Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Хожиакбар
Укишармикин бизи ёзганлармизи
Dilafròz Mirzohidova
Assolomu alaykum o'tgan yilgi kirish imtihonlarida karantin cheklovlari sababli ba'zi universitet va institutlarda amaliy sinovlar qoldirilib faqat test o'tkazilgan edi.Masalan,Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetda amaliy diktant qoldirilgan ,bu yil ham aynan shu oliygohda qoldiriladimi?Javob uchun oldindan katta rahmat
Assalomu alaykum hurmatli A.Toshqulov. Men Toshkent Davlat agrar universiteti Termiz filiali talabasiman. Òtgan 2020-yilda òqishimni kòchirish uchun Ter.Du biologiya yònalishiga avgust oyida ariza topshirgandim, ammo hech qanaqa javob keladi. 2021-yilning fevral-yanvar oyida harbiylarning oilalari uchun òqishni kòchirish vaqtida ham ariza topshirdim undan ham hech bir javob kelmadi.
Turmushga chiqqanman yosh bolaliman. Shu muammo bòyicha yechim topishimga yordam berishingizni sòrayman.
Azizjon
Hammasi quruq safsata
Assalomu alaykum sport olimpiada gʻolibligi bilan grand asosida oʻqiyotgan talabalar oʻqishini noturdosh yoʻnalishga yani matematikadan tarix fakultetiga koʻchirsa boʻladimi va grand grand holida koʻchadimi yoki kontraktmi.
Assalomu alaykum! Magistratura yo‘nalishiga shu yil DTM test oladi deyilgandi. Lekin bu yil ham OTM lar tasarrufida qoldi. Aytmoqchi bo‘lganim shuki, bakalavriyatga kirmoqchi bo‘lgan abiturient qaysi darsliklardan savol tushishini (kamida 6 oy oldin) aniq biladi. Aslida tasdiqlangan darsliklar ro‘yxati e‘lon qilinguncha ham qaysi darsliklar ekani aniq bo‘ladi. Magistraturada esa yo‘q. E‘lon qilishsa ham, qabul boshlanganda e‘lonlar doskasiga qo‘yishadi. Qachon shu masala yechim toparkan? Shu yil umid qilgandik. Ammo...
Assalomu alaykum magistratura bitiruvchilarini oliy taʼlimga ishga qolish amaliyoti joriy qilinganmi. Xalq taʼlimi sohasida 13 yillik staj bor oliy toifali man. Bu yil magistraturani aʼloga tugatdim. Maqsadim oʻz soxam boʻyicha oliy taʼlim muassasasida ishlamoqchi edim.
Здравствуйте. Вы нас порадовали с изменениями при поступлении в магистратуру, противодействовав коррупции . Мы благодарны Вам за это. Теперь прошу Вас пересмотреть положения получения именных стипендий, там тоже в большинстве случаев получают стипендии недостойные
Sitora
Biz xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar òqish kòchirish tartibiga qisqa vaqt qolganida òzgartirishlar kiritilishiga mutlaqo qarshimiz.Nima uchun amaliyotga joriy qilinishi kutilyotgan yangiliklar haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi.Bizga perevod imtihonlariga juda oz muddat qolganida imkonsiz talablar qòyib zarba berishingiz nohaqlik.Xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan yoshlarga ham yengilik yaratib berishingizni,òqishni kòchirish doimgi amalda tizim bòyicha ya'ni maksimal balning 30%ni tòplash tartibi bòyicha amalga oshirilishini biz kabi òzga musofir yurtda ilm olish,kelajakda bir kasbning yetuk egasi bòlish maqsadida yurgan yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni va òqishimizni kòchirib,òzimizda davom ettirishimizda amaliy yordam berishingizni sòraymiz.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz axir!!!
Doniyor Kurbonov
Магистратура ва яна перевод масалаларида чекловли у́згаришлар килмокчи бу́ляпсизлар. Бундай нарсалар камида бир йил аввалрок огохлантириб кейин килинса яхши бу́ларди. Дабдурустдан карорлар чикарсангиз ку́пчиликни умидлари пучга чикади. Ахир бунга тайёргарлик ку́рганлар бор.
Bu yilgi 4 kurs, bitiruvchilarini diplomi qachon beriladi, Xamma imtihonlar topshirib boʻlinlgan faqat diplom tezroq berilsin, ???????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????
Geografiya o'qitish metodikasi yo'nalishini tamomladim GEOLOGIYAga topshirolamanmi magistraturaga
Doniyor Kurbonov
Дабдурустдан чекловлар бу́лмасин илтимос
Assalomu alekum men Andijon viloyati Sharda universitetida biznes sohasida oqiman shu viloyatimdegi o'qishga ko'chirmoqchiman. Soham tori kelsa kochirsam boladimi? Uzbekistondagi Ho'rijiy o'qishlar filyallaridan o'zimizning davlat o'qishlariga ko'chirish qanday boladi. Oldindan raxmat
Н.Феруза
Ассалом алейкум, фарзандим Сингапурский институтга шартнома асосида укишга кабул килинди. Бир йил укигач , уни Молия институтига ёки Иктисодиёт университетига утказишим мумкинми.
Н.Феруза
Сингапурский институтни тамомлаб Узбекистон ташкилотларида диплом асосида ишлашга рухсат бериладими
Sitora
Biz xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan yoshlarga ham bu yil Yoshlarni qullab-quvvatlash yili ekanligini inobatga olgan holda amaliy yordam berishingizni sòraymiz.
Shoh Jahon Karimberdiyev
1.Bizga bu tartib nimaga kerak? Davlatni boy qilish uchunmi yana? Bu tartib orqali nimaga erishishni kutishyapti? 2. Bir OTM doirasida bir fakultetdan boshqasiga ko'chirish haqida ham ma'lumot bersangiz . Albatta yo'nalishi ( masalan blokdagi fanlar) to‘gri kelgan holatda.
Keyingi yildan Magistraturaga topshirishda Ielts sertifkati qanday imtiyoz beradi.Qandaydir qõshimcha balmi qanday imtiyozlar bôlishi mumkin.
Assalomu aleykum hurmatli raxbarlar men TDTUda Kechki ta‘lim shaklida Elektr energetikasi fakultetida o‘qiyman. O‘qishimni O‘ZMUga Axborot xavfsizligi yo‘nalishiga ko‘chirsam bo‘ladimi?
Hozirgi o‘qiyotgan ta‘lim shaklimizda stipendiya berilmaydi ko‘chirmoqchi bo‘lgan kunduzgi ta‘lim shaklida stipendiya bor. Menda o‘qishni ko‘chirsam kontrakt masalasi qanday bo‘ladi?
Javoblaringiz uchun oldindan raxmat.
Show next 100 comments