Тестсиз ўтган 1 август
Тест тизимига тўлиқ ўтилганига 25 йил бўлган бўлса, шу давр ичида ҳар йили 1 август куни Ўзбекистон нақ "қайнар" эди!
Тўғри охирги 2 йилда 1 август аҳамияти бироз тушди, сабаби тестлар 1 кунда эмас, 15 кунда бўладиган бўлди. Аммо барибир асосийси шу кунда тест бўларди.
Бу ярамас пандемия бутун дунёни остин-устун қилиб ташлади. Барча қадриятлар, одатлар, қонун-қоидалар ўзгариб кетди. Ва мана 25 йилда илк маротаба
1 август куни тест синовлари ўтказилмади.
Ўтган йили 1 август куни канал муштарийлари билан биргаликда тест жараёнларига оид хотираларимизни эслагандик:
t.me/xushnudbek/2786[1 йил ичида 100 мингдан ошиқ янги обуначилар қўшилганини ҳисобга олиб,] Келинг, яна бир бор 1 август - тест синовлари билан боғлиқ балки ширин, балки аччиқ, балки қувноқ, балки қайғули хотираларни ёдга оламиз.
Изоҳларда фикрларингизни кутаман.
👉 @xushnudbek 👈
Men 1-avgustni juda yaxshi xotira bn eslayman.O'sha kun mening imtixonim ikkinchi smenada soat 13:00da boshlanadigan bo'ldi.Hamma abuturentdoshlarim tayyorlanishni imtixondan bir kun oldin to'xtatishgan (miyyasi dam olar ekan).Men tayyorgarlik ko'rishni viloyatimiz markazida boshlaganman(albatta shaxarda kuchli repitetorlar borda)judayam imtixondan qo'rqanligim sababli 1-avgust kuni ayam qishloqdan oldimga keladugan bo'ldi,men esa soat 11gacha kitobdan bosh ko'tarmadim.Ayam shaxarga keldim deb telefon qilgandan kn kiyinib avval ayamni yoniga kn birgalikda imtixon topshirish un belgilangan binoga bordik.Puxta tekshirishlardan kn imtixon topshirish un o'z joyimga o'tirdim.Test kitobchalari topshirildi nazoratchi tomonidan test yechish un hali start berilmadi faqat savollar soni va shifrlaring tog'ri ekanligini tekshiringlar deb ogohlantirdi.Men esa qiziqishim kuchli ekanligidan savollarni ko'zdan kechirib boshladim.
Birinchi savolni o'qiyman javobini bilmayman ikkinchi savolga qaradim menga umuman notanish sarosimaga tushib uchinchi savolga qarayotgandim nazoratchi birdan sezib qolib test kitobchamni yopib quyishni xali test yechish un vaqt berilmaganini ogohlantirib ketdi.Men kitobchani yopdimu ko'z oldim qorong'ulashib naxot men yecholmayman bu testlarni naxot men yiqilaman deb tushkunlikka tushib qoldim.Atrofimga qaradim hamma abuturentlar test yechish un start berilishini intizorlik bn kutishtapti.O'zimga o'zim dalda berdim bu yerda eng zo'ri o'zim mendan bilimli yo'q deb.Start berildi hamma shosha pisha test ishlab boshladi.Men esa kitobcha ustigaa bejirim qilib 2018Grant InshoAlloh deya katta qilib yozib quydimda testni ochdim ishonasmi sal oldin menga qiyin bolgan notanish bolgan savol xar oyda nazorat un yechadigan savollarimdan ham osonroq ekan.Shunday qilib Savollarni barini yechib chiqdim.Ertasi kuni telefonimga sms keldi 5100 dan SIZ DAVLAT GRANTI ASOSIDA TALABALIKKA TAVSIYA ETILDINGIZ deb. Bu bn barcha abuturentlarga o'ziga va bilimiga ishonishi kkligini aytmoqchiman
SIZ ENG ZO'RISIZ
Esimda hali hamon birinchi bora imtixonga kirganimda qollarim qaltiragandi.Umid qilgandm talabasi bolishga afsuski Yoq yiqilish talabalikka tavsiya etilmadim.Juda kop yigladim qayta topwirmiman oqishga dedim lekin qayoda yana tayyorlandim yana 1-avgust keldi yana topshirdim eee yana yiqildim busafar ham oxwamadi hamma kitob daftarlarimni yoqib tawladim jahl qldm oqimayman ddm qayoda yana sentyabrdan oqidim tayyorlandm yana 1-avgust keldi imtixonga kirdm 3-yili ham oxshamadi.Juda tushkunlikka tushdim
Qarangki 3-yil Fargona universitetiga metodika yonaliwiga kirolmadm 130ham toplolmadm 4-yil esa yonalishimni ozgartdim va nihoyat man O’zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasiga kantrakt asosida oqishga kirdim buni aslo unutmayman mana 3-kurs boldim inson hech qachon toxtamasligi kere faqat maqsad aniq bolsa inson albatta erishadi orzulariga Buyilgi abituriyentlarga Omad tiliman talaba bolish nasib etsin InshaAllah
Ustozlarim imtihonga shpargalka hech qachon olib kirib bo‘maydi endi deb qulog‘imga quygani uchun yonimda hujjatimdan bo‘lak hech nima olmadim.
Imtihon darvozasidan birinchi tekshiruvda melitsioner akamiz titib ko‘rib hechnima topa olmay so‘radi: kalkulyatoring bormi deb. Men esa ha bor dedim . Melitsioner aka ham chindan ishonib qani deb so‘radila men esa qo‘lim bn boshimni ko‘rsatdim.
Xullas imtihonga qushdek emas qushdan ham yengil bo‘lib kirib chiqib talaba bo‘ldim alhamdulillah
Qadrli abiturientlar bilimingizga ishoning. Albatta talaba bo‘lasiz inshaaloh!!!