⚡️Йигирма биринчи ўлим: хизмат вақтида коронавирус юқтириб олган шифокор вафот этди

Пойтахтимиздаги Яккасарой туман тиббиёт бирлашмасининг 52 ёшли шифокори А.У. (эркак) шу йилнинг 14 июнь кунидан Тошкент вилояти Юқори Чирчиқ туманидаги карантин марказидаги фуқароларга тиббий хизмат кўрсатиш мақсадида фаолият кўрсата бошлаган.

Шу йилнинг 23 июнь куни аҳволи оғирлашиб, дастлаб Зангиота туман юқумли касалликлар шифохонасига, сўнг эса Эпидемиология, микробиология ва юқумли касалликлар илмий-текшириш институти клиникасига ўткир миокард инфаркти ташхиси билан ётқизилган.

26 июнда
эса юрак, нафас ва ўпка етишмовчилиги кузатилиб, аҳволи оғирлашганлиги учун реанимация бўлимига олинган.

Бироқ ўтказилган реанимацион муолажаларига қарамасдан бемор миокард инфаркти, ўткир нафас ва юрак қон-томир етишмовчилигидан вафот этган.

«Соғлиқни сақлаш вазирлиги марҳум шифокорнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этади», - дейилади хабарда.

Шифокор ҳамюртимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга шифо берсин.

👉 @xushnudbek 👈

188 comments

Show 100 more comments
Королева
Демак вирусдан улмаган инфарктдан улган
😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭😭
Аллох рози булсин! Биз фукаролардан рози булинг!
Nargiz
30 kishilik toʻyga ruxsat berildi, lekin shu toʻylarni belgilangan tartibda oʻtkazilayotganligi nazorat qilinmayapti shekilli baʼzi joylarda. Chunki mahallamizdagi toʻylarda faqat dasturxon nomiga 30 kishi uchun. Odamlar buniyam yoʻlini topishdi. Nima emish faqat mehmon 30 ta boʻlishi kerak. Xizmatdagilarga cheklov yoʻq. Undan ham qizigʻi, baʼzilar bir kunda 4-5 marta 30 kishidan odam aytyapti soatlarga taqsimlab. Odamlar masʼuliyatni oʻzlari his qilmas ekan, bu balodan qutulib boʻlmaydi.
Xamdamova Zebo
Ohiratlari obod bo'lsin....
Adham Masharipov
Королева
Демак вирусдан улмаган инфарктдан улган
Вируснинг асабга ва юракка таъсиридандир.
Shu diyman bu mansabdor shaxslar va tadbirkorlar (manapollashgani) biz qora xalqni puliga ishlamasdan otni kallasidek maosh olib yuraverishsada
HA SENLARNI VIJDONINGA URE
QACHON BU BIZ ODDIY XALQNI HAM OʻYLASHASAN NUQUL JIGʻILDONINGni OʻYLOʻRMASDAN
Ana baraka topkurlar oʻylelar nimani evaziga bu shifokor akamiz halok boʻldi
Joylari jannatda bo'lsin ilohim! Surunkali kasalligi bo'lgan va ahvoli og'irlashgan.Lekin bevosita o'lim sababi baribir karonavirus. Chunki oddiy gripp virusi ham qon bosimi bor bemorlarni qon bosimini oshirib yuboradi.Qandli diabedi bor bemorlarda ham og'ir kechadi.Chunki ularda shundoq ham immunitet past. Demoqchiman davlat boquvchisini yo'qotgani uchun marhum shifokor oilasiga va'da qilingan pul (250mln so'm)ni berishi shart.
Bu yerda davlat budjeti haqida jon kuydirayotganlaru,shifokorlarga shundayam tana toshini otayotganlar bir oila boshingizdan ayrilib ko'ring.Yoki borib bir kun shu formasini kiyib ishlab ko'ring dimiqib o'lib qolmasangiz agar. Bo'lmasa jilla qursa tilingizni tiyib o'tiring. Arzimagan pul beriladi o'zi. Davlat byudjetini kattaho'rdalar o'ylasin.
Садикова.Ш
охиротлари обод, жойлари жаннат бусин шифокор акамизни, оиласига оллохим сабр берсин
Ilohim oʻtganlarni joyi jannatdan boʻlsin. Meni ham xoʻjayinim,yaʼni turmush oʻrtogʻim karantindalar hozirda. Ishqilib soʻgʻ-omon oilamiz bagʻriga yetib kelsinlar.
Jon berib ishlayotgan shifokorlarimizga katta rahmat! Joyi jannatda bólsin. Ularni qadrlaylik,azizlar!
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun! Alloh rahmatiga olgan bo'lsin...
Гули Жураева
Жудаям афсусдаман оллох рахмати ва жаннати килсин охиратини берсин оиласига сабр берсин илохим колган беморлар согайиб кетсин бошка хеч кимга юкмасин юртимиздан бу бало тезрок даф булсин омин
Allox raxmatiga olgan bo'lsin...
joylari janatda bolsin omin
Shoira Karimqulova
Xushnudbek!! siz men aytmoqchi bo'lgan mavzuni ko'pchilikka yetkazib fikrini bilib ko'rsangiz agar maqul kelsa albatta.Meni fikrim eng ko'p virus bilan kasallanganlar Toshkent shahridan ,menimcha xammani bo'lmasa xam ko'pchilik oilalarda tomog'i og'rigan,bir oz shamollagan yoki qandaydir simptomlar bilan kasallangan odamlarni xammasini testdan o'tkazish kerak va xamma aniqlanganlarni davolab toza bo'lgan xududga umuman chetdan xech kimni kirgazish kerak emas shu usulda xar bitta viloyatni alohida alohida tozalab olish mumkin .Toza bo'lgan xududagilar keyin bemalol ishlashlari mumkin.Testdan o'tkazganda xam bitta joyga borib emas maxsus mashinada tibbiyot xodimlari maxallalarni o'zida namuna olishi kerak.Agar zarur bo'lsa imkon darajasida testni pullik qilishsa xam mayli. 50% bo'lsa xam.Chunki boshqa tashxis bilan kasallanganlarda xam virus aniqlanayaptiku.Siz ma'lumot bergan vafot etganlar boshqa tashhis bilan davolangan.Balki birus o'sha kasallarni qo'zg'alishiga sabab bo'layotgandir.Biz uyda oddiy shamollash yoki tomoq og'rig'i deb davolayotganimiz aslida virusdir.

Show next 16 comments