Тестсиз ўтган 1 август

Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!

Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.

Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба 1 август куни тест синовлари ўтказилмади.

Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786

[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.

Изоҳларда фикрларингизни кутаман.


👉 @xushnudbek 👈

1748 comments

Show 100 more comments
2010 yil talaba boʻlganman, 2016 yil Magistratura tamomladim, soʻng chet davlatlarda stajirovka, trening, seminarlarda boʻldim, koʻplab tanishlar ortirdim, va bildimki agar ilgari hozirgidek imkonim boʻlsa umuman Oʻzbekiston OTMlariga topshirmagan boʻlar edim. Chet el Universitetlariga topshirgan boʻlar edim. Baʼzida magistraturani tamomlaganman deyishga hijolat tortadi odam.
Essiz bu kuni qachondan beri kutayotganlar bor edi
Sherali Rahmatov
2010-yilda BuxDU Tarix fakultetiga hujjat topshirgan edim. 1-avgust kuni imtihonga borish uchun taxiga minsam mashina radiosida Tarkanning "Ayrilik zar" nomli mahzun qo'shig'i qo'yilgan edi. Shu yili kontrakt asosida kirgan edim oliygohga. Sharoit yo'qligi sababli o'qiyolmagandim. 1 yil puxta o'qib NDPI Tarixga topshirdim. Imtihon kuni mashinaga o'tirsam yana shu qo'shiq... "Iltimos qo'shiqni almashtiring" deb yuboribman
Assalom aleykum xushnudbek aka xudo xoxlasa hammasi yaxshi boladi biz abituriyentlar ishonamiz
Sunnatilla Raxmonov
Biz 2011 yilda 2 avgustda test topshirib o"qishga kirganmiza... Demak bu birinchisimas.
Qizim abitùrent kun sanab testga tayyorlanayapti test otkazilishi chozilganiga xavotirda
2014-yil 1 avgustda ilk bor abiturent sifatida imtihon topshirganman. Va birinchi urinishda talabalik sharafiga muyassar bo'lganman. Shunchalik nazorat kuchi ediki faqat bitta ruchka, pasport va dtm ruxsatnomasi bilan kirgizishgan. Institut oldi. Bloknot telefonlarga to'lib yotgandi. Chiqayotgan paytida... lekin 1.5 yillik mehnatni samarasi o'laroq. Kontrakt shartnoma asosida o'qib bitirib, bugungi kunda ishlayapman...
Xa omadiz bersin bunda kegin xam
Man 6 avgustda topshirganman õqishga 😅😅 Deyarli qiziq voqea ham bõlmagan🤦🏻‍♂️
Talabalik nasib etsin ilohim
Kamola Obidova
Xushnudbek aka uzi komentariyalarni uqiysizmi necha marotaba sizga yozdim savol yulladim lekin umuman beetibor qoldiryapsiz men un juda muhim edi sizga qanday ulansam buladi??????????????
Bu kungi deyarli hamma narsa esimda. Kolledjga otishim bilanoq 1-kursdan imtihonga tayyorgarlik boshlaganman. Opalarim va akam Grantda oqiganliklari uchun, men ham Grant bolishim shart derdim ozimga va shunga yarasha qattiq tayorlanardim. 07.07.17da hujjat topshirganman va 7 auditoriyada 17 orinda otirganman😄 7 raqami hosiyatli deb imtihonga ham ozimga juda ishonib borganman oziyam😁 Va nihoyat 2017-yil 1-avgustda imtihonga kirdim. Allohga shukur 1-yildan topshirgan universitetim boyicha eng yuqori ball bilan 182,4 ball bilan 1-Grant bolish nasib etdi🙏
Bu yilgi abiturientlarga Omad! Ota-onangiz ishonchini oqlash nasib qilsin🙏
Xusrav
Assalomu aleykum. Inshoolloh COVID-19 ni hammamiz birgalikda yengamiz. Xudo xoxlasa hammaga talabalik baxti nasib etadi.
Vapshe malades😉😉🤦‍♂️
Сохиба Абдувалиевна
Yaramizni yangilayapsizlarda bizga alam qilyapti imtihonga ham kirish nasib qilmayapti tayyorgarlik ham sustlawdi uje qandaydir ruhiyatga yomon tasir qilyapti😐
1~ avgust juda hayajonli kunlar edi
nasib bo‘lsa yaxshi kunlar oldinda abituriyentlarga omad o‘qiyveringlar halisizla kutgan kunlar keladi
Normatov Erkin
Qaysidir yili test 1-avgustda emas,2- avgustdda bo'lgandi
1 avgust! Bu kun 3 yil imtihon topshirganman,allohga shukurki talaba bolmaganman,undan keyin yana 2 marta imtihon topshirdim,shurki hozir grant talabasiman
Show next 100 comments