Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
MT.401 QILICHEVA OYGUL BATOSHEVNA
Sharof
Abduqodir Toshqulov haqida bilmasangiz u xaqda fikr bildirmanglar terdu ni ancha yuksaltirib yubordi
Men ham shu fikrdaman. Nasib natija bo'ladi bir marta atigi bir marta yaxshi ezgu fikrlaylik ahli o'zbegim😔
Eng katta e'tiborni albatta talabalarning turar joyigaa qaratish lozim. Chunki bu bilan ko'pchilik talaba va ota onalarning muammolarini yechilgan bo'lardi
Uz iw uslubini juda ham kucli olib boriwi kerak.Tusiqlar kup buladi.Yuqorida iw olib boriw qiyin uwanga qarab kucli qatiyatli bulib faoliyat olib boriw kerak.Asosiysi uz fikriga ega buliwi kerak
Assalomu alaykum
Bu őzgarishdan juda hursand buldi deyarli barcha talabalar.
Bu inson haqiqatan bu tizimni őzgartira oladigan inson
Avvalo ishni tizim boshqaruvini tozalash va yaxshi yosh kadrlarni jalb qilish kk.
Ikkinchidan tizimdagi shaffoflikni maksimal darajada oshirish kk ayniqsa tanlovlardagi bu vazirlikning nufuzini oshiradi.
Uchinchidan institut larga mustaqillik berishni tezlashtirish kk
Bitiruvchi talabalarni kőproq amaliyotga jalb etish kk
Assalomu alaykum, eng avvalo bizda muammolarning eng ashadisi, bu qoğozda bajariladi lekin, amalda qilinmaydi, bu birgina oliy ta'limda emas, barcha sohaga tegishli, barchamizda yangi ğoyalar, yaxshi fikrlar bor lekin, qoğozdagilarni ôqisangiz bir zumgina 7 osmonga chiqib kelasiz, shunisiga ham shukr shu osmonlarga chiqib keganimizga ham, tepadagilar ham, qayerda nima muammo borligini juda yaxshi biladi, lekin bilmayman nega amalga kelganda ishlash koeffisenti tushib ketadi, yana bir gap har bir sohada shunday ish mehanizmini tuzishimiz kerakki, biz insonligimizni eslab turaylik(robotlikni emas), hammaga ózini sohasini vazifasini berish kerak, ortiqcha narsalar bilan, qadrli vaqtini yemaslik, kerak! Óqituvchimi óqituvchiligini qilsin, darsini ótsin, ôz ustida ishlasin, dars ótish uslubini zamonga moslab qôllasin, nima qilasizlar keraksiz narsalar bilan óqituvchilarni vaqtini ushlab, talabalarni vaqtini ushlab, avvalombor mana shu narsani kótarish kerak....!!!
Iltimos sizlardan,,,,,iltimos,,,ortiqcha qoğozbozlik, majlisboslik bilan keraksiz bir tiyinga qimmat vazifasiga kirmaydigan ishlar bilan vaqtini ôğirlatmanglar,,,,

HOY KATTAKONLAR!!! ILTIMOS SIZLARDAN OZGINA ZAMON BILAN HAMNAFAS BÔLIB YASHAYLIK, UNUTING SHU ESKI TUZUMLARNI ENDI!!! ÓZIMIZNI SHU AMERIKALARDAN NIMAMIZ KAM, ÔSHA HAVO, ÔSHA, ÓSHA BINOLAR, BIZDA HAM BÔLADI, ANA SHU AMERIKALIKLARNIKIDAK MIYYA, KOREYALIKLARNIKIDEK IKKITA QÔL, UMUMAN MANA MAN DEGAN OLIMLARINGIZDA NIMA BÔLSA BIZDA HAM BOR, BIZDA 24 SOAT, ULARDA HAM SHU 24 SOAT BOR, FAQAT BIZDAN TALAB QILINADIGAN NARSA MEHNAT VA DUNYO QARASHIMIZNI ZAMONGA MOSLAB ISH FAOLIYATIMIZNI OLIB BORSAK, XUDO XOHLASA AMERIKADAN HAM, KOREYADAN HAM, UMUMAN HAMMA HAMMASIDAN ÓZIB KETAMIZ, BARCHANGIZGA RAHMAT!
Bobir
O'zbekistonda vazirliklar shunday tuzilganki, unda geniy odam rahbar bulsa ham tizimli uzgarishlar qilolmaydi. Sababi ularning vakolatlari, erkinliklari cheklangan. Hamma yoq byurokratiya. Bugun bir islohot qilsa tepadagilar ertasi kuniyoq natija talab qilishadi. Mamlakat miqyosida ayniqsa ta'lim sohasidagi islohotlar asta sekinlik bilan mo'l hosil beradigan islohotlardir. Lekin bizda buni hech qaysi rahbar tushunmaydi. Hammasi yangi vazilar ham bugun rahbarlarga yaxshi kurinish va shuning ortida yog'li joyda kuproq utirishni uylashadi holos. Bu mening shaxsiy fikrim.
Oliy talimda qarashlar hali ham eski foydalanilayotgan adabiyotlar o'tgan asr adabiyotlari Talabalarga mativatsiya beradigan loyhalar yo'q . Ilmiy ish qilish fan bo'yicha izlanishga yo'nalish beradigan ustozlarni k'opaytiriah kerak
Assalomu aleykum.Hozirda juda koplab yowlar qo'shni davlatlarda talim olmoqda.Shu masalaga ham etibor berilsa yaxwi bo'lar edi
Roston Toshqulov juda katta ózgartirishlarni amalga oshirdi nasib bólsa bundan buyog'iga ham ishini yaxshi olib boradi.
☆☆☆
Insitutdagi o'qutuvchilarni ko'pchili juda past bilim darajasiga ega shunchaki kitoblardi ma'ruzani o'qib kelib dars o'tishadi shu masalaga ham biroz etibor qaratilsa edi talabalar bo'lajak o'qituvchilar ham yaxshi bilimga ega bo'lishar edimi
Talabalar yotoqxonasini issiqligiga e'tibor bersa yaxshi bo'lardi to'g'ri bu kichik muammode tuyular lekin juda ko'pchilik talabalar kasal xonalar issiq emas isitish moslamalariga ruxsat yo'q shuni orqasidan davomat ham yaxshi emas
ULUG‘BEK CHORIYEV
Abduqodir Toshqulov Terduda juda katta o‘zgarishlar qildilar men o‘ylaymanki Oliy ta'lim sohasini bundanda katta o‘zgartirishlarini kutib qolamiz.
Олий таълим тизими ишлаб чиқариш ва хизмат кўрсатиш, яъни реал ҳаёт билан чамбарчарс боғлиқ бўлиши керак. Компания ва давлат органлари билан ҳамкорлик йўлга қўйиш керак. Бунинг учун эса компания ва давлат органлари яхши кадрларга, иқтидорли ходимларга эхтиёжи бўлиши керак. Давлат органларига ва компанияларга коррупция мойил бўлмаган яхши кадрлар ва иқтидорли ходимлар керакми деган саволга жавоб қолди. Битта вазирликка боғлиқ нарса эмас манимча.
BARI O"SHA O'SHA QOLADI katta ehtimol qachon biror kattaroq o'zgarish bo'lishiga ishonmiman. Agar rostanam o'zgartira oladigan odam viijdonli insofli va va talimni o'ylidigan odam bo'ganda bu yergacha yetib kelomasdi bizni tizimda hali talimni rostakamiga o'zgartira oladigan odam borligiga ishonmiman. Lekin bolishiga umid qilaman va haqiyqiy o'zgarishni kutaman.
Bo'lar-bo'lmas eksperimentga qabul qilingan va o'z ijobiy tasdig'ini topmagan ishlarni yo'q qilish kerak. Rus guruhiga rostdan ham rus tilini biladigan talabalarni olish tizimini ishlab chiqish kerak. Magistraturaga faylasufni texnikaga yoki aksi kabilarni hujjat topshirish ishlarini bekor qilish kerak, sababi 2 yilda gumanitar yo'nalishda o'qigan bitiruvchidan mexanik yoki texnolog chiqmaydi. Istesno sifatida shu sohaga tegishli joyda ishlagan va tajribaga ega ekanligi korrupsiya aralashmagan holatda hujjat taqdim qilsa ruxsat berish kerak.
Oliy ta'limdagi eskicha qarashlardan voz kechish lozim professor oʻqituvchilar va talabalar oʻrtasida shaffoflikni ta'minlash uchun astoydil harakat qilish kerak
Ishtixon
ОТМни битириб чикаётган бакалавр даражасидаги битирувчиларни 60-70%ни билими етарли даражада эмас. Шундай экан ОТМ укитувиларига купирок масьулият юклаш керак
Eshonqulov Abdurasul
Menimcha o‘zgarishlar vaqti keldi. Bu inson uzoq vaqtlardan buyon shu sohada ekanligini inobatga olsak bu yaxshi yangilik
Bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash jarayoniga alohida eʼtibor berish kerak va byudjetta oʻqigan talabalarga 3 yil ishlab berish shart degan eskicha qarashni yoʻq qilish kerak oʻzi hohlagan kasbni tanlashi kerak.
Men bitta qizim bor ajrashganman hozir Qozog'iston unversitetini 1-kusr talabasiman o'tgan galgi seminar meeptingni ko'rganimda hozirgi paytga imtihonsiz perevod bo'lmaydi deyishgandi shunga qo'rqib turibman sharoitim og'irroq super kontrakt to'lolmaganimdan Qozog'istonga majbur topshirgandim agar iloji bo'lsa shunga 1-navbatta e'tibor berganda yaxshi bo'lardi. Men ham bilimsiz emasman tayyorlandim 6bal yetmadi holos men ham o'zbekistonda o'qishni hohlayman farzandimni oldida.
Show next 100 comments