Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 93 more comments
Муродуллаев Жасур
Assalomu aleykum men maskvada ishlayman qurilishda va shu sohada oʻqishga kirmoqchiman Rutmit va bu gasudarstivni universitet uzbga kuchirish qanday buladi
Assalomu alaykum Men Moskva Elektr energetika Universiteti Toshkent filialida oqiyman yonalishim ham elektr energetika oqiwimni Ozbning ped yonalishiga kochirolamanmi javob u rahmat
Kasb hunar maktablaridagi bilimsiz betarbiya o‘quvchilar erkak o‘qituvchini sababsiz haqoratlasa va g‘ururiga tegib o‘qituvchilik qilishga bo‘lgan ishtiyoqini sindira o‘quvchi ota onasiga nima chora kurish kerak qachonga ota onalar bolasini tarbiyasiga e‘tibor bermasdan qanchadan qancha erkak o‘qituvchilarni ta‘lim sohasidan ketishga majbur qilishadi?
Ҳамма учун жуда ҳам керакли ва фойдали суҳбат бўлади,менимча.
Assalomu aleykum. Mening ismim Maxliyoxon. Meni savolim quyidagicha " Institutni bitirgandan soʻng 6 oylik yoki 4 oylik pedagogik ta'lim kurslarida oʻqish uchun pedagogika sohasini bitirgan bo'lishi shartmi? Yoki boshqa yoʻnalishni bitirsa ham boʻlaveradimi. Misol uchun Toshkent Toʻqimachilik va yengil sanoat institutida oʻqib ham kursga borib pedagog bo'lish mumkinmi? Bizda aksariyat o'qituvchilarimiz oʻzimizni institutni tamomlaganlar. Shu savolga javob bersangiz iltimos. Javob uchun oldindan rahmat
Yuridiskiyda ikkinchi mutaxasislik yoki masofaviy ta'lim bo‘yicha qabul bo‘lsin taklif bering Xushnudbek aka
2- mutaxassislik togrisida koproq suhbat bolsa yaxshi bolardi
KAMRON
Assalomu aleykum Xushnudbek aka men bu yil Qarshi davlat unversitetida yangi ochilgan tibbiyot fakultetiga hujjat topshirsam kn yunalishim bõyicha Sammarqand tibbiyot instutiga õqishimni kõchirsam bõlaladimi iltimos shu savolni javobsiz qoldirmang
Murod Turg'unboyev
Ha Menda bir taklif bor edi oldingi hammaga soendiya beradugan 4 5 lik spendiya beradigan tizimga qaytaylik sizda iltimos osha svaolimga javob berip otig korupsiyaga qarshi kurashish uchun boshqa yolllaram borku.Talabalar qachon jamyyatta obrosi ko'tariladi qolgan evropa mamlakatklariga o'xshap o'shanda bizda ham talablar ishlamasdan o'qirdi o'shanda bizda ham bolar qurilishlarda ishlamasdi ular ham o'qirdi shular yuzasidan ham biror ish qilig sizdan iltimoss agar iloji bollsa
Assalomu alaykum. Men nima uchun talaba imtihonda o'ta olmasa o'qituvchiga gap tegishini so'ramoqchiman. Axir oliy ta'lim majburiy emasku. Bundan tashqari o'qimaydigan o'quvchini kim ham o'qita olardi. O'qituvchilarga erkinlik berishi kerak. Bunaqada imtihon savollarini oldinda berib uni yodlagan talaba uzoqqa borolmaydi. Izoh: men ham talabaman.
Yuridik texnikumlar haqida
Bakalavrga topshiruvchilar kabi magistrlarga ham imkoniyatlar oshirilmasmikan? 5ta yo‘nalishni tanlashdek shunga o‘xshash.
Ulug'bek
Nimaga jismoniy madaniyat yoʻnalishiga kirish imtihoniga amaliy imtihonlar nimalardan boʻlishi juda kech(imtihonga 20-25 kun) qolganda eʻlon qilinadi? Bu yilgi amaliy imtihonlar qachon e'lon qilinadi?»
Assalomu alaykum
Kochirish boyicha grant grant bop kochish haqda gapirib bering Xushnudbek aka
Ассалому алейкум. Чет эл Отм 1000 таликка кирмаган булса перевод кандай булади
Assalomu alaykum,ovozli chatga qanday qo'shiladi
СЕКРЕТНЫЙ 007
Assalomu alaykum HARBIY XIZMATDAGI OLIY MA‘LUMOTLILAR MAGISTRATURAGA qanday o‘qisa bòladi imoniyat shu savolni bersangiz iltimos
Xorijiy davlatda õqiyotgan talabalar ham test topshiradi emish ôzi test topshirib õqishga kirgan bõlsa kõchirishga yana test topshirsa tozza hamma joyni óyin qilib tashladi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka ichki prevod haqida ham to‘liqroq ma lumot bering iltimos unga ham test topshiriladimi
Botir
Assalomu alaykum hurmatli Xushnudbek Xudayberdiyev!

Yaxshi loyiha boshlabsiz!

Endi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vaziri Abduqodir Toshqulovga savolim bor:

Yaqinda M-Faktor loyihasida Abduqodir Toshqulov Magistratura bosqichi boʻyicha juda koʻp korrupsion holatlar uchrayotganini, OTMga Magistratura bosqichi qabuli hamda imtihonini berishga mutlaqo qarshi ekanligini aytib oʻtgan edi.

Lekin yaqinda bu fikrlarning tamomila aksini koʻrdik.
Yaʼni Magistratura bosqichi boʻyicha mutaxassislik fanlari imtihonini OTM oʻzi olar ekan.
Yozma shaklda Test shaklda yoki ogʻzaki holda.
Buni OTM hal qilar ekan
Ingliz tilini esa DTM olib berar ekan.

OTMga Magistratura bosqichini ishonib topshirib qoʻyish, bir paytlar Xushnudbek Xudayberdiyev aytganidek, "Bo'rining ogʻziga qoʻzini solib qoʻygandek" ish emasmi?

Kim aniq aytadi, yoki kim kafil boʻla oladi, ushbu qarordan keyin korrupsiya boʻlmaydi, Magistraatura bosqichi top-toza oʻtadi deb kim kafil boʻla oladi???

Bu mutlaqo notoʻgʻri qaror!!!
Show next 100 comments