Олий таълим тизимидаги бугунги ўзгаришлар ҳақида фикрингиз қанақа?

Сизнингча, янги вазир Абдуқодир Тошқулов тизимда ижобий ўзгаришлар қила оладими?

❗️Таклиф беринг: янги вазир энг аввало ишни нимадан бошлаши керак ва олий таълим тизимида нималарни ўзгартириш талаб этилади?


👉 @xushnudbek 👈

1869 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum, hurmatli kanal a'zolari. Taklifim: fan rivoji uchun doktorantura bo'yicha kvotani oshirish va tegishli muddat (3 yil) ichida dissertatsiya yoqlashni "majburiy" qilib qo'yish maqsadga muvofiq, chunki ilmiy salohiyat keskin tushib ketgani hammaga ma'lum.
Assalomu alaykum. Bu taklifni jiddiyroq o'ylab ko'ring.
Oliy ta'limga kirish jarayonini takomillashtirishdan boshlash to'g'ri bo'ladi, menimcha. Agar shu jarayon yaxshilansa, faqat oliy ta'lim emas, xalq ta'limi ham yaxshilanadi. Takliflar:
1. "Barcha oliygohlarga kirish imtihonlaridagi fanlar blokini bir xil qilish lozim" ( izoh: shunday qilinsa, maktblarda o'quvchilar qaysidir fanni o'qib, boshqasini tashlab qo'ymaydi. Maktabni tugtib, "Shifokor bo'lsammikan, fizik bo'lsammikan, yo tarjimonmi, deb o'ylay oladi)
2. Test olinadigan fanlar sonini oshirish va osonlashtirish lozim ( izoh: Agar shunday qilinsa, oliy ta'limga barcha zaruriy bilimlarga ega bo'lgan abituriyentlar keladi. Ularni o'qitish va yaxshi kadr qilib tarbiyalash oson kechadi)
3. Kutilayotgan testlarni umumiy holatda nashr qilish va faqat shu to'plam ichidan test olish kerak ( chunki, ona tili va adabiyot, matematika, tarix, fizika, biologiya, kimyo, ingliz tili, rus tili, geografiya kabi fanlardan darsliklar asosida har bir fandan 2000 tadan test tuzilsa, 18000 ta testdan iborat to'plam hosil bo'ladi. Bu to'plamni 5-,11-sinflar davomida ishlab, o'rganib, o'zlashtirib borish hozirgi tayyorgarlikdan afzalroq bo'ladi, osonroq bo'ladi, manfaatliroq bo'ladi)
Negaki, 18 mingta test ichidan olingan 100 ta turli fanlardan tuzilgan testlarni ishlay olgan bolani bilimsiz deyishga hech kimning haqqi yo'q.
Meyoriy hujjatlarni ya'ni o‘quv rejalarni hech bo‘lmaganda 5 yil muddatga amal qilinishini ta'minlash.
Davomat qilishdan voz kechish kk.
Gigant ishlab chiqarish korhonalarining stipendiyalarini ko‘proq tashkil qilish.
Sababsiz 74 soat dars qoldirgan talabalarni to‘g‘ridan to‘g‘ri sirtqi ta'lim shakliga o‘tkazish kk. Kunduzgi ta'lim shakliga sharoitini pesh qilmaydigan, men o‘qishim kk, o‘qimasam bo‘lmaydi degan, yuragida o‘ti bor talabalarni olib qolish kk qolganlarini barchasini sirtqi ta'limga o‘tkazish kk.
Sharoitini tushunovirsak sharoit to‘g‘rilanmayapti bu talabalarni sharoiti.
O‘qi, kitob o‘qi desa sharoitini pesh qiladiganlar ko‘payib ketyapti.
Maktablarning bitiruvchi sinflariga oliy ta'lim yo‘nalishlari haqida ma'lumot beradigan fan kiritish kk. Qaysi yo‘nalishni bitirsa kim bo‘lishini anglatadigan.
Masalan 9 sinfni 4 choragida o‘tilsa, yakuniy sifatida bolaning kelajakda kim bo‘lishi, qiziqishi haqidagi blanka yoki insho yoziladi va yo‘nalish tanlanadi. Barcha 9 sinflarning shu fan bo‘yicha imtihoni natijalari ta'lim sohalari bo‘yicha saralanadi. Bir biriga yaqin sohani tanlagan o‘quvchilar guruhlarga ajratiladi. 10-11 sinfda faqat o‘sha sohaga tegishli fanlar o‘tiladi (matem,fizika,ona tili, chet tili, yoki tarix,xuquq,ona tili, chet tili).
Valijon Karimov
Vazirimiz aytganidek ta'limda tanish bilishchilik, tanagirlik karrupsiyani imkoni boricha yo'qotish kerak, shunday ishlarga qo'l urgan bazi o'qituvchilarni shunday jazolash kerakki qolganlar undan o'rnak olin, (shunday o'qituvchilarni ko'rdik qo'lga tushadi yani avvalgi joyiga qaytadi yoki boshqa OTM ishga o'tadi) va islom dinimizga alohida urg'u berilsa yaxshi bo'lardi. Darslar kiritilishi kerak.
Rektorimiz Abduqodir Toshqulov TerDu uchun koʻp ijobiy oʻzgarishlar qildilar. Olloh martabalarini bundanda ulugʻ qilsin. Haqiqiy vatanparvar jonkuyar inson
HasanXo'ja
M
O'qituvchini tinch qo'yishsa bo'ldi eng katta yaxshiliklari o'zgarish shu bo'ladi. Hamma o'z ishini qilgani yaxshi.
Assalomu alaykum!
Men jonkuyar fidokor rektorimiz Abduqodir Hamidovichni Oliy taʼlim vaziri boʻlganliklarini eshitib juda xursand boʻldim. Ustoz Abduqodir Hamidovich qisa fursat ichida Termiz davlat universitetini tubdan oʻzgartirib yuqori pogʻonalarga koʻtargan inson sifatida bilaman. Oliy taʼlim tizimini ham isloh qilib yuksaklikka koʻtarishlariga ishonaman.
Mening taklifim: talabaning oʻzlashtirishi va uning bilimini baholash tizimini oʻzgartirish, oliy taʼlimda koʻproq innovatsion tizimni qoʻllash.
Valijon Karimov
Yana bir masalaga alohida e'tibor berib kerak Deb o'ylayman davlat grantida o'qigan talabalar nima uchun davlat buyjet tashkilatida 3-yil ishlashi kerak, men bunda hech qanday manoni ko'rmayman, qanchadan qancha yoshlarni boshqa ishlarga kirishi uchun yo'liga kelajagiga to'siq bo'lyabdi.
Баха
Хеш канака озгариш бумеди
Азамат
Менимча хеч нима у́згармайди
HasanXo'ja
Assalomu aleykum . Meni fikrim Ta'lim tizimida birinchi navbatda o'quvchida ham o'qituvchida ham umuman rahbarlarda ham :: XTV . Ishga Vijdonan yondashish k k. Karrupsiya karrupsiya bu karrupsiya degan b n bir kun da yo bir oyda bitadigan ish emas. Hamma gap bir oylik maoshda . Bir oddiy oliy ma'lumotli bojxona inspektori ( tamojniy) 10 mln maosh oladi bu shunchaki misol.
Билимли ўқитувчилар ва тарбияли тарбиячиларни кўпайтириш керак. Дипломи бор, билим-тажрибаси етарлича бўлмаган педагоглар қанчаю..
Асосийси халол кадрларни керакли жойларга қўйиш.
Men ishonaman ta'limda katta o'zgarishlar bòladi. Abduqodir Toshqulov haqiqiy vatanparvar inson.
Assalomu alaykum! Insholloh yaxshi o'zgarishlardan umid qilamiz, chunki "islomni ta'limdan sug'urib olib xato ish qildik" deb ko'nglimdagi gapni aytgan edilar. Hamma tizimdagi eng katta muammo shu. Yaratuvchisini tanimagan, o'zini tanimaydi. O'zini tanimagan hech ishni vijdonan bajarmaydi. Masalan men kelajakda maktabga direktor bo'p qolsam, o'qituvchilarni porasiz ishga olardim. Korrupsiyasizam yashash mumkinligini har ishimda ko'rsatardim.
Мастура Ахмедова
Тизимда узгаришлар булишига умид киламиз
Anvar
Салом
1.финландия таълим тизимини куллаш керак юкоридаги хамма таклифни ечими
2.Когозбозлик жудаям куп
3.иш кунини 1 хафтада 5 кун килиш керак
4.талабалар уйи купайтириш керак
5.WIFI зонасини купайтириш керак
6.хафтада 1 кунни ижод куни килиш керак
Илмий,лабаротория,тадкикот в.к.
Ассаломалайкум,менимча ишни ДТМдан бошлашлари керак,агар тишлари ўтса...
Show next 100 comments