Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?
Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?
❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?
👉 @xushnudbek 👈
Davomat qilishdan voz kechish kk.
Gigant ishlab chiqarish korhonalarining stipendiyalarini ko‘proq tashkil qilish.
Sababsiz 74 soat dars qoldirgan talabalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sirtqi ta'lim shakliga o‘tkazish kk. Kunduzgi ta'lim shakliga sharoitini pesh qilmaydigan, men o‘qishim kk, o‘qimasam bo‘lmaydi degan, yuragida o‘ti bor talabalarni olib qolish kk qolganlarini barchasini sirtqi ta'limga o‘tkazish kk.
Sharoitini tushunovirsak sharoit to‘g‘rilanmayapti bu talabalarni sharoiti.
O‘qi, kitob o‘qi desa sharoitini pesh qiladiganlar ko‘payib ketyapti.
Masalan 9 sinfni 4 choragida o‘tilsa, yakuniy sifatida bolaning kelajakda kim bo‘lishi, qiziqishi haqidagi blanka yoki insho yoziladi va yo‘nalish tanlanadi. Barcha 9 sinflarning shu fan bo‘yicha imtihoni natijalari ta'lim sohalari bo‘yicha saralanadi. Bir biriga yaqin sohani tanlagan o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi. 10-11 sinfda faqat o‘sha sohaga tegishli fanlar o‘tiladi (matem,fizika,ona tili, chet tili, yoki tarix,xuquq,ona tili, chet tili).
Men jonkuyar fidokor rektorimiz Abduqodir Hamidovichni Oliy taʼlim vaziri boʻlganliklarini eshitib juda xursand boʻldim. Ustoz Abduqodir Hamidovich qisa fursat ichida Termiz davlat universitetini tubdan oʻzgartirib yuqori pogʻonalarga koʻtargan inson sifatida bilaman. Oliy taʼlim tizimini ham isloh qilib yuksaklikka koʻtarishlariga ishonaman.
Mening taklifim: talabaning oʻzlashtirishi va uning bilimini baholash tizimini oʻzgartirish, oliy taʼlimda koʻproq innovatsion tizimni qoʻllash.
Асосийси халол кадрларни керакли жойларга қўйиш.
1.финландия таълим тизимини куллаш керак юкоридаги хамма таклифни ечими
2.Когозбозлик жудаям куп
3.иш кунини 1 хафтада 5 кун килиш керак
4.талабалар уйи купайтириш керак
5.WIFI зонасини купайтириш керак
6.хафтада 1 кунни ижод куни килиш керак
Илмий,лабаротория,тадкикот в.к.