Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?
Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?
❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?
👉 @xushnudbek 👈
Endi tizimni o'zgartirish masalasiga keladigan bo'lsak:
-birinchidan, yaxshi kadr tayyorlashimiz uchun sifatli adabiyotlar tayyorlashga ahamiyat qaratish kerak. Negaki, OTM kutubxonasidagi ko'pchilik asosiy adabiyotlar ma'nan eskirgan;
-ikkinchidan, OTM larda dekan va dekan muovini lavozimlari menimcha kerak emas. Negaki asosiy ishni kafedra qiladi. Bu vazifalarni kafedra mudiri zimmasiga yuklasa ham bo'laveradi;
-uchunchidan, OTM larni ishlab chiqarish tashkilotlari bilan hech shak-shubhasiz aloqa o'rnatib(sohalar kesimidagi ICh korxonalari bilan), bir-biriga bog'lash;
-to'rtinchidan, o'qituvchi har xil fanlardan dars berib, yana kamiga 5-6 ta fan va 1000 soatdan ko'proq dars o'tadi. O'zingiz o'ylang bu yerda dars sifati qanday bo'ladi? Fanni qanday o'zlashtiradi? Qachon yangi ma'lumotlarni o'rganib qayta ishlaydi? U qanday bu ishlardan ortib ilm bilan shug'illanadi? Bu yoqda oilachi? Farzand tarbiyasichi? Shundan kelib chiqib dars soatlarini taqsimlash tartiblarini bir ko'rib chiqish kerak;
-beshinchidan, ta'lim tizimida kasbiga befarq, loqayd, bilimsiz, korrupsiya bilan shug'illanadigan o'qituvchilar bilan qat'iy kurashish tadbirlarini qo'llash. Nima uchun desangiz barcha narsa ta'limdan boshlanadi. Bunday o'qituvchilardan ta'lim olgan talabani ertaga nima qilishini o'zingiz o'ylab ko'ravering. Rahmat barchaga bayram muborak.
Oliy ta'limga kirish jarayonini takomillashtirishdan boshlash to'g'ri bo'ladi, menimcha. Agar shu jarayon yaxshilansa, faqat oliy ta'lim emas, xalq ta'limi ham yaxshilanadi. Takliflar:
1. "Barcha oliygohlarga kirish imtihonlaridagi fanlar blokini bir xil qilish lozim" ( izoh: shunday qilinsa, maktblarda o'quvchilar qaysidir fanni o'qib, boshqasini tashlab qo'ymaydi. Maktabni tugtib, "Shifokor bo'lsammikan, fizik bo'lsammikan, yo tarjimonmi, deb o'ylay oladi)
2. Test olinadigan fanlar sonini oshirish va osonlashtirish lozim ( izoh: Agar shunday qilinsa, oliy ta'limga barcha zaruriy bilimlarga ega bo'lgan abituriyentlar keladi. Ularni o'qitish va yaxshi kadr qilib tarbiyalash oson kechadi)
3. Kutilayotgan testlarni umumiy holatda nashr qilish va faqat shu to'plam ichidan test olish kerak ( chunki, ona tili va adabiyot, matematika, tarix, fizika, biologiya, kimyo, ingliz tili, rus tili, geografiya kabi fanlardan darsliklar asosida har bir fandan 2000 tadan test tuzilsa, 18000 ta testdan iborat to'plam hosil bo'ladi. Bu to'plamni 5-,11-sinflar davomida ishlab, o'rganib, o'zlashtirib borish hozirgi tayyorgarlikdan afzalroq bo'ladi, osonroq bo'ladi, manfaatliroq bo'ladi)
Negaki, 18 mingta test ichidan olingan 100 ta turli fanlardan tuzilgan testlarni ishlay olgan bolani bilimsiz deyishga hech kimning haqqi yo'q.
Davomat qilishdan voz kechish kk.
Gigant ishlab chiqarish korhonalarining stipendiyalarini ko‘proq tashkil qilish.
Sababsiz 74 soat dars qoldirgan talabalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sirtqi ta'lim shakliga o‘tkazish kk. Kunduzgi ta'lim shakliga sharoitini pesh qilmaydigan, men o‘qishim kk, o‘qimasam bo‘lmaydi degan, yuragida o‘ti bor talabalarni olib qolish kk qolganlarini barchasini sirtqi ta'limga o‘tkazish kk.
Sharoitini tushunovirsak sharoit to‘g‘rilanmayapti bu talabalarni sharoiti.
O‘qi, kitob o‘qi desa sharoitini pesh qiladiganlar ko‘payib ketyapti.
Masalan 9 sinfni 4 choragida o‘tilsa, yakuniy sifatida bolaning kelajakda kim bo‘lishi, qiziqishi haqidagi blanka yoki insho yoziladi va yo‘nalish tanlanadi. Barcha 9 sinflarning shu fan bo‘yicha imtihoni natijalari ta'lim sohalari bo‘yicha saralanadi. Bir biriga yaqin sohani tanlagan o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi. 10-11 sinfda faqat o‘sha sohaga tegishli fanlar o‘tiladi (matem,fizika,ona tili, chet tili, yoki tarix,xuquq,ona tili, chet tili).
Men jonkuyar fidokor rektorimiz Abduqodir Hamidovichni Oliy taʼlim vaziri boʻlganliklarini eshitib juda xursand boʻldim. Ustoz Abduqodir Hamidovich qisa fursat ichida Termiz davlat universitetini tubdan oʻzgartirib yuqori pogʻonalarga koʻtargan inson sifatida bilaman. Oliy taʼlim tizimini ham isloh qilib yuksaklikka koʻtarishlariga ishonaman.
Mening taklifim: talabaning oʻzlashtirishi va uning bilimini baholash tizimini oʻzgartirish, oliy taʼlimda koʻproq innovatsion tizimni qoʻllash.
Асосийси халол кадрларни керакли жойларга қўйиш.
1.финландия таълим тизимини куллаш керак юкоридаги хамма таклифни ечими
2.Когозбозлик жудаям куп
3.иш кунини 1 хафтада 5 кун килиш керак
4.талабалар уйи купайтириш керак
5.WIFI зонасини купайтириш керак
6.хафтада 1 кунни ижод куни килиш керак
Илмий,лабаротория,тадкикот в.к.