⚡️РАСМАН: ДТМ магистратура учун чет тилидан тест синовига БАРЧА даъвогарларнинг келишини сўрамоқда

ДТМ магистратуранинг мутахассислик фанидан 56%дан кам балл тўплаганларга ҳам рухсатнома чиқарилгани бўйича расмий муносабат билдирди.

Унда айтилишича, рухсатномалар Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан ДТМга тақдим этилган маълумотлар асосида шакллантирилган бўлиб, ОТМлар томонидан мутахассислик фани бўйича ўтказилган имтиҳонда неча балл олганидан қатъи назар рухсатнома чиққан барча талабгорлар тест синовларида иштирок эта олади.

Шунга кўра, ҳаммага кўнгилни тўқ қилиб, тест синовларида қатнашишларини тавсия этамиз.

❗️P.S.: 56%дан кам тўплаганлар томонидан "қатнашсак, кейин нима бўлади, натижага қандай ҳисобланади, унақами, мунақами?" деган саволлар, шубҳа-гумонлар кўп билдирилмоқда. Ўртоқлар, охирини ўйлаган қаҳрамон бўла олмайди. Сизга яна бир марта истисно тарзда имконият бериляптими, демак, бундан максимал фойдаланиш керак. Қолгани Аллоҳдан. Бир гап бўлади. Ҳозир бошингизни қотирганингиз билан ҳеч нарса ўзгармайди. Тестга киринг, илмингиз етганича ишланг, уёғи тақдирдан.


👉 @xushnudbek 👈

530 comments

Show 100 more comments
Professional
HUSNIDDIN
Hurmatli Professional! Agarda siz ham òzingiz ishlganizda ballkim 10 ball olgan bòlarmidingiz?
Agar o'z yo'nalishimdan boshqa yo'nalishga topshirsam balki shunaqa bo'lar
Sharof Yarashev
Nega bu qonunlar chiqaveradi, òzgaraveradi. Xurmatli DTM va Vazirlikdagilar bu òzgartirish kiritishilar bilan silarga bòlgan ishonch futbol terma jamoasiga bòlgan ishonchdan ham pastroqqa tushib ketdiyu🤔
Ingliz tilidan imtihon kuni O'tib ketgan bo'lsa Nima bo'ladi?
Assalomu alaykum. Mandat bugun chiqadimi? shuni aytib yuboring Xushnudbek aka
Hamma narsaning yaxshi va yomon tomoni bor. Bu yil qancha qiynalib yaxshiroq ball olgandim. Endi 55% dan kamlar ham imtihonga keladi degandan so'ng DTM dan nafratlanyapman. Nega mutaxassislik fandan ham yaxshi baho ololmaganlar testga kirishi kerak. Bu o'taketgan adolatsizlik va mantiqsizlik. Bu ketishda ta'lim tizimi butunlay xonavayron bo'ladi.
Bahrom
Assalomu Aleykum. Sizga Xorijda tibbiyot sohasida taxsil olayotgan talabalar va shaxsan ozim nomimdan yozayabman. Bu yil Xorijdan Oqishni kochirish DTM ga o'tdi. Ammo negadir Imtihonlarda haqqaqoniylik bo'lmadi, sabab: barcha viloyatga bir xil tipdagi va bir xil variantli testlar tushdi, va barchasi yangi testlar. Vaholanki DTM rahbari Majid Karimov bir intervyusida O'tgan yilgi testlarni tushiramiz degan edi, ammo bu narsa bolmadi. Aksincha bo'ldi. Bizni murojaatimizni mazmuni shuki, Tibbiyot sohasini ham o'tgan yilgidek 56.7 dan yuqori 100 balldan past ball olganlarni ham qabul qilishingizni soraymiz. Biz yoshlarning o'tgan yilgi talabalardan nima kamimiz bor? Qo'shni davlatda o'qiyitganlarni o'tgan yili imtihonsiz perevod qildi. Biz imtihon topshirdik bu yil, bizga ham shu yo'lni berishsin. oldingi yillarda viloyatlarga otish balli past bolgan, lekin bu yil barchasi baland. Men ozim bu yil perevod imtixonidan 96,20 ball topladim, viloyatlarga iloji bolsa kochirishingizni soragan bolardim. Tabaqalashtirilgan-kontrakt masalasini ni xam boshqattan korib chiqishlaringizni xoxlardik, nega deganda, masalan  oddiy oqituvchi farzandiga bu nixoyat katta mablagni yigib berishi juda qiyin. Xozirgi sharoit va pandemiya sababli mening arizamni toliq korib chiqing! Bu yil yoshlar yili, qolaversa hozirgi taxlikali davrda biz o'z yurtimizda bilim olishni hohlaymiz. Bizni qo'llab-quvvatlashlarini talab qilimiz Prezidentimizdan. Shu murojaatimizni ko'tarib chiqing Iltimos!
Qonunga zid imtiyoz bo'lgandi o'tgan yili,bu yil ham mana shunday imtiyoz so'rayapsiz,maqsadiyiz o'qish bo'lsa,o'sha yurtda o'qiyvering,qaysidir abituriyent 150 ball to'plab med instga kira olmayapti,lekin o'sha qiz sizlarga o'xshab dod-faryod qilayotgani yo'q,siz esa 66,1 ballni olaolmasdan o'ziyizni bechora qilib ko'rsatyapsiz,sal bir kitobni ochib o'qing,man hayotimni sizga o'xshagan bilimsizlarga ishonib topshirishni umuman istamagan bo'lardim.
Botir Musayev
Tushunib bo‘lmay qoldi , narozilar ko‘p, Xursandlar undanam. O‘zim 62 olganman Umid qilsam bo‘larmikan?
Assalomu alaykum! 55% dan past olganlar kirolmasligi aniq. Nega unda imtihonga hammani chaqirgan degan savol tug‘iladi. Chunki, hamma balini olgandan keyin kirolmaganlarni umumiy baliga qarab, oliy ta'lim muassasining ehtiyojiga qarab eng yuqori ballarni kontrakt asosida o‘qishga olishlari mumkin. Mana nega hamma imtihonga chaqirilyapti
... .....
Biram qonuniysanda kovlasa mising chiqadi
Bemalol,kameralarda tushib qolgan,tekshirib ko'rishiyiz mumkin
... .....
Bor kamera guvoh
Bu yerda valdiramasdan tegishli joyga murojaat qiling,haqligiyizni qonuniy yo'l bilan isbotlang.
... .....
Biram qonuniysanda kovlasa mising chiqadi
Birovlarnikini kavlagandan ko'ra ko'proq kitob o'qiganiyizda yaxshi natija ko'rsatgan bo'lar ediyiz.
... .....
Davron
Birovlarnikini kavlagandan ko'ra ko'proq kitob o'qiganiyizda yaxshi natija ko'rsatgan bo'lar ediyiz.
Natijam baland 3 chilar imtihonga kirmasligi kere magistraturaga qadegi 3 chilarga qoldimi kunimiz
Show next 78 comments