⚡️Йигирма биринчи ўлим: хизмат вақтида коронавирус юқтириб олган шифокор вафот этди

Пойтахтимиздаги Яккасарой туман тиббиёт бирлашмасининг 52 ёшли шифокори А.У. (эркак) шу йилнинг 14 июнь кунидан Тошкент вилояти Юқори Чирчиқ туманидаги карантин марказидаги фуқароларга тиббий хизмат кўрсатиш мақсадида фаолият кўрсата бошлаган.

Шу йилнинг 23 июнь куни аҳволи оғирлашиб, дастлаб Зангиота туман юқумли касалликлар шифохонасига, сўнг эса Эпидемиология, микробиология ва юқумли касалликлар илмий-текшириш институти клиникасига ўткир миокард инфаркти ташхиси билан ётқизилган.

26 июнда
эса юрак, нафас ва ўпка етишмовчилиги кузатилиб, аҳволи оғирлашганлиги учун реанимация бўлимига олинган.

Бироқ ўтказилган реанимацион муолажаларига қарамасдан бемор миокард инфаркти, ўткир нафас ва юрак қон-томир етишмовчилигидан вафот этган.

«Соғлиқни сақлаш вазирлиги марҳум шифокорнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этади», - дейилади хабарда.

Шифокор ҳамюртимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга шифо берсин.


👉 @xushnudbek 👈

188 comments

Show 100 more comments
Аvazbek €£¥¥&
🌼BlackSwan🌼
Siz bilan men uyda o'tirvolib davlat oldinga ketmayapti deb o'tiraversak nima sizga davlat uzi yurar kemamiki yurib ketsa. Davlatni oldinga yurgizayotgan qanchadan qancha ishlar qilinadi. To'g'ri quruq gaplar yoq emas lekin haqiqatdan qandayin jonbozla yurtimizni oldinga tortayptganini bilmaysizda. Aynan karantin sabab o'sha ishlar orqaga qolib ketyapti. Siz esa yordam deysiz. Davlatimiz aytsangiz aytmasangiz xalqqa yordam beradi. Alhamdulillah boshqa oldindagi davlatlardan 100barobar ortiq ishoning
Тугри бизни узбекистонимиз енимиздеги бошка давлатлардан 100 чандон бойиб кетди факат халкмас ишонинг сизга ухшаган амалдорлар ишонмасангиз кишлокларга келиб халкни орасига кириб кура оласизми атрофимиздеги давлатларда кишлокларида газ бор свет учмайди ростдан хам хамма айтганидек осмонимиз мусаффо холос
Doktor AR
Manimcha siz xayotni faqat Uzb 24 kanali orqali ko'rasiz shekil
Men hatto u kanal borligini bilmayman. Men O'zbekistonni, qo'lida og'ir yukla ko'tarib azob chekkan bolalar qismati tasvirlangan Kapernaum va shunga uxshagan kinolardan keyin ko'raman, Men O'zbekistonni afrika, suriya va shunga uxshagan boshqa davlatlarni ahvolini ko'rgandan keyin ko'raman. Ishoning xalq dangasa, xalq ochko'z va noshukr ba'zi bir amaldorlar xaromxo'r lekin O'zbekiston sizni nazaringizdan ko'ra ancha boshqacha. Birdaniga yaxshilab zo'r bo'lishini kutamiz lekin negadir o'rnimizdan turib bir harakat qilmaymiz. Hammani o'zini nazariyasi bor. Men O'zbekiston dunyo ichida geniy demoqchimasman lekin yurtimiz shukr qilishimizga arzirli davlat. Agar siz bilan menga o'xshaganlar yurtimizi yomonlab kamchilik izlab ichkaridan yemirmasdan ozroq izlanib harakat qilganimizda edi ehheee nimalar bo'lardi, qanday o'zgarishlar bo'lardi. Va yana bir gapim bor agar sizlarga O'zbekiston yoqmasa boshqa davlatga borib yashang. Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh tarozi...
Sobirova Sh.A.
Inna lillahi inna ilayhi rojiun
Sobirova Sh.A.
Alloh rahmatiga olsin. Yaqinlariga farzandlariga Alloh sabr bersin. Samimiy inson, malakali vrach edilar. Ohiratlari obod bo'lsin
Joylari jannatdan bolsin,
Ohiratlari obod bolsin
Karantin zonada adolat yõq. Vrachlarga bir million ham bermayapti. Santehnik, ovqat taşuvchilarga esa tõrt milliondan pul tõlayapti. Normalniy pul tõlaganda yoşlar borib ishlagan bõlardi. Qariyalarni majburiy jõnatmasdan.
Королева
Демак вирусдан улмаган инфарктдан улган
😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭
Аллох рози булсин! Биз фукаролардан рози булинг!
Nargiz
30 kishilik toʻyga ruxsat berildi, lekin shu toʻylarni belgilangan tartibda oʻtkazilayotganligi nazorat qilinmayapti shekilli baʼzi joylarda. Chunki mahallamizdagi toʻylarda faqat dasturxon nomiga 30 kishi uchun. Odamlar buniyam yoʻlini topishdi. Nima emish faqat mehmon 30 ta boʻlishi kerak. Xizmatdagilarga cheklov yoʻq. Undan ham qizigʻi, baʼzilar bir kunda 4-5 marta 30 kishidan odam aytyapti soatlarga taqsimlab. Odamlar masʼuliyatni oʻzlari his qilmas ekan, bu balodan qutulib boʻlmaydi.
Xamdamova Zebo
Ohiratlari obod bo'lsin....
Adham Masharipov
Королева
Демак вирусдан улмаган инфарктдан улган
Вируснинг асабга ва юракка таъсиридандир.
Shu diyman bu mansabdor shaxslar va tadbirkorlar (manapollashgani) biz qora xalqni puliga ishlamasdan otni kallasidek maosh olib yuraverishsada
HA SENLARNI VIJDONINGA URE
QACHON BU BIZ ODDIY XALQNI HAM OʻYLASHASAN NUQUL JIGʻILDONINGni OʻYLOʻRMASDAN
Ana baraka topkurlar oʻylelar nimani evaziga bu shifokor akamiz halok boʻldi
Joylari jannatda bo'lsin ilohim! Surunkali kasalligi bo'lgan va ahvoli og'irlashgan.Lekin bevosita o'lim sababi baribir karonavirus. Chunki oddiy gripp virusi ham qon bosimi bor bemorlarni qon bosimini oshirib yuboradi.Qandli diabedi bor bemorlarda ham og'ir kechadi.Chunki ularda shundoq ham immunitet past. Demoqchiman davlat boquvchisini yo'qotgani uchun marhum shifokor oilasiga va'da qilingan pul (250mln so'm)ni berishi shart.
Bu yerda davlat budjeti haqida jon kuydirayotganlaru,shifokorlarga shundayam tana toshini otayotganlar bir oila boshingizdan ayrilib ko'ring.Yoki borib bir kun shu formasini kiyib ishlab ko'ring dimiqib o'lib qolmasangiz agar. Bo'lmasa jilla qursa tilingizni tiyib o'tiring. Arzimagan pul beriladi o'zi. Davlat byudjetini kattaho'rdalar o'ylasin.
Садикова.Ш
охиротлари обод, жойлари жаннат бусин шифокор акамизни, оиласига оллохим сабр берсин
Ilohim oʻtganlarni joyi jannatdan boʻlsin. Meni ham xoʻjayinim,yaʼni turmush oʻrtogʻim karantindalar hozirda. Ishqilib soʻgʻ-omon oilamiz bagʻriga yetib kelsinlar.
Jon berib ishlayotgan shifokorlarimizga katta rahmat! Joyi jannatda bólsin. Ularni qadrlaylik,azizlar!
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun! Alloh rahmatiga olgan bo'lsin...
Show next 23 comments