Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
Bintu SOHIB
Barcha talaba bolish niyatida astoydil tayyorgarlik qilganlarga, Alloh madadkor bo'lsin. 1- avgustni men ham hayajon tola qalbim bn ezlayman va Allohga shukrki, bu hayajon bejizgamasdi, talabalik bizga ham nasib etgandi bundan 5 yil muqaddam...
Dilfuza
Куркувлар кучайиб кетмокдаа
Албатта куркув хам булади чунки хохлаган пайтда имтихон булиши хеч гап эмас
Bugun 1-avgust imtihonsiz o‘tdi bundan avvalgi 2002 dan 2015 yillarda "eng gullagan davrlar" edi.Biz ana shu qiyin davrlarda o‘z bilimimiz bilan o‘qishga kirgandik.Endi o‘zim usozman o'quvchilaro'quvchilarimga omad tilayman
Assalom alekum haqiqatdan judayam ajoyiiib boldi bugun 1avgust shirin va achchiq xotiralarni eslatdi menga 1yil topshirib kirolmaganimni va 2-yil kirib xursan bolganimni 😀😀😀😀
Ассалому алайкум Хушнудбек.Бугун куни билан утган йилги хотиралар хакида езганингизни эслагандим.Ушанда хотираларимни комментарийга езгандим,хозир яна укиб чикдим.Вактни утишини каранга.Худога шукур углим Иктисодиет институтининг ,Халкаро иктисодиет ' факультетига 2 уринда кирди.Худо хохласа кейинги йилда хам шу кунни эслаш насиб килсин хаммамизга,яхши кунлар тезрок келишини оллохдан сураймиз.
Yonimda õtirgan abiturientlarning test variantlarini kõz oldimda olib chiqib ketgan õshanda qandaydir "paravozlar".Afsuski õshalar grand asosida qabul qilinib,bir guruhda õqiganman.
2010 yil talaba boʻlganman, 2016 yil Magistratura tamomladim, soʻng chet davlatlarda stajirovka, trening, seminarlarda boʻldim, koʻplab tanishlar ortirdim, va bildimki agar ilgari hozirgidek imkonim boʻlsa umuman Oʻzbekiston OTMlariga topshirmagan boʻlar edim. Chet el Universitetlariga topshirgan boʻlar edim. Baʼzida magistraturani tamomlaganman deyishga hijolat tortadi odam.
Essiz bu kuni qachondan beri kutayotganlar bor edi
Sherali Rahmatov
2010-yilda BuxDU Tarix fakultetiga hujjat topshirgan edim. 1-avgust kuni imtihonga borish uchun taxiga minsam mashina radiosida Tarkanning "Ayrilik zar" nomli mahzun qo'shig'i qo'yilgan edi. Shu yili kontrakt asosida kirgan edim oliygohga. Sharoit yo'qligi sababli o'qiyolmagandim. 1 yil puxta o'qib NDPI Tarixga topshirdim. Imtihon kuni mashinaga o'tirsam yana shu qo'shiq... "Iltimos qo'shiqni almashtiring" deb yuboribman
Assalom aleykum xushnudbek aka xudo xoxlasa hammasi yaxshi boladi biz abituriyentlar ishonamiz
Sunnatilla Raxmonov
Biz 2011 yilda 2 avgustda test topshirib o"qishga kirganmiza... Demak bu birinchisimas.
Qizim abitùrent kun sanab testga tayyorlanayapti test otkazilishi chozilganiga xavotirda
2014-yil 1 avgustda ilk bor abiturent sifatida imtihon topshirganman. Va birinchi urinishda talabalik sharafiga muyassar bo'lganman. Shunchalik nazorat kuchi ediki faqat bitta ruchka, pasport va dtm ruxsatnomasi bilan kirgizishgan. Institut oldi. Bloknot telefonlarga to'lib yotgandi. Chiqayotgan paytida... lekin 1.5 yillik mehnatni samarasi o'laroq. Kontrakt shartnoma asosida o'qib bitirib, bugungi kunda ishlayapman...
Xa omadiz bersin bunda kegin xam
Man 6 avgustda topshirganman õqishga 😅😅 Deyarli qiziq voqea ham bõlmagan🤦🏻‍♂️
Talabalik nasib etsin ilohim
Kamola Obidova
Xushnudbek aka uzi komentariyalarni uqiysizmi necha marotaba sizga yozdim savol yulladim lekin umuman beetibor qoldiryapsiz men un juda muhim edi sizga qanday ulansam buladi??????????????
Show next 100 comments