Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири
Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;
— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;
— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;
— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.
Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Kochirish boyicha grant grant bop kochish haqda gapirib bering Xushnudbek aka
Yaxshi loyiha boshlabsiz!
Endi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vaziri Abduqodir Toshqulovga savolim bor:
Yaqinda M-Faktor loyihasida Abduqodir Toshqulov Magistratura bosqichi boʻyicha juda koʻp korrupsion holatlar uchrayotganini, OTMga Magistratura bosqichi qabuli hamda imtihonini berishga mutlaqo qarshi ekanligini aytib oʻtgan edi.
Lekin yaqinda bu fikrlarning tamomila aksini koʻrdik.
Yaʼni Magistratura bosqichi boʻyicha mutaxassislik fanlari imtihonini OTM oʻzi olar ekan.
Yozma shaklda Test shaklda yoki ogʻzaki holda.
Buni OTM hal qilar ekan
Ingliz tilini esa DTM olib berar ekan.
OTMga Magistratura bosqichini ishonib topshirib qoʻyish, bir paytlar Xushnudbek Xudayberdiyev aytganidek, "Bo'rining ogʻziga qoʻzini solib qoʻygandek" ish emasmi?
Kim aniq aytadi, yoki kim kafil boʻla oladi, ushbu qarordan keyin korrupsiya boʻlmaydi, Magistraatura bosqichi top-toza oʻtadi deb kim kafil boʻla oladi???
Bu mutlaqo notoʻgʻri qaror!!!
O'qishni ko'chirish ya'ni perevod masalasida ham to'liqroq ma'lumot bilishni imkoni bormi