Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 86 more comments
Mana bugun 26 Sana qabul kvota tasdiqlangan
Nima uchun online qabulda hujjat qabul qilinmayabdi??
Qabul 2021 sahifasiga kirilsa,
Hali tillar kesimida dasdiqlangan yo'q!!
Qachon tasdiqlanadiyu topshiriladi
Vaqt qarab turmediyu
Tiqilich qilmasdan tezro harakat qilsa bo'lmedimi??
Bobur Togʻayev
Assalomu alaykum. Bu yil magistratura imtihonlari ikki bosqichda bo‘lar ekan. Bunga ko'ra baholash mezonlari qanday tartibda bo‘ladi? Birinchi bosqich natijasi 3 kundan keyin chiqadi, bunday holatda 1-bosqichni o‘zidan ham yiqilishi mumkinmi? Eng minimal natija qanday tartibda bo‘ladi 1 - bosqichdan o‘tish uchun
Olimjon Yo'ldoshev
Kechki ta'limdan sirtqi ta'limga perevod qilsam bo‘ladimi? Yo‘nalishim turdosh yo‘nalishlar qatorida
Yuriddiskiyda ikkinchi mutaxasislik bo‘yicha qabul ochilsin taklif bering Xushnudbek aka
Ширин
Майда савол ва кайта кайта берилган саволга Яна мурожаат киляпман. Румол масаласи качон тугайди? Жаноб Вазир, сиз бунга нима дея оласиз, хижоб ураган укитувчилар ОТМ да ишлашга хакки борми? Агар булса, бу буйича муаммо келиб чикса кимга мурожаат килиш керак? Жавоб учун ташаккур!
Hoz botta prosta komentla ketvotmi ili shu savolilaga javob bershadmi
Муродуллаев Жасур
Assalomu aleykum men maskvada ishlayman qurilishda va shu sohada oʻqishga kirmoqchiman Rutmit va bu gasudarstivni universitet uzbga kuchirish qanday buladi
Assalomu alaykum Men Moskva Elektr energetika Universiteti Toshkent filialida oqiyman yonalishim ham elektr energetika oqiwimni Ozbning ped yonalishiga kochirolamanmi javob u rahmat
Kasb hunar maktablaridagi bilimsiz betarbiya o‘quvchilar erkak o‘qituvchini sababsiz haqoratlasa va g‘ururiga tegib o‘qituvchilik qilishga bo‘lgan ishtiyoqini sindira o‘quvchi ota onasiga nima chora kurish kerak qachonga ota onalar bolasini tarbiyasiga e‘tibor bermasdan qanchadan qancha erkak o‘qituvchilarni ta‘lim sohasidan ketishga majbur qilishadi?
Ҳамма учун жуда ҳам керакли ва фойдали суҳбат бўлади,менимча.
Assalomu aleykum. Mening ismim Maxliyoxon. Meni savolim quyidagicha " Institutni bitirgandan soʻng 6 oylik yoki 4 oylik pedagogik ta'lim kurslarida oʻqish uchun pedagogika sohasini bitirgan bo'lishi shartmi? Yoki boshqa yoʻnalishni bitirsa ham boʻlaveradimi. Misol uchun Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat institutida oʻqib ham kursga borib pedagog bo'lish mumkinmi? Bizda aksariyat o'qituvchilarimiz oʻzimizni institutni tamomlaganlar. Shu savolga javob bersangiz iltimos. Javob uchun oldindan rahmat
Yuridiskiyda ikkinchi mutaxasislik yoki masofaviy ta'lim bo‘yicha qabul bo‘lsin taklif bering Xushnudbek aka
2- mutaxassislik togrisida koproq suhbat bolsa yaxshi bolardi
KAMRON
Assalomu aleykum Xushnudbek aka men bu yil Qarshi davlat unversitetida yangi ochilgan tibbiyot fakultetiga hujjat topshirsam kn yunalishim bõyicha Sammarqand tibbiyot instutiga õqishimni kõchirsam bõlaladimi iltimos shu savolni javobsiz qoldirmang
Murod Turg'unboyev
Ha Menda bir taklif bor edi oldingi hammaga soendiya beradugan 4 5 lik spendiya beradigan tizimga qaytaylik sizda iltimos osha svaolimga javob berip otig korupsiyaga qarshi kurashish uchun boshqa yolllaram borku.Talabalar qachon jamyyatta obrosi ko'tariladi qolgan evropa mamlakatklariga o'xshap o'shanda bizda ham talablar ishlamasdan o'qirdi o'shanda bizda ham bolar qurilishlarda ishlamasdi ular ham o'qirdi shular yuzasidan ham biror ish qilig sizdan iltimoss agar iloji bollsa
Assalomu alaykum. Men nima uchun talaba imtihonda o'ta olmasa o'qituvchiga gap tegishini so'ramoqchiman. Axir oliy ta'lim majburiy emasku. Bundan tashqari o'qimaydigan o'quvchini kim ham o'qita olardi. O'qituvchilarga erkinlik berishi kerak. Bunaqada imtihon savollarini oldinda berib uni yodlagan talaba uzoqqa borolmaydi. Izoh: men ham talabaman.
Yuridik texnikumlar haqida
Bakalavrga topshiruvchilar kabi magistrlarga ham imkoniyatlar oshirilmasmikan? 5ta yo‘nalishni tanlashdek shunga o‘xshash.
Ulug'bek
Nimaga jismoniy madaniyat yoʻnalishiga kirish imtihoniga amaliy imtihonlar nimalardan boʻlishi juda kech(imtihonga 20-25 kun) qolganda eʻlon qilinadi? Bu yilgi amaliy imtihonlar qachon e'lon qilinadi?»
Show next 100 comments