qolish mumkin.
Tòĝrisini aytsam bu sòrovnoma meni umuman qoniqtirmadi.Chunki undagi tanlash uchun berilgan barcha javoblar ijobiy. Bu sòrovnomada chekka qishloqlardagi internet tezligi umuman inobatga olinmagan.
Fazliddin
Masofadan dars utish bu kuz buyamachilikdan boshqasi emas uqituvchilar qulida turgan kitoblardan savollarni modleega amaliy mashğulotni joylab quyayabdi bu ahir amaliy mashğulot uni amalda sinab kurish kerak amalda sinamasdan biz masalalarni yechishga qiynalib qolyabmiz õqituvchilardan esa sado yõq
Fazliddin
Enternet tezligini aytmasa ham boladi
Show next 77 comments