Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Talabalarni yashash sharoitlarini, yotoqxona masalasi i, ayniqsa katta shaharlarda yaxshilash bo'yicha amaliy yordam ko'rsatish.
Muxtor
Супер контракт факат пулдорлар(коррупция ахли) учун кул келади, Олий таьлим тизими мансабдорларини каттик назоратга олиш, шаффофлик, абитуриент ва талабаларни эшитиш, талабалар етокхонасида жойлар етишмайди, тизимда коррупция авж олган
Mohinur
Bu fikrga toʻliq qoʻshilaman
Hamma talabagaham o'qituvchigaham vatanni sevishni o'rgataylik yetadi
Кириш имтихонларини имкон кадар шаффоф булишини таминлаш ва укиш давомида укитиш, билим беришга катта эътибор каратсин
Menimcha shaxmat doskasidagi donalarni joyini o'zgartirmasdan yangi donalar bilan o'ynash kerak))

P.S.: yangi jamoa qutqarishi mumkin oliy ta'limni?
OTMlarda amaliyotni ko"paytirish kerak qaysi talim yo'nalishi bo'lishidan qa'tiy nazar amaliyot eng muhimi talaba hammasiga o'zi guvoh bo'lsa ishda ijobiy natija bo'ladi
Assalomu alaykum! Avvalo Juma kunida Juma namoziga chiqishga imkon yaratilsin! Har bir talaba xutba eshitsa, unday talabadan kelajakda insofli va diyonatli kasb egasi chiqadi Inshaalloh! Ushbu taklifni inobatga olsa juda yaxshi boʻlardi. Bir safar Abduqodir Toshqulovni oʻzi ham aytgandi biz dindan uzoq yashadik deb, ana endi oʻzgarish qilish qoʻlidan keladi. Alloh roziligi uchun oʻzgarishlar qilsin, Inshaalloh Allohim xayrli qiladi!
A. Toshqulovni islom dinidan uzoqlashganligimiz haqidagi fikriga qòshilaman. Halol-haromni farqiga borib, haromdan hazar qiladigan insonlarni tarbiyalash kk.
Ikkinchi taklifim kelib-kelib talabani stipendiyasiga osilmasdan aksincha ularni ijtimoiy qòllab-quvvatlash kk. Shunda talaba ota-onamga kamroq oģirim tushsin deb pul topishni emas dars qilishni òylardi.
Uchinchidan oliygohlar òqituvchilarining bilim saviyasi yuqori bolishi un ular òz fanlarining haqiqiy bilimdonlari bòlishsin. Men litseyda dars beraman. Oliygohga kirgan òquvchilarim hamisha oliygohlardagi òqituvchilarning bilim saviyasidan qoniqmasliklarini aytishadi.
Tòrtinchidan bilimli, òz fanining haqiqiy jonkuyari bòlgan, yoshlarni òz ortidan ergashtira olgan òqituvchilar yetarli darajada raģbatlantirilishi kk. Qachongacha darsga kirib, vaqtini òquvchini koyish va boshqa bemani ishlar bn òtkazayotgan òqituvchi bn yoshlarga chuqur bilim berayotgan òqituvchi bir xil maosh oladi?
Beshinchidan qoģozbozlikdan umuman voz kechish kk. Masalan repetitor hech qanday dastur, konspekt, pedyuklama va boshqalarsiz ham yetarli darajada bilim berayaptiku.21 asrda yashayapmiz, internet asrida lekin hali ham komissiyajonlarimiz konspekting qani, maruza matni yòq deb yuribdi.
Bahodir Botirovich
Assalom-u alaykuum hurmatli yurtdoshlar! Avvalambor Vatan himoyachilarini bayram bilan muborakbod etaman. Albatta ushbu tarixiy kunda ta'lim tizimida bo'lgan o'zgarishlar qaysidir ma'noda ijobiy fazilat nishonasi bo'lsa ajab emas. Yuqoridagi savol va fikrlarni o'qib chiqib ta'lim tizimiga befarq bo'lmagan yoshlar va ustozlar ko'pligiga yana bir bor amin bo'ldim.
Endi tizimni o'zgartirish masalasiga keladigan bo'lsak:
-birinchidan, yaxshi kadr tayyorlashimiz uchun sifatli adabiyotlar tayyorlashga ahamiyat qaratish kerak. Negaki, OTM kutubxonasidagi ko'pchilik asosiy adabiyotlar ma'nan eskirgan;
-ikkinchidan, OTM larda dekan va dekan muovini lavozimlari menimcha kerak emas. Negaki asosiy ishni kafedra qiladi. Bu vazifalarni kafedra mudiri zimmasiga yuklasa ham bo'laveradi;
-uchunchidan, OTM larni ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hech shak-shubhasiz aloqa o'rnatib(sohalar kesimidagi ICh korxonalari bilan), bir-biriga bog'lash;
-to'rtinchidan, o'qituvchi har xil fanlardan dars berib, yana kamiga 5-6 ta fan va 1000 soatdan ko'proq dars o'tadi. O'zingiz o'ylang bu yerda dars sifati qanday bo'ladi? Fanni qanday o'zlashtiradi? Qachon yangi ma'lumotlarni o'rganib qayta ishlaydi? U qanday bu ishlardan ortib ilm bilan shug'illanadi? Bu yoqda oilachi? Farzand tarbiyasichi? Shundan kelib chiqib dars soatlarini taqsimlash tartiblarini bir ko'rib chiqish kerak;
-beshinchidan, ta'lim tizimida kasbiga befarq, loqayd, bilimsiz, korrupsiya bilan shug'illanadigan o'qituvchilar bilan qat'iy kurashish tadbirlarini qo'llash. Nima uchun desangiz barcha narsa ta'limdan boshlanadi. Bunday o'qituvchilardan ta'lim olgan talabani ertaga nima qilishini o'zingiz o'ylab ko'ravering. Rahmat barchaga bayram muborak.
Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari. Taklifim: fan rivoji uchun doktorantura bo'yicha kvotani oshirish va tegishli muddat (3 yil) ichida dissertatsiya yoqlashni "majburiy" qilib qo'yish maqsadga muvofiq, chunki ilmiy salohiyat keskin tushib ketgani hammaga ma'lum.
Assalomu alaykum. Bu taklifni jiddiyroq o'ylab ko'ring.
Oliy ta'limga kirish jarayonini takomillashtirishdan boshlash to'g'ri bo'ladi, menimcha. Agar shu jarayon yaxshilansa, faqat oliy ta'lim emas, xalq ta'limi ham yaxshilanadi. Takliflar:
1. "Barcha oliygohlarga kirish imtihonlaridagi fanlar blokini bir xil qilish lozim" ( izoh: shunday qilinsa, maktblarda o'quvchilar qaysidir fanni o'qib, boshqasini tashlab qo'ymaydi. Maktabni tugtib, "Shifokor bo'lsammikan, fizik bo'lsammikan, yo tarjimonmi, deb o'ylay oladi)
2. Test olinadigan fanlar sonini oshirish va osonlashtirish lozim ( izoh: Agar shunday qilinsa, oliy ta'limga barcha zaruriy bilimlarga ega bo'lgan abituriyentlar keladi. Ularni o'qitish va yaxshi kadr qilib tarbiyalash oson kechadi)
3. Kutilayotgan testlarni umumiy holatda nashr qilish va faqat shu to'plam ichidan test olish kerak ( chunki, ona tili va adabiyot, matematika, tarix, fizika, biologiya, kimyo, ingliz tili, rus tili, geografiya kabi fanlardan darsliklar asosida har bir fandan 2000 tadan test tuzilsa, 18000 ta testdan iborat to'plam hosil bo'ladi. Bu to'plamni 5-,11-sinflar davomida ishlab, o'rganib, o'zlashtirib borish hozirgi tayyorgarlikdan afzalroq bo'ladi, osonroq bo'ladi, manfaatliroq bo'ladi)
Negaki, 18 mingta test ichidan olingan 100 ta turli fanlardan tuzilgan testlarni ishlay olgan bolani bilimsiz deyishga hech kimning haqqi yo'q.
Meyoriy hujjatlarni ya'ni o‘quv rejalarni hech bo‘lmaganda 5 yil muddatga amal qilinishini ta'minlash.
Davomat qilishdan voz kechish kk.
Gigant ishlab chiqarish korhonalarining stipendiyalarini ko‘proq tashkil qilish.
Sababsiz 74 soat dars qoldirgan talabalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sirtqi ta'lim shakliga o‘tkazish kk. Kunduzgi ta'lim shakliga sharoitini pesh qilmaydigan, men o‘qishim kk, o‘qimasam bo‘lmaydi degan, yuragida o‘ti bor talabalarni olib qolish kk qolganlarini barchasini sirtqi ta'limga o‘tkazish kk.
Sharoitini tushunovirsak sharoit to‘g‘rilanmayapti bu talabalarni sharoiti.
O‘qi, kitob o‘qi desa sharoitini pesh qiladiganlar ko‘payib ketyapti.
Maktablarning bitiruvchi sinflariga oliy ta'lim yo‘nalishlari haqida ma'lumot beradigan fan kiritish kk. Qaysi yo‘nalishni bitirsa kim bo‘lishini anglatadigan.
Masalan 9 sinfni 4 choragida o‘tilsa, yakuniy sifatida bolaning kelajakda kim bo‘lishi, qiziqishi haqidagi blanka yoki insho yoziladi va yo‘nalish tanlanadi. Barcha 9 sinflarning shu fan bo‘yicha imtihoni natijalari ta'lim sohalari bo‘yicha saralanadi. Bir biriga yaqin sohani tanlagan o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi. 10-11 sinfda faqat o‘sha sohaga tegishli fanlar o‘tiladi (matem,fizika,ona tili, chet tili, yoki tarix,xuquq,ona tili, chet tili).
Valijon Karimov
Vazirimiz aytganidek ta'limda tanish bilishchilik, tanagirlik karrupsiyani imkoni boricha yo'qotish kerak, shunday ishlarga qo'l urgan bazi o'qituvchilarni shunday jazolash kerakki qolganlar undan o'rnak olin, (shunday o'qituvchilarni ko'rdik qo'lga tushadi yani avvalgi joyiga qaytadi yoki boshqa OTM ishga o'tadi) va islom dinimizga alohida urg'u berilsa yaxshi bo'lardi. Darslar kiritilishi kerak.
Rektorimiz Abduqodir Toshqulov TerDu uchun koʻp ijobiy oʻzgarishlar qildilar. Olloh martabalarini bundanda ulugʻ qilsin. Haqiqiy vatanparvar jonkuyar inson
HasanXo'ja
M
O'qituvchini tinch qo'yishsa bo'ldi eng katta yaxshiliklari o'zgarish shu bo'ladi. Hamma o'z ishini qilgani yaxshi.
Show next 100 comments