Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?
Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?
❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?
👉 @xushnudbek 👈
P.S.: yangi jamoa qutqarishi mumkin oliy ta'limni?
Ikkinchi taklifim kelib-kelib talabani stipendiyasiga osilmasdan aksincha ularni ijtimoiy qòllab-quvvatlash kk. Shunda talaba ota-onamga kamroq oģirim tushsin deb pul topishni emas dars qilishni òylardi.
Uchinchidan oliygohlar òqituvchilarining bilim saviyasi yuqori bolishi un ular òz fanlarining haqiqiy bilimdonlari bòlishsin. Men litseyda dars beraman. Oliygohga kirgan òquvchilarim hamisha oliygohlardagi òqituvchilarning bilim saviyasidan qoniqmasliklarini aytishadi.
Tòrtinchidan bilimli, òz fanining haqiqiy jonkuyari bòlgan, yoshlarni òz ortidan ergashtira olgan òqituvchilar yetarli darajada raģbatlantirilishi kk. Qachongacha darsga kirib, vaqtini òquvchini koyish va boshqa bemani ishlar bn òtkazayotgan òqituvchi bn yoshlarga chuqur bilim berayotgan òqituvchi bir xil maosh oladi?
Beshinchidan qoģozbozlikdan umuman voz kechish kk. Masalan repetitor hech qanday dastur, konspekt, pedyuklama va boshqalarsiz ham yetarli darajada bilim berayaptiku.21 asrda yashayapmiz, internet asrida lekin hali ham komissiyajonlarimiz konspekting qani, maruza matni yòq deb yuribdi.
Endi tizimni o'zgartirish masalasiga keladigan bo'lsak:
-birinchidan, yaxshi kadr tayyorlashimiz uchun sifatli adabiyotlar tayyorlashga ahamiyat qaratish kerak. Negaki, OTM kutubxonasidagi ko'pchilik asosiy adabiyotlar ma'nan eskirgan;
-ikkinchidan, OTM larda dekan va dekan muovini lavozimlari menimcha kerak emas. Negaki asosiy ishni kafedra qiladi. Bu vazifalarni kafedra mudiri zimmasiga yuklasa ham bo'laveradi;
-uchunchidan, OTM larni ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hech shak-shubhasiz aloqa o'rnatib(sohalar kesimidagi ICh korxonalari bilan), bir-biriga bog'lash;
-to'rtinchidan, o'qituvchi har xil fanlardan dars berib, yana kamiga 5-6 ta fan va 1000 soatdan ko'proq dars o'tadi. O'zingiz o'ylang bu yerda dars sifati qanday bo'ladi? Fanni qanday o'zlashtiradi? Qachon yangi ma'lumotlarni o'rganib qayta ishlaydi? U qanday bu ishlardan ortib ilm bilan shug'illanadi? Bu yoqda oilachi? Farzand tarbiyasichi? Shundan kelib chiqib dars soatlarini taqsimlash tartiblarini bir ko'rib chiqish kerak;
-beshinchidan, ta'lim tizimida kasbiga befarq, loqayd, bilimsiz, korrupsiya bilan shug'illanadigan o'qituvchilar bilan qat'iy kurashish tadbirlarini qo'llash. Nima uchun desangiz barcha narsa ta'limdan boshlanadi. Bunday o'qituvchilardan ta'lim olgan talabani ertaga nima qilishini o'zingiz o'ylab ko'ravering. Rahmat barchaga bayram muborak.