Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Doniyor Kurbonov
Магистратура ва яна перевод масалаларида чекловли у́згаришлар килмокчи бу́ляпсизлар. Бундай нарсалар камида бир йил аввалрок огохлантириб кейин килинса яхши бу́ларди. Дабдурустдан карорлар чикарсангиз ку́пчиликни умидлари пучга чикади. Ахир бунга тайёргарлик ку́рганлар бор.
Bu yilgi 4 kurs, bitiruvchilarini diplomi qachon beriladi, Xamma imtihonlar topshirib boʻlinlgan faqat diplom tezroq berilsin, ???????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????
Geografiya o'qitish metodikasi yo'nalishini tamomladim GEOLOGIYAga topshirolamanmi magistraturaga
Doniyor Kurbonov
Дабдурустдан чекловлар бу́лмасин илтимос
Assalomu alekum men Andijon viloyati Sharda universitetida biznes sohasida oqiman shu viloyatimdegi o'qishga ko'chirmoqchiman. Soham tori kelsa kochirsam boladimi? Uzbekistondagi Ho'rijiy o'qishlar filyallaridan o'zimizning davlat o'qishlariga ko'chirish qanday boladi. Oldindan raxmat
Н.Феруза
Ассалом алейкум, фарзандим Сингапурский институтга шартнома асосида укишга кабул килинди. Бир йил укигач , уни Молия институтига ёки Иктисодиёт университетига утказишим мумкинми.
Н.Феруза
Сингапурский институтни тамомлаб Узбекистон ташкилотларида диплом асосида ишлашга рухсат бериладими
Sitora
Biz xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan yoshlarga ham bu yil Yoshlarni qullab-quvvatlash yili ekanligini inobatga olgan holda amaliy yordam berishingizni sòraymiz.
Shoh Jahon Karimberdiyev
1.Bizga bu tartib nimaga kerak? Davlatni boy qilish uchunmi yana? Bu tartib orqali nimaga erishishni kutishyapti? 2. Bir OTM doirasida bir fakultetdan boshqasiga ko'chirish haqida ham ma'lumot bersangiz . Albatta yo'nalishi ( masalan blokdagi fanlar) to‘gri kelgan holatda.
Keyingi yildan Magistraturaga topshirishda Ielts sertifkati qanday imtiyoz beradi.Qandaydir qõshimcha balmi qanday imtiyozlar bôlishi mumkin.
Assalomu aleykum hurmatli raxbarlar men TDTUda Kechki ta‘lim shaklida Elektr energetikasi fakultetida o‘qiyman. O‘qishimni O‘ZMUga Axborot xavfsizligi yo‘nalishiga ko‘chirsam bo‘ladimi?
Hozirgi o‘qiyotgan ta‘lim shaklimizda stipendiya berilmaydi ko‘chirmoqchi bo‘lgan kunduzgi ta‘lim shaklida stipendiya bor. Menda o‘qishni ko‘chirsam kontrakt masalasi qanday bo‘ladi?
Javoblaringiz uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum boshqa davlatdan o'qishni ko'chirish masalasida aniqroq javob kerak
Assalom alaykum masalan deylik Buxoro yoki Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga òqishni kòchirishda Toshkent shahriga davolanishga ketish uzrli sabab bòla oladimi.Masalan meni Toshkentda qarindoshim bor men ularni qaramoģidaman ularni propiskalari bor men ham òqishimni Surxandaryodan Toshkentga mos va turdow yònalishga pervot qila olamanmi.Javob uchun oldindan rahmat...
Xayrullayeva U
Assalom alaykum man Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida oʻqiyman oila qurayotkanim sababli oʻqishimni Navoiy davlat pedagogika institutiga koʻchirmoqchiman tarix yoʻnalishiga koʻchirmoqchiman noturdosh boʻlsa ham manga imkoniyat bormi oʻqishni koʻchirishim uchun chunki Navoiyda madaniyat institutini filiali yoʻq
Assalomu alaykum.Xorijiy davlatlarda ta‘lim olayotgan talabalarni o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishda yengillik yarating,chunki ular ham yurtimiz uchun o‘zlarini qo‘ldan kelguncha yaxshi xizmat qiladi.Pandemiya sharoitida ko‘pchiligi onlayn o‘qishdi.Kirdi-chiqdi vizalari bo‘lmasa ham ruxsat berish kerak.Agar ularda o‘qishga xoxish istak bo‘lmasa bari-o‘zimizda ham sessiyada yiqilishlari tayinku.Shu sababli yoshlarimizga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.Prezidentimiz ham yoshlarni har tomonlama quvvatlayaptiku.Boshlari omon bo‘lsin.
PRINCESSA
Ассалому алейкум Абдукодир Тошкулов укишни кучириш буйича, баллар кандай таксимланади супер контракт пулнихам Хар йилгидака буладими
xorijdan O'zbekistonga o"qishni ko'chirishda qanday hujjat kerak va kimga murojaat qilish kerak.
G.Rahmonqulova
Assalomu alaykum!Farzandim ikki yildan buyon òqishga yuqori ball tòplagan bòlishiga qaramasdan ayrim sabablarga kòra kira olmadi.Majburlikdan ilojsizlikdan super kontraktni tòlashga imkiniyatim yetmaganidan yana bir yilni kuydirmaslik uchun(chunki tibbiyot sohasida 8 yil òqishi kerak edi)qiz bola boshi bilan òzi shu sohaga qiziqqanligi uchun òzga yurtga òqishga topshirishiga majbur bòldik.Ammo òzga musofir yurtda qiz bolaga olti yillab òqish farzandimga ham bizga ham oģirlik qiladi.Xorijdan òqishini kòchirish tartibidagi amaliyotga joriy qilinishi kutilyotgan yangiliklardan xabarim bor.Lekin bu talablar yoshlar uchun imkonsuz.Nimagaki ular bir yil davomida universititut fanlarini òqidi.Qolgan qisqa vaqtda endi sessiya semestr yopadi.Xullas shu narsani ham talab ham iltimos qilmoqchimanki bu yil òqishni kòchirishga hech qanday òzgartirishlar kiritilmasin qolgan qisqa vaqt ichida.Bu yil ham doimgi amaldagi tizim bòyicha ya'ni maksimal balning 30%ni tòplash tartibi bilan amalga oshirilishini iltimos qilaman.Farzandlarimiz òzga musofir yurtda emas,òz yurtimizda ota-onasi baģrida òqib ilm olishiga amaliy yordam berishingizni sòraymiz!
qo'shma dastur asosidagi universitet talabalariga hech imtiyozmi yengillikmi yo'qmi? Masalan, UrDu va Astraxan texnika univerditetidagi talaba Urduga perevod qilsa osonroq bo'lmaydimi, axir ikki tomon imzolaga hujjatlar bor. Shunga aniqlik kiritib bering.Vaqt ajratib xalq dardini eshitganlarga rahmat!
Show next 100 comments