Бугун, 27 июнь куни соат 20:30 дан бошлаб каналимиз орқали олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— абитуриентлар учун қабул жараёнларига оид янгиликлар;

— хориждаги ва Ўзбекистондаги ОТМлардан ўқишни кўчиришга оид маълумотлар;

— магистратура қабулидаги ўзгаришлар;

— талабалар учун ўқув жараёнларига оид хабарлар ва ҳ.к.

Вазирга овозли чат давомида бевосита савол ёки таклиф бермоқчи бўлсангиз, изоҳларда фикрингизни ёзиб қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

3356 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum magistratura bitiruvchilarini oliy taʼlimga ishga qolish amaliyoti joriy qilinganmi. Xalq taʼlimi sohasida 13 yillik staj bor oliy toifali man. Bu yil magistraturani aʼloga tugatdim. Maqsadim oʻz soxam boʻyicha oliy taʼlim muassasasida ishlamoqchi edim.
Здравствуйте. Вы нас порадовали с изменениями при поступлении в магистратуру, противодействовав коррупции . Мы благодарны Вам за это. Теперь прошу Вас пересмотреть положения получения именных стипендий, там тоже в большинстве случаев получают стипендии недостойные
Sitora
Biz xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan talabalar òqish kòchirish tartibiga qisqa vaqt qolganida òzgartirishlar kiritilishiga mutlaqo qarshimiz.Nima uchun amaliyotga joriy qilinishi kutilyotgan yangiliklar haqida òquv yilining boshida ogohlantirilmadi.Bizga perevod imtihonlariga juda oz muddat qolganida imkonsiz talablar qòyib zarba berishingiz nohaqlik.Xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan yoshlarga ham yengilik yaratib berishingizni,òqishni kòchirish doimgi amalda tizim bòyicha ya'ni maksimal balning 30%ni tòplash tartibi bòyicha amalga oshirilishini biz kabi òzga musofir yurtda ilm olish,kelajakda bir kasbning yetuk egasi bòlish maqsadida yurgan yoshlarga keng imkoniyatlar ochib berishingizni va òqishimizni kòchirib,òzimizda davom ettirishimizda amaliy yordam berishingizni sòraymiz.Biz ham Òzbekiston yoshlarimiz axir!!!
Doniyor Kurbonov
Магистратура ва яна перевод масалаларида чекловли у́згаришлар килмокчи бу́ляпсизлар. Бундай нарсалар камида бир йил аввалрок огохлантириб кейин килинса яхши бу́ларди. Дабдурустдан карорлар чикарсангиз ку́пчиликни умидлари пучга чикади. Ахир бунга тайёргарлик ку́рганлар бор.
Bu yilgi 4 kurs, bitiruvchilarini diplomi qachon beriladi, Xamma imtihonlar topshirib boʻlinlgan faqat diplom tezroq berilsin, ???????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????????
Geografiya o'qitish metodikasi yo'nalishini tamomladim GEOLOGIYAga topshirolamanmi magistraturaga
Doniyor Kurbonov
Дабдурустдан чекловлар бу́лмасин илтимос
Assalomu alekum men Andijon viloyati Sharda universitetida biznes sohasida oqiman shu viloyatimdegi o'qishga ko'chirmoqchiman. Soham tori kelsa kochirsam boladimi? Uzbekistondagi Ho'rijiy o'qishlar filyallaridan o'zimizning davlat o'qishlariga ko'chirish qanday boladi. Oldindan raxmat
Н.Феруза
Ассалом алейкум, фарзандим Сингапурский институтга шартнома асосида укишга кабул килинди. Бир йил укигач , уни Молия институтига ёки Иктисодиёт университетига утказишим мумкинми.
Н.Феруза
Сингапурский институтни тамомлаб Узбекистон ташкилотларида диплом асосида ишлашга рухсат бериладими
Sitora
Biz xorijdan òqishini kòchirmoqchi bòlgan yoshlarga ham bu yil Yoshlarni qullab-quvvatlash yili ekanligini inobatga olgan holda amaliy yordam berishingizni sòraymiz.
Shoh Jahon Karimberdiyev
1.Bizga bu tartib nimaga kerak? Davlatni boy qilish uchunmi yana? Bu tartib orqali nimaga erishishni kutishyapti? 2. Bir OTM doirasida bir fakultetdan boshqasiga ko'chirish haqida ham ma'lumot bersangiz . Albatta yo'nalishi ( masalan blokdagi fanlar) to‘gri kelgan holatda.
Keyingi yildan Magistraturaga topshirishda Ielts sertifkati qanday imtiyoz beradi.Qandaydir qõshimcha balmi qanday imtiyozlar bôlishi mumkin.
Assalomu aleykum hurmatli raxbarlar men TDTUda Kechki ta‘lim shaklida Elektr energetikasi fakultetida o‘qiyman. O‘qishimni O‘ZMUga Axborot xavfsizligi yo‘nalishiga ko‘chirsam bo‘ladimi?
Hozirgi o‘qiyotgan ta‘lim shaklimizda stipendiya berilmaydi ko‘chirmoqchi bo‘lgan kunduzgi ta‘lim shaklida stipendiya bor. Menda o‘qishni ko‘chirsam kontrakt masalasi qanday bo‘ladi?
Javoblaringiz uchun oldindan raxmat.
Assalomu alaykum boshqa davlatdan o'qishni ko'chirish masalasida aniqroq javob kerak
Assalom alaykum masalan deylik Buxoro yoki Surxondaryo viloyatidan Toshkent shahriga òqishni kòchirishda Toshkent shahriga davolanishga ketish uzrli sabab bòla oladimi.Masalan meni Toshkentda qarindoshim bor men ularni qaramoģidaman ularni propiskalari bor men ham òqishimni Surxandaryodan Toshkentga mos va turdow yònalishga pervot qila olamanmi.Javob uchun oldindan rahmat...
Xayrullayeva U
Assalom alaykum man Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida oʻqiyman oila qurayotkanim sababli oʻqishimni Navoiy davlat pedagogika institutiga koʻchirmoqchiman tarix yoʻnalishiga koʻchirmoqchiman noturdosh boʻlsa ham manga imkoniyat bormi oʻqishni koʻchirishim uchun chunki Navoiyda madaniyat institutini filiali yoʻq
Assalomu alaykum.Xorijiy davlatlarda ta‘lim olayotgan talabalarni o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirishda yengillik yarating,chunki ular ham yurtimiz uchun o‘zlarini qo‘ldan kelguncha yaxshi xizmat qiladi.Pandemiya sharoitida ko‘pchiligi onlayn o‘qishdi.Kirdi-chiqdi vizalari bo‘lmasa ham ruxsat berish kerak.Agar ularda o‘qishga xoxish istak bo‘lmasa bari-o‘zimizda ham sessiyada yiqilishlari tayinku.Shu sababli yoshlarimizga amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.Prezidentimiz ham yoshlarni har tomonlama quvvatlayaptiku.Boshlari omon bo‘lsin.
Show next 100 comments